O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari



Download 356,97 Kb.
bet107/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171
Bog'liq
IPK

214-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari
Korporativ nizolar bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari ushbu Kodeksning 8-bobida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan ko‘riladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 93 — 100, 212, 213-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 262-sonli qarorining 8-bandi.
27-bob. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
215-modda. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida murojaat qilish huquqi
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi arizalar bilan sudlarga nazorat qiluvchi organlar murojaat etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 68-moddasining ikkinchi qismi.
216-modda. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda ko‘riladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 215, 217 — 222-moddalari.
217-modda. Huquqiy ta’sir choralari
Huquqiy ta’sir choralari quyidagilardan iborat:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash, bundan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penyalar hisoblash, shuningdek yuridik shaxsning yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olganligi va moliyaviy sanksiyalar summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari mustasno;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud qonunchilikka muvofiq boshqa huquqiy ta’sir choralarini ham qo‘llashi mumkin.
(217-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 215, 216, 218 — 222-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.12.2007-yildagi “Iqtisodiy sudning xususiy ajrimi to‘g‘risida”gi 172-sonli Qarori 1-bandining 2-xatboshisi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish