O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja



Download 74,45 Kb.
bet3/10
Sana01.06.2022
Hajmi74,45 Kb.
#625512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11.1. Ma'ruza

2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.
Istiqlol yo‘lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillarga e'tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilmoqda. «Ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa, biz ko‘zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi»,- deydi I.A.Karimov.
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib, ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e'tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnik bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi.
1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Unda shunday deyiladi: “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va faravonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy hulq-atvorning andozalarini o‘zgartish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.... Ushbu qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonundan o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra tubdan farq qilar edi.
O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi siyosat 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi. 1996-1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinfl arida o‘qish lotin alifbosida olib borildi. Yangi alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi.
I bosqich - 1997-2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi.
II bosqich - 2001-2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi.
III bosqich - 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi.
2009-yildan boshlab yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bolalar birinchi sinfga 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy yo‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni asosida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim shakllaridan iborat.
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004-2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada faoliyat yuritayotgan 10 mingga yaqin maktablarning moddiy-texnika ta’minoti ham davlat hisobidan amalga oshirildi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’limning to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz yillik maktabni tugatgan barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasb-hunar kollejlarida davom ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tildi, ya’ni Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 1-bosqichi (1997-2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. O‘rta maxsus ta’lim sohasida viloyatlarda biznes maktablari, umumta’lim maktablarida kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda yangi mutaxassisliklar (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo) kiritildi. Unga binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
2017-yilgi islohotlar. Ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, 12 yillik ta’limni takomillashtirish yo‘lidagi tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Yig‘ilib qolgan muammolar sohani tub isloh qilishni, dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasidan foydalanish zarurligini taqazo qildi.
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12 yillik majburiy ta’limdan 11 yillik ta’limga o‘tildi. 2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11 yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi. 2016/2017-o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan ortiq o‘quvchining 288 mingi 10-sinfda o‘qishni davom ettirdilar. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir.
Maktabgacha taʼlim, 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois, bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk salohiyatli kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi davrda ta’lim-tarbiya tizimini mutloqa yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2017-yil 30-sentyabrda qabul qilingan qaroriga muvofiq, yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Qisqa davr ichida ushbu tizimda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, 980 dan ortiq bog‘cha qurilib, ishga tushirildi. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 30-sentyabrda qabul qilingan «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini yagona uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat qilmoqda. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshida Axborot va pedagogika texnologiyalarining innovasion markazi, Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti, Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injenering kompaniyasi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018-yil 17-yul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida o‘qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi. Dunyo tajribasi ham buni tasdiqlaydi. Misol uchun, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Kanada kabi davlatlarda o‘qituvchining maoshi mamlakatdagi o‘rtacha oylikdan 1,5 barobar ko‘p. Mamlakatimizda esa o‘qituvchining maoshi umumiy o‘rtacha oylikning atigi 79 foizini tashkil etadi.
Ta’lim sohasida so‘nggi 2017-2020-yillar ichida amalga oshirilgan muhim islohotlardan yana biri, bu umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohalaridagi tub o‘zgarishlardir. Bu borada 12 yillik majburiy ta’limga o‘tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kun talabalariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida 2018-yil 25-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimini, tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta ijod maktablari ish boshladi. 2019-yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 9,7 mingta maktabda 5,2 milliondan ortiq o‘quvchi ta’lim oldi, o‘quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Ularning moddiy hayoti va jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini oshirish masalalariga ham alohida urg‘u berilgan. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoev 2018-yil 17-iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida o‘qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.
2020-yil 24-yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida qayd qilinganidek, oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan 2019-yilda 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiallari ochildi. Yetakchi xorijiy unversitetlar bilan hamkorlikda 141 qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016- yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi.
Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan tub islohotlar to‘g‘risida to‘xtalib Prezident Shavkat Mirziyoev shunday degan edilar: «Keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda.
Bu borada o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani sizlarga yaxshi ma’lum. Mana, yaqinda tasdiqlangan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi».
Ta’lim to‘grisidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi (23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son).
Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga lisenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofis imtiyozlar berilishi mumkin. Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, lisenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat, o‘quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, ta’lim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga, akademik liseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va (yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Chet ellik fuqarolarni O‘zbekistonning davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan dollar mustasno) amalga oshiriladi. Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

Download 74,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish