O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
346-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni
o’tkazish 
 
Qayta tashkil etish munosabati bilan o’tkaziladigan zararlar soliq to’lovchilar 
bo’lgan huquqiy vorislar o’rtasida taqsimlash balansi asosida o’tkaziladigan aktivlar 
qiymatining qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning aktivlari qiymatidagi
taqsimlash balansini tuzish sanasidan oldingi sanasidagi holatiga ko’ra solishtirma 
miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va ushbu Kodeksning 
345-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda o’tkaziladi. 
Soliq to’lovchi bo’lgan huquqiy voris qayta tashkil etilgan taqdirda uning 
tomonidan ilgari o’z faoliyatini tugatgan soliq to’lovchidan olingan zararlar bundan 
buyon o’tkazilmaydi. 
 
347-modda. 
Soliq 
to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha zararlarni o’tkazish 
 
Ushbu 
Kodeks 
345-modda
qoidalari 
soliq 
to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhiga nisbatan ushbu moddada belgilangan o’ziga xos 
xususiyatlarni hisobga olgan holda qo’llaniladi. 
Agar soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi oldingi soliq davrida 
yoki oldingi soliq davrlarida zarar (zararlar) ko’rgan bo’lsa, bunday guruhning 
mas’ul ishtirokchisi joriy soliq davrining konsolidatsiyalashgan soliq bazasini 
zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqli. 


336 
Soliq 
to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan 
guruhining 
ishtirokchisi 
konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh 
faoliyatini tugatgandan keyin): 
1) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur guruh faoliyat ko’rsatgan davrda 
ko’rilgan zararning summasiga (ushbu summaning bir qismiga) kamaytirishga haqli 
emas; 
2) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur ishtirokchi tomonidan u soliq 
to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo’lmagan soliq 
davrlarining yakunlari bo’yicha ko’rilgan zarar summasiga (ushbu summaning bir 
qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga haqli. 
Bunda ushbu Kodeks 
345-moddasining beshinchi qismida
nazarda tutilgan, soliq 
to’lovchi zararni kelgusiga taqsimlab o’tkazishni amalga oshirishga haqli bo’lgan 
muddat bunday soliq to’lovchi soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi 
ishtirokchisi bo’lgan yillar soniga oshiriladi. 
Agar soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur 
guruhdagi o’zining ishtiroki davrida qo’shib yuborish yoki qo’shib olish shaklida 
qayta tashkil etilgan bo’lsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu 
guruh faoliyatini tugatganidan keyin bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq 
bazasini o’zi huquqiy vorisi bo’lgan soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi ishtirokchilari bo’lmagan bunday qayta tashkil etilgan soliq to’lovchilar soliq 
davri yakunlari bo’yicha qayta tashkil etilgan soliq to’lovchidan olingan zararlar 
summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda 
va shartlarda kamaytirishga ham haqli.
Agar soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur 
guruhdagi o’zining ishtirok etishi davrida yuridik shaxsni bo’lish yo’li bilan 
yangidan tashkil etilgan bo’lsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin 
(ushbu guruh faoliyatini tugatganidan keyin bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq 
bazasini o’zi huquqiy vorisi bo’lgan soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi ishtirokchilari bo’lmagan bunday qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq 
davri yakunlari bo’yicha qayta tashkil etilgan soliq to’lovchidan olingan zararlar 
summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda 
va shartlarda, ushbu Kodeksning 
95-moddasini 
hisobga olgan holda kamaytirishga 
ham haqli.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish