O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-bob. Yo‘qolgan sud ishini va ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish



Download 356,97 Kb.
bet120/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171
Bog'liq
IPK

30-bob. Yo‘qolgan sud ishini va ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
233-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash tartibi
Iqtisodiy ish bo‘yicha yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritish ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning, davlat ijrochisining arizasiga, shuningdek sudning tashabbusiga ko‘ra sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Yo‘qolgan sud ishi yoki ijro ishini yuritish to‘liq tiklanadi yoxud uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, albatta tiklanishi shart.
Arizachi yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sud tomonidan sarf qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilgan bo‘lsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 234 — 238-moddalari.
234-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risida ariza berish
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rgan sudga, yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza esa ijro etish joyidagi sudga beriladi va tegishli sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Arizada ish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, arizaga ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 233, 235 — 238-moddalari.
235-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
Iqtisodiy sud yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda ishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo‘qolguniga qadar undan yuridik shaxslar va fuqarolarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor bo‘lgan boshqa hujjatlardan foydalanadi.
Sud protsessual harakatlarni bajarish chog‘ida hozir bo‘lgan shaxslarni, sud qarorini ijro etgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini ko‘rgan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 233-234, 236 — 238-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish