207-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) aniqlanishi talab qilinayotgan fakt;
Oldingi tahrirga qarang. 2) mazkur fakt iqtisodiyot sohasida yuridik oqibatlar keltirib chiqarishi nazarda tutilgan qonunchilik hujjati normalari;
(207-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3) ushbu faktni aniqlash zarurligining asosi;
4) arizachi tomonidan tegishli hujjatlarni olish yoki yo‘qotilgan hujjatlarni tiklash imkoni yo‘qligini tasdiqlovchi dalillar.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizaga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 149, 151, 204 — 206, 208, 209-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 5-bandi. 208-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining xususiyatlari Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar arizachi va boshqa manfaatdor shaxslar ishtirokida ko‘riladi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlashda sudya yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi hal qiluv qarori o‘z huquqlariga daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan manfaatdor shaxslar doirasini aniqlaydi, ish yuritish to‘g‘risida ushbu shaxslarni xabardor qiladi, ularni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabar qiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud qonunchilikda ushbu faktni aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan-tutilmaganligini, arizachida zarur hujjatlarni olish yoki tiklash uchun boshqa imkoniyat bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshiradi, arizachi iqtisodiyot sohasida faoliyatni amalga oshirishi munosabati bilan ushbu fakt uning uchun yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan oqibatlarni keltirib chiqarishini yoki chiqarmasligini belgilaydi, talab etilayotgan faktning aniqlanishi boshqa shaxslarning huquqlariga ta’sir etishi yoki etmasligini, huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqan-chiqmaganligini aniqlaydi.
(208-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Agar yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud muhokamasida huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqanligi aniqlansa, sud yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi arizani ko‘rmasdan qoldiradi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ajrimda arizachiga va ish bo‘yicha boshqa manfaatdor shaxslarga ularning sudga da’vo tartibida murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 204 — 207, 209-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 6 — 21-bandlari.