O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

340-modda. 
Muddatli 
bitimlarning 
moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq bazasini 
aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari
 


325 
Ushbu modda maqsadlarida muddatli bitimlarning uyushgan bozorda 
muomalada bo’lgan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq 
to’lovchining hisobot (soliq) davrida olgan daromadlari deb quyidagilar e’tirof 
etiladi: 
1) soliq to’lovchi hisobot (soliq) davri ichida olishi kerak bo’lgan variatsiyaviy 
marjaning summasi; 
2) muddatli bitimlarning qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bo’lgan 
moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha hisobot (soliq) davri ichida 
olinishi kerak bo’lgan, shu jumladan asos aktivni etkazib berish nazarda tutilgan 
muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha hisob-
kitoblar tartibidagi boshqa summalar. 
Ushbu bob maqsadlarida soliq to’lovchining soliq (hisobot) davrida muddatli 
bitimlarning uyushgan bozorda muomalada bo’lgan moliyaviy vositalari bo’yicha 
amalga oshirilgan xarajatlari deb quyidagilar e’tirof etiladi: 
1) variatsiyaviy marjaning soliq (hisobot) davrida soliq to’lovchi tomonidan 
to’lanishi lozim bo’lgan summasi; 
2) muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada bo’lgan moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq (hisobot) davrida to’lanishi lozim 
bo’lgan boshqa summalar, shuningdek asos aktivni etkazib berish nazarda tutilgan 
bitimlar bo’yicha o’tkaziladigan asos aktivning qiymati; 
3) muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada bo’lgan moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa 
xarajatlar. 
Ushbu modda maqsadlarida soliq to’lovchining muddatli bitimlarning 
uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar 
bo’yicha soliq (hisobot) davridagi daromadlari deb quyidagilar e’tirof etiladi: 
1) 
muddatli 
bitimlarning 
moliyaviy 
vositalariga 
doir 
operatsiya 
ishtirokchilaridan biri operatsiya bajarilganda (tugallanganda) hisobot (soliq) 
davrida olishi lozim bo’lgan pul mablag’larining summalari; 
2) muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq (hisobot) davri ichida olinishi lozim 
bo’lgan, shu jumladan asos aktivni etkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli 
bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar 
tartibida olinishi lozim bo’lgan boshqa summalar. 
Muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq (hisobot) davrida qilingan xarajatlar 
deb quyidagilar e’tirof etiladi: 
1) 
muddatli 
bitimlarning 
moliyaviy 
vositalariga 
doir 
operatsiya 
ishtirokchilaridan biriga operatsiya bajarilganda (tugallanganda) hisobot (soliq) 
davrida to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’larining summalari; 
2) muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq (hisobot) davri ichida to’lanishi lozim 
bo’lgan summalar, shuningdek asos aktivni etkazib berishni nazarda tutuvchi 
bitimlar bo’yicha beriladigan asos aktivning qiymati; 


326 
3) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga 
oshirish 
bilan 
bog’liq 
bo’lgan 
boshqa 
xarajatlar. 
Uyushgan bozorda muomalada bo’lgan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq bazasi va uyushgan bozorda 
muomalada bo’lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir 
operatsiyalar bo’yicha soliq bazasi alohida-alohida hisoblab chiqariladi. 
Uyushgan bozorda muomalada bo’lgan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq bazasi hisobot (soliq) davrida olinishi 
kerak bo’lgan barcha bazis aktivlar bilan tuzilgan mazkur bitimlarga doir 
daromadlarning summalari va hisobot (soliq) yilidagi barcha bazis aktivlar bo’yicha 
xarajatlarning summalari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 
Uyushgan bozorda muomalada bo’lgan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha zararlar ushbu Kodeks 341-moddasiga 
muvofiq aniqlanadigan soliq bazasini kamaytiradi. 
Uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha soliq bazasi barcha bazis aktivlar bilan 
mazkur operatsiyalarga doir daromadlar va hisobot (soliq) davridagi barcha bazis 
aktivlar bilan mazkur operatsiyalarga doir xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida 
aniqlanadi. Musbat farq tegishincha bunday operatsiyalardan olingan zararlar deb 
e’tirof etiladi. 
Uyushgan bozorda muomalada bo’lgan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha zararlar ushbu Kodeksning 341-moddasiga 
muvofiq aniqlanadigan soliq bazasini kamaytirmaydi. 
Uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha zararlar uyushgan bozorda muomalada 
bo’lmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo’yicha 
ushbu bobda belgilangan tartibda keyingi soliq davrlarida yuzaga keladigan soliq 
bazasiga kiritilishi mumkin. 
Uyushgan bozorda muomalada bo’lgan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga nisbatan bitimning haqiqiy bahosi, agar bitimning haqiqiy bahosi 
bitimni tuzish sanasida savdo tashkilotchisi tomonidan ro’yxatga olingan mazkur 
vosita bilan tuzilgan bitimlarning eng yuqori va eng past narhi o’rtasidagi oraliqda 
(narxlar oralig’ida) bo’lsa, soliq solish maqsadlarida bozor narxi deb e’tirof etiladi. 
Agar ayni bir muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi bo’yicha bitimlar savdoning 
ikki va undan ortiq tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan bo’lsa, muddatli 
bitimlarning ishtirokchisi narxlar oralig’idan bitimning haqiqiy narxini soliq solish 
maqsadlarida e’tirof etio’sh uchun foydalanadigan, ro’yxatdan o’tkazilgan savdo 
tashkilotchisi mustaqil ravishda tanlashga haqli. 
Savdoning tashkilotchisida tegishli bitimni tuzish sanasidagi narxlar oralig’i 
to’g’risidagi axborot mavjud bo’lmagan taqdirda ko’rsatilgan maqsadlar uchun 
savdo tashkilotchisining oxirgi uch oy ichida bo’lib o’tgan eng yaqin savdolarning 
sanasidagi narxlar intervali to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanadi. 
Uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan muddatli bitim moliyaviy 
vositasining haqiqiy narxi, agar ushbu narx mazkur muddatli bitimlar moliyaviy 


327 
vositasining muddatli bitimni tuzish sanasidagi hisob-kitob qiymatidan oshish 
(pasayish) tarafga ko’pi bilan 20 foiz farq qilsa, soliq solish maqsadlari uchun bozor 
narxi deb e’tirof etiladi. Muddatlt bitimlar moliyaviy vositalarining tegishli 
turlarining hisob-kitobini aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
bilan kelishilgan holda vimmatli qog’ozlar bozori bo’yicha vakolatli organ 
tomonidan belgilanadi. Agar uyushgan bozorda muomalada bo’lmagan muddatli 
bitim moliyaviy vositasining haqiqiy narxi mazkur muddatli bitimlar moliyaviy 
vositasi hisob-kitob qiymatidan oshish (pasayish) tarafga ko’pi bilan 20 foiz farq 
qilsa, 
soliq 
to’lovchining 
daromadlari
20 foiz oshirilgan (kamaytirilgan) hisob-kitob qiymatidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. 
Svop-kontraktdagi majburiyatlar (talablar) bo’yicha olingan daromadlar va 
ko’rilgan zararlar muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar 
bo’yicha tegishli soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish