220-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha xabarlar va chaqiruvlar
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud protsessining boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 127, 128, 215 — 219, 221, 222-moddalari.
221-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud muhokamasi
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak, bundan ariza sudga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so‘ng ko‘riladigan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda sud majlisida: huquqbuzarlik hodisasi bo‘lgan-bo‘lmaganligini va uning sodir etilganligi faktini; tekshirish uchun va tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma yoki boshqa hujjat tuzish uchun asoslar va nazorat qiluvchi organning vakolatlari bor-yo‘qligini; mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan-tutilmaganligini va huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun asoslar bor-yo‘qligini aniqlaydi.
(221-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda sud moliyaviy sanksiyalar summasining hisob-kitobi qanchalik to‘g‘riligini ham tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(221-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 164 — 175, 215 — 219, 221, 222-moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |