Fuqaro K. Ismailov Toshkent shahar markazlashgan fhdy arxivi



Download 309,37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi309,37 Kb.
#204695
Bog'liq
Mamuriy sud ish yurituvi



5-kazus 

Fuqaro  K.Ismailov  Toshkent  shahar  markazlashgan  FHDY  arxivi 

mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini noqonuniy deb topish va nikohni qayd 

etish  haqidagi  dalolatnoma  yozuviga  o‘zgartirish  kiritish  majburiyatini  yuklash 

haqidagi shikoyat ariza bilan sudga murojaat qilgan. 

Arizachi K.Ismailov shikoyatiga ko‘ra, ota-onasining arxivda saqlanayotgan 

1940  yil  04  iyulda  №359  son  bilan  qayd  etilgan  nikoh  dalolatnoma  yozuvida  er 

ustunida  ismini  “Ismagilov  Axmat”,  xotini  ustunida  familiyasini  “Ivadova”  deb 

noto‘g‘ri  qayd  qilinganligini  bilganligini,  bu  borada  Toshkent  shahar  FHDY 

arxiviga ota-onasining nikoh tuzilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish 

kiritishni  so‘rab  qilgan  murojaatiga  rad  javobini  olganligini  va  bu  xolat  uning 

merosga  bo‘lgan  huquq  guvohnomasini  olishda  turli  muammolarga  sabab 

bo‘layotganligi ma'lum qilib, shu sababli ota-onasining nikohni qayd etish haqidagi 

dalolatnoma  yozuviga  er  ustunida  ismini  “Ismagilov  Axmat”dan  “Ismailov 

Axmed”ga, xotini ustunida familiyasini “Ivadova”dan “Ibadova”ga o‘zgartirish va 

tuzatish kiritish majburiyatini yuklashni so‘ragan. 

Biroq, sud Toshkent shahar Yunusobod tumani FHDY bo‘limi  mansabdor 

shaxslarining harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid emasligi ma'lum qilib, 

K.Ismailovning muroajjatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori 

qabul qildi. 

Vaziyatga  huquqiy  baho  bering.  O‘zbekiston  Respublikasi  MSIYUTK 

tegishli  moddalari  va  boshqa  qonun  hujjatlaridan  foydalangan  holda  javobingizni 

asoslang. 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 



Ushbu  kazusga  yechim  berish  uchun  quydagi  masalalarga  oydinlik  kiritib 

olishimiz lozim: 

1.  Fuqaro Ismailovning qilgan murojati asoslimi 

2. 


FHDY  organining  fuqaro  Ismailov  murojatini  rad  qilishi  huquqiy 

jihatdan asosga egami 

3. 

Ma’muriy suga ariza kiritsh tartibi 



4.  Ma’muriy sudning qabul qilgan hal qiluv qarori to‘g‘rimi 

5.  Kazusning muqobil yechimi 

Kazusga  huquqiy  baho  berish  uchun  quyidagi  Normativ  huquqiy 

hujjatlardan  foydalanamiz:  O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  sud  ishlarini 

yuritish  to‘g‘risidagi  kodeksi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi, 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi 

adliya vazirining Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish 

tartibi  to‘g‘risidagi  yo‘riqnomani  tasdiqlash  haqidagi  buyrug‘i,  Oliy  Sud 

plenumining  Sudlar  tomonidan  meros  huquqiga  oid  qonunchilikning  qo‘llanilishi 

to‘g‘risidagi  qarori,  “Mam’muriy  organlar  va  ularning  mansabdor  shaxslarining 

qarorlar,  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan  shikoyat  qilish  to‘g‘risidagi  ishlarni 

ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amalyoti haqidagi” Oliy Sud plenum qarori.  

1. 

Kazusga  ko‘ra  fuqaro  Ismailov  meros  guvohnomasi  olishda 



muammoga  duch  kelganligi  sababli  ota-onasining  1940-yilda  tuzilgan  nikoh 

guvohnomasiga o‘zgartirish kiritishni so‘ragan. FHDY organi esa ushbu murojatga 

rad javobini bergan, fuqaro Ismoilov esa FHDY organining harakati ustidan sudga 

ariza  kiritgan,  sud  esa  arizani  qanoatlantirishni  rad  etgan.  Amaldagi  Fuqarolik 

kodeksining 1146-moddasiga ko‘ra meros guvohnomasi meros ishi ochilgandan olti 

oy o‘tgach notarius tomonidan beriladi. Fuqarolik kodeksining 1116-moddasida esa 

meros fuqaro vafot etgandan yoki sud tomonidan vafot etgan deb topilgandan so‘ng 

ochilishi  aytib  o‘tilgan.  Demak,  fuqaro  Ismailov  vafot  etgan  ota-onasining  nikoh 

guvohnomasiga o‘zgartirish kiritishni so‘rab FHDY organiga murojat qilgan.  

2. 


FHDY  organi  O‘zbekiston  Respublikasi  adliya  vazirining  Fuqarolik 

holati  dalolatnomalarini  yozish  organlarida  ish  yuritish  tartibi  to‘g‘risidagi 

yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi buyrug‘ining VII-bob 126-bandini asos qilib fuqaro 

murojatiga  rad  javobini  bergan.  Ushbu  buyruqda  vafot  etgan  shaxslarning 

tug‘ilganlik,  vafot  etganlik  nikoh  tuzganlik  va  nikohdan  ajrashganlik  haqidagi 

dalolatnoma  yozuvlariga  o‘zgartirish  va qo‘shimchalar  kiritish sud  qaroriga  asosan 

FHDY  organlari  tomonidan  kiritilishi  yozilgan.  Demak,  FHDY  organining  fuqaro 

Ismoilov murojatiga rad javob berishi huquqiy asosga ega.  




Kazusga  ko‘ra  fuqaro  Ismoilov  FHDY  organining  ustidan  shikoyat  qilib 

ma’muriy sudga murojat qilgan va ma’muriy sud fuqaro arizasini qanoatlantirishni 

rad etib hal qiluv qarori qabul qilgan.  

3.  Ariza ma’muriy sudning ish yurituviga qabul qilinishi uchun Ma’muriy 

sud  ishlarini  yuritish  to‘g‘risidagi  kodeksning  128,129,130-moddalari  asosida 

yozilgan  bo‘lishi  yani,  ariza  arizaning  shakl  va  mazmuniga  qo‘yilgan  talablarga, 

ariza  va  unga  ilova  qilinadigan  hujjatlarning  ko‘chirma  nusxasini  yuborish 

talablariga  va  arizaga  ilova  qilinadigan  hujjatlarga  qo‘yilgan  talablarga  amal 

qilingan holda yozilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari ariza quyidagi ma’muriy 

sudga ta’luqlilik qoidalariga ham amal qilingan holda yozilgan bo‘lishi ham lozim. 

Ma’muriy  sud  ishlarini  yuritish  to‘g‘risidagi  kodeksning  4-moddasiga  ko‘ra 

fuqarolar buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlarini himoya qilish uchun ma’muriy 

sudga  murojat  qilish  huquqiga  egaligi  aytib  o‘tilgan.  “Mam’muriy  organlar  va 

ularning  mansabdor  shaxslarining  qarorlar,  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan 

shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amalyoti haqidagi” 

Oliy  Sud  plenum  qarorining  2-bandida  Ma’muriy  organlar  deganda,  davlat 

boshqaruvi  organlari,  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari,  qo‘mitalar,  agentliklar, 

markazlar, inspeksiyalar va ularning hududiy organlari, joylardagi ijro hokimiyati 

organlari,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari,  shuningdek,  ma’muriy-

boshqaruv  vakolati  berilgan  boshqa  tashkilotlar  va  maxsus  tashkil  etilgan 

komissiyalar  tushunilishi  aytib  o‘tilgan.  Bundan  kelib  chiqadiki  FHDY  organi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligining  organi  yani,  ma’muriy  organ 

hisoblanadi. Bundan tashqari: “Notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati 

dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud 

fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari 

(harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudga ta’luqli 

hisoblanadi.”

1

  Demak,  ushbu  kazusda  aytilgan  ariza  ma’muriy  sudga  taluqli  va 



Ma’muriy  sud  ishlarini  yuritish  to‘g‘risidagi  kodeksning  132-moddasiga  ko‘ra 

ma’muriy sud ish yurituviga qabul qilinib, ish qo‘zg‘atilgan.

 

4. 


Kazusdagi keying masala Ma’muriy sudning fuqaro Ismoilov arizasini 

qanoatlantirishni 

rad 

etganligi. 



“Sud  ma’muriy  ishlarni  O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  qonunlari,  boshqa  qonun  hujjatlari,  shuningdek 

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi”

2

.  Bundan 



tashqari,  kazus  yechimining  ikkinchi  qismida  FHDY  organi  rad  qilishga  Adliya 

                                                           

1

  O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  sud  ishlarini  yuritish  to‘g‘risidagi  kodeksining  27-moddasi  4-bandi 



https://lex.uz/docs/-3527353#-3528896

 

 



2

 O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 15-moddasi 

https://lex.uz/docs/-

3527353#-3528617

 

 



vazirining 2547-sonli buyrug‘ini  asos qilib olganligi aytib  o‘tildi.  Demak,  FHDY 

organi  mansabdor  shaxsining  harakatlari  g‘ayriqonuniy  emas.  Ma’muriy  sudning 

ushbu  harakati  ya’ni,  g‘ayriqonuniy  bo‘lmagan  harakat  ustidan  berilgan  arizani 

qanoatlantirishni rad etishi huquqiy asosga ega.  

5. 

Shu va shunga o‘xshash vaziyatga tushmaslik uchun fuqaro Ismoilov 



quyidagi ikki harakatdan birini bajarganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi: 

Amaldagi  Fuqarolik  kodeksining  1146-moddasida  merosga  bo‘lgan 



huquq  to‘g‘risidagi  guvohnoma  notariuslar  tomonidan  berilishi  aytib  o‘tilgan. 

Ushbu guvohnomani olishda muammo yuzaga kelganida O‘zbekiston Respublikasi 

Ma’muriy  sud  ishlarini  yuritish  to‘g‘risidagi  kodeksining  27-moddasi  4-bandiga 

ko‘ra  yoki,  Oliy  Sud  Plenumining  Sudlar  tomonidan  meros  huquqiga  oid 

qonunchilikning  qo‘llanilishi  to‘g‘risidagi  qarorining  18-bandiga  ko‘ra  notarius 

harakati ustidan Ma’muriy sudlarga murojat qilishi mumkin edi. Sudlar esa vaziyatni 

to‘liq har tomonlama o‘rganib, lozim bo‘lsa notarius harakatlarini g‘ayriqonuniy deb 

topishi mumkin edi.  

FHDY organi murojatni rad etgandan so‘ng fuqaro Ismoilov fuqarolik 



sudlariga yuridik faktlarni aniqlash bo‘yicha ariza bilan murojat qiladi.  Amaldagi 

Fuqarolik  protsessual  kodeksining  293,  295-moddalariga  ko‘ra  ushbu  ishlar 

fuqarolik  sudlari  tomonidan  alohida  tartibda  ko‘rib  chiqiladi.  Ya’ni,  “Sud 

fuqarolarning  yoki  tashkilotlarning  shaxsiy,  mulkiy  huquqlari  yuzaga  kelishiga, 

o‘zgarishiga  yoki  tugashiga sabab bo‘ladigan  faktlarni  aniqlaydi.”

3

    Sud  qaroriga 



asosan FHDY organi  O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining Fuqarolik holati 

dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani 

tasdiqlash  haqidagi  buyrug‘ining  VII-bob  126-bandiga  ko‘ra  dalolatnomadagi 

yozuvni o‘zgartiradi.  

Xulosa  o‘rnida:  FHDY  organi  mansabdor  shaxsining  harakatlari  qonuniy, 

Fuqaro  Ismoilov  o‘z  huquqlaridan  foydalangan  holda  ma’muriy  sudga  murojat 

qilgan, ma’muriy sudning arizani qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi hal qiluv 

qarori huquqiy asosga ega. 

 

 

 



 

 

 



                                                           

 

3



 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual kodeksi 295-moddasi 

https://lex.uz/docs/-3517337#-3524406

  



Foydalanilgan adabiyotlar 

1. 


O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi 

kodeksi 


2. 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi 

Fuqarolik protsessual kodeksi 

3. 


O‘zbekiston  Respublikasi  adliya  vazirining  Fuqarolik  holati 

dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani 

tasdiqlash haqidagi buyrug‘i 

4. 


Oliy  Sud  plenumining  Sudlar  tomonidan  meros  huquqiga  oid 

qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qarori 

5. 

“Mam’muriy  organlar  va  ularning  mansabdor  shaxslarining  qarorlar, 



harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan  shikoyat  qilish  to‘g‘risidagi  ishlarni  ko‘rib 

chiqish bo‘yicha sud amalyoti haqidagi” Oliy Sud plenum qarori 



Download 309,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish