O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish



Download 356,97 Kb.
bet112/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171
Bog'liq
IPK

28-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
223-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida iqtisodiy sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza berish yo‘li bilan nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berilganligi nizo bo‘yicha ish yuritish iqtisodiy sud tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 29-moddasi, 37-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari, 224 — 227-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi, 6-bandi, 12-bandining birinchi — to‘rtinchi, yettinchi xatboshilari.
224-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan eri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etgan taraf hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron manzil va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi ushbu hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga vakilning arizani imzolashga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 223-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rad etilishi kerak.
Ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida, mazkur moddaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 29-moddasi, 37-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari, 224 — 227-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 46, 47-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish