342
guruhning va ular alohida bo’linmalarining ishtirokchilari bo’yicha taqsimlamasdan
amalga oshiradi.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha soliq hisoboti
soliq organiga ushbu Kodeks 351-moddasining beshinchi qismida belgilangan
tartibda va muddatlarda taqdim etiladi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining qolgan ishtirokchilari o’zi
hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga soliq hisobotini taqdim
etmaydi.
Agar soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari ushbu
guruhning konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydigan daromadlarni olsa,
ular o’zi hisobga olingan joydagi soliq organlarga soliqning faqat ushbu
daromadlarga nisbatan hisoblab chiqarilgan qismi bo’yicha soliq hisobotini taqdim
etadi.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha hisobot (soliq)
davri yakunlari bo’yicha soliqqa doir soliq hisoboti shu guruhning mas’ul
ishtirokchisi tomonidan soliqni hisobga olish ma’lumotlari hamda umuman soliq
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha konsolidatsiyalashgan soliq
bazasi asosida faqat konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga nisbatan soliqni hisoblab
chiqarish qismi bo’yicha tuziladi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi
tomonidan ushbu guruh faoliyat ko’rsata boshlagan soliq davrining birinchi
choragida to’lanishi lozim bo’lgan soliq bo’yicha har oylik bo’nak to’lovlar uning
summasi shu guruh barcha ishtirokchilarining ushbu guruh tuzilishidan oldingi soliq
davrining uchinchi choragida to’lanishi lozim bo’lgan har oylik bo’nak to’lovlari
summasi sifatida aniqlanadi.
Agar soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi
shartnoma davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq davri boshlanganidan keyin
ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining
ishtirokchilari tomonidan soliq davri boshidan buyon o’tgan hisobot davrlarining
yakunlari bo’yicha to’langan bo’nak (joriy) to’lovlar soliq to’lovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining bo’nak joriy to’lovlar soliq to’lovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining tegishli ishtirokchisi hisobiga o’tkazilishi
(qaytarilishi) lozim.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi
tomonidan soliq davri boshlanganidan buyon o’tgan hisobot davrlarining yakunlari
bo’yicha konsolidatsiyalashgan soliq bazasi aniqlanishi natijasida yuzaga kelgan
boqimonda summasiga penyalar soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining
mas’ul ishtirokchisi tomonidan ushbu moddada konsolidatsiyalashgan guruh
ro’yxatdan o’tkazilgan hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha soliqni (bo’nakni,
joriy to’lovlarni) to’lash belgilangan kundan keyin keluvchi soliqni (bo’nakni, joriy
to’lovlarni) to’lash majburiyatini bajarishni kechiktirib yuborishning har bir
kalendar kuniga hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: