O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja



Download 74,45 Kb.
bet8/10
Sana01.06.2022
Hajmi74,45 Kb.
#625512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11.1. Ma'ruza

4. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar. O‘zbekistonda olib borilayotgan barcha islohotlar avvalo xalq manfaatlari va el-yurt farovonligiga, kelajak avlodlarning yuksak ma’naviyatli va salohiyatli bo‘lishiga, jahon standartlariga javob beradigan malakali mutaxassislar va etuk kadrlarni tarbiyalashga qaratilgan. Xalq ta’limi vazirligining xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi va ilmiy markazlar bilan o‘rnatilgan hamkorlik to‘g‘risida ma’lumot:

  • Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Toshkentdagi “Koreya ta’lim markazi” - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Toshkentdagi “Koreya ta’lim markazi” o‘rtasida 2012-yil 11-iyunda tuzilgan o‘zaro Anglashuv Memorandumi asosida umumta’lim maktablari koreys tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish va o‘quvchilar uchun turli fan va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi;

  • 1995-yil 22-maydagi Tashkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va Seul ta’lim departamenti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi - ushbu shartnoma asosida Koreya Respublikasi tomonidan Toshkent shahridagi umumta’lim maktablariga texnik beg‘araz yordam sifatida kompyuter texnikasi taqdim etiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi va Koreya ta’lim va axborot tadqiqotlari xizmati (KERIS) o‘rtasida o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolangan. Mazkur Memorandum doirasida boshlang‘ich va o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyarini rivojlantirish shuningdek ta’lim tizimida AKTni joriy etishni jadallashtirishda o‘zaro tajriba almashinib kelinmoqda;

  • Xorijiy davlatlar idoralari - Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya Federativ Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonalari bilan ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik olib borilmoqda;

  • O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi vakolatxonasi (1993 yil 15 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya Hukumatlari o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohasidagi Hamkorlik Shartnoma asosida). Ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish va ta’limga interaktiv usullarni tadbiq qilib va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha “Ingliz tili”loyixasi amalga oshiriladi;

  • Toshkentdagi Gyote-Instituti. Nemis tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishi va ta’limda interaktiv usullarni tadbiq qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi amalga oshirilmoqda;

  • Germaniyaning xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (SFA). Toshkentdagi Gyote-instituti, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va SFA boshqarmasi bilan hamkorlikda Respublikaning hamkor umumta’lim maktablarida nemis tilini o‘qitish, nemis tili bo‘yicha Xalqaro (“Fit in Deutsch 1”, “Fit in Deutsch 2”va “B1” imtihonlarini tashkillashtirish va diplomlar bilan taqdirlash hamda o‘qutuvchilar uchun Germaniyada tashkillashtiriladigan malakaviy kurslar amalga oshiradi;

  • O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasi (Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasi o‘rtasidagi muntazam olib boriladigan yillik ishlar rejasi asosida). Ushbu rejaga asosan quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: xalqaro standartlar asosida ta’lim, bilim va malakalar sifatini oshirish maqsadida yangi ta’lim sifati standartlarini ishlab chiqish, uzluksiz ta’lim tizimini takomillartirish, maktabgacha ta’lim qamrovini rivojlantirish va ekologik va tabiiy ofatlarni oldini olish bo‘yicha tadbirlar;

  • O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasi (1993-yil 26-oktbyardagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YUNESKO tashkiloti o‘rtasidagi Xamkorlik Shartnomasi asosida). Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning talablariga asosan O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO bilan hamkorlik o‘rnatgan umumta’lim maktablariga ta’limga yangi, innovatsion o‘qitish usullarini tadbiq etish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatadi;

  • Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Respublikamizning bir qator umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalarida va bolalar va o‘smirlar sport maktablarida informatika, sport, musiqa va turli madaniy tadbirlarni amalga oshirish va ko‘maklashish bo‘yicha ko‘ngillilar faoliyat yuritadi;

  • Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) Respublikamizning bir qator umumta’lim maktablarida koreys tilini o‘qitish bo‘yicha ko‘ngillilar faoliyat yuritadi;

  • “Sog‘lom avlod uchun” Hukumatga qarashli bo‘lmagan Xalqaro xayriya fondi. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” Hukumatga qarashli bo‘lmagan Xalqaro xayriya fondi va “Siloam Center for the Blind” (Koreya Respublikasi) Xayriya tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik shartnoma). Mazkur shartnoma xar yili o‘zaro kelishuv asosida tuzilib, Respublikadagi imkoniyati cheklangan bolalar bilim oladigan ta’lim muassasalariga texnik beg‘araz yordam ko‘rsatiladi hamda maxsus maktablar o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari amalga oshiriladi;

  • O‘zbekistondagi Jahon Banki vakolatxonasi. Xalq ta’limi tizimi muassasalari va tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish yo‘nalishida Xalq ta’limi vazirligi, Jahon Banki va Ta’limda Global Hamkorlik tashkiloti ko‘magida amalga oshirilayotgan “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning oliy ta’lim muassasalari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirib, dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini o‘rganib, quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

  • Oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilarning malakasini oshirish;

  • Ta’limning turli yo‘nalishlari uchun yangi o‘quv dasturlari, zamonaviy o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi;

  • Oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar, konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;

  • Professor o‘qituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi;

  • Xorijiy o‘qituvchi va professorlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish;

  • Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim Vazirligi o‘rtasida 1999 yil 8 noyabrdan belgilangan “Ta’lim sohasida hamkorlik” to‘g‘risidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari, va yosh mutaxassislar amaliyot o‘tamoqdalar. Xitoy oliy ta’lim muassasalarida amaliyot xitoy tili va adabiyoti shuningdek, turli texnik va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarni takomillashtirish maqsadida olib boriladi.
O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR, Malayziya, Hindiston, RF va boshqalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muassasalararo shartnomalar asosida hamkorlik olib borishmoqda. Ushbu shartnomalar parofessor o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Britaniya Kengashi, Gyote nomidagi institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentliklari, Hindiston va Malayziya texnik hamkorlik dasturi, BMTningg rivojlanish dasturi, JB, ATB, ITB va boshqalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan. Ushbu barcha dastur va loyihalar davlatda oliy ta’limni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda o‘quv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor o‘qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining Tempus va Erazmus Mundus nomli ta’lim dasturlarida faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. Ayni paytda respublikada Evropa Ittifoqining Tempus o‘quv dasturining 20 ta loyihasi tadbiq etilib, ularda O‘zbekistonning 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi. Tempus loyihasi asosan texnik fanlar va nazariy texnologiyalar sohasidagi magistratura va bakalavriat uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqarishga bag‘ishlangan. Respublika oliy ta’lim muassasalari evropa universitetlari bilan hamkorlikda turli fanlar bo‘yicha yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib boradi. Bundan tashqari, Tempus loyihasi ishtirokchi oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuter uskuna va texnikasi bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Tempus loyihasi shuningdek, Oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan. Loyihalar doirasida evropa oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli seminarlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, malaka oshirish kurslari olib borilishini alohida ta’kidlash kerak.
O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining talabalar, o‘qituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erazmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va o‘qituvchilar evropa oliy ta’lim muassasalarida ilmiy amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Hozirgi kunda xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb qilish bo‘yicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi eng faol ish Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentliklari JICA va KOICA bilan olib borilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning yetakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or yutuqlarni, 77 milliy an’analarni o‘z ichiga olgan yangi modeli tashkil qilindi.
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar.
Xorijiy universitetlarning Toshkentdagi filiallari:

  • Toshkentda 2002-yil iyulda Xalqaro Vestminster universiteti;

    • 2006-yilda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining filiali;

    • 2006-yilda Moskva davlat universitetining filiali;

    • 2007-yilda I.M.Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali;

    • 2007-yilda Singapur Menejmentni rivojlantirish Instituti Toshkent filiali;

  • 2009-yilda Turin politexnika universiteti filiali;

  • 2001-yilda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali;

  • 2014-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti (Janubiy Koreyaning) filiali;

  • 2018-yil Toshkent shahridagi Yodju (Koreya) texnika instituti;

  • 2019-yilda AQShning Webster universiteti filiali ochildi;

  • 2019-yilda Amity universiteti (Hindiston) filiali;

  • 2019-yilda Moskva energetika instituti milliy tadqiqot universitetining Toshkent filiali;

  • 2019-yilda “Moskva muhandislik-fizika institute” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filiali;

  • 2019-yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali;

  • 2019-yilda “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oily ta’lim muassasining Toshkent filiali;

  • 2020-yil “Binariy” universiteti (Malaziya) filiali Urganchda;

  • 2020-yil Toshkent viloyatida Astraxan davlat texnika universitetining filiali va b.

Yurtimiz va xorijdagi o‘quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim olmoqda va o‘z malakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Download 74,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish