O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori



Download 356,97 Kb.
bet111/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   171
Bog'liq
IPK

222-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida belgilangan qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul qilinadi.
Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risida yoki bildirilgan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risida bildirilgan talab qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan shaxsning nomi;
2) huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar;
3) qo‘llanilgan huquqiy ta’sir chorasining turi, moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilgan taqdirda esa — uning miqdori; zimmasiga moliyaviy jazo chorasi summasini undirish yuklatilgan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) faoliyat cheklanadigan, to‘xtatib turiladigan va taqiqlanadigan muddat; litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishi to‘xtatib turiladigan muddat; amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan litsenziyaning (ruxsatnomaning), shuningdek bekor qilingan litsenziyaning (ruxsatnomaning) nomi, raqami, berilgan sanasi va boshqa rekvizitlari haqidagi hamda litsenziyani (ruxsatnomani) bergan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar; faoliyat qanday shartlar bajarilguniga qadar cheklanayotganligi, to‘xtatib turilayotganligi va taqiqlanayotganligi; banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar qanday shartlar bajarilguniga qadar to‘xtatib qo‘yilganligi.
Sudning huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo‘lsa, u qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda sudning hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179, 215 — 221-moddalari, 262-moddasining ikkinchi qismi, 277-moddasining ikkinchi qismi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.03.00 Qarorlarni qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish]

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish