O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-bob. Soliq bazasiga tuzatish kiritish



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

46-bob. Soliq bazasiga tuzatish kiritish 
 
344-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish 
Hisobot soliq davri daromadining (xarajatlarining) miqdorini soliq bo’yicha 
soliq bazasini aniqlashda daromad (xarajat) deb e’tirof etilgan summa doirasida 
ko’paytirish yoki kamaytirish tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi. 
Daromadlar va xarajatlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim: 
1) tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda; 
2) bitim shartlari o’zgartirilganda; 
3) narxlar o’zgartirilganda, sotib oluvchi tomonidan siylov qo’llanilganda; 
4) ko’rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda. 
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan daromadlar va 
xarajatlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan 
tovarlar (xizmatlar) bo’yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. 
Ushbu moddaga muvofiq daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur 
moddaning ikkinchi qismida ko’rsatilgan hollar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi 
hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarning (xizmatning) sotuvchisi ushbu 
Kodeksning 
289-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritishni amalga oshiradi.
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan hollarda daromadlar va 
xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur hollar sodir bo’lgan soliq davrida amalga 
oshiriladi. 
Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish maxsus soliq rejimini qo’llovchi 
soliq to’lovchi soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o’tgan taqdirda ham 
amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritilayotgan daromadlar bo’yicha soliq 
imtiyozlari maxsus soliq rejimini qo’llash davrida qo’llanilishi hollari mustasno. 
 
 
345-modda. Zararlarni kelgusiga o’tkazish 
 
Ushbu bo’limda nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga kiritilgan 
tuzatishlarni inobatga olgan holda, chegirilishi lozim bo’lgan xarajatlarning jami 
daromaddan oshib ketishi soliq to’lovchining zarari deb e’tirof etiladi. 
Soliq to’lovchining ayrim faoliyat turlari bo’yicha zararlari ushbu Kodeksning 
348-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda alohida-alohida aniqlanishi mumkin.


335 
Muomaladagi qimmatli qog’ozlar va muddatli bitimlarning muomaladagi 
moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar bo’yicha zararlar tadbirkorlik faoliyatidan 
ko’rilgan zararlar deb e’tirof etiladi.
Oldingi soliq davrida (davrlarida) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq 
hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) bo’lgan soliq to’lovchi joriy soliq davrining 
foydasini o’zi ko’rgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir 
qismiga kamaytirishga haqlidir. 
Soliq to’lovchi mazkur zararni ushbu zarar ko’rilgan soliq davridan keyingi 
sakkiz yil mobaynida kelgusiga taqsimlab o’tkazishni amalga oshirishga haqlidir. 
O’tkazilayotgan zararning har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan jami 
summasi ushbu bo’limga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy soliq davri soliq 
bazasining 60 foizidan oshib ketishi mumkin emas. 
Soliq bazasi faqat joriy soliq davrining yakunlari bo’yicha oldingi soliq 
davrida (davrlarida) ko’rilgan zarar summasiga kamaytirilishi mumkin. 
Birdan ortiq kalendar yilda ko’rilgan zararlar ular ko’rilgan ketma-ketlikda 
o’tkaziladi.
Bankning bosh bankdan umidsiz qarzlarni oluvchi sho’’ba tashkiloti tomonidan 
ko’rilgan zararlar keyingi davrlarga o’tkazilmaydi.
Alohida hollarda zararlarni o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari ushbu 
Kodeksning 
357-359-moddalarida
nazarda tutilgan.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish