Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Oliy о‘quv yurtlari Respublika uzluksiz ta’lim tizimining yetakchi bо‘g‘ini hisoblanadi. Oliy ta’lim tizimi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. 1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi.
Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konmetallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi. 1993-yil talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash maqsadida Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xo‘jaligi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutlari ish boshladi. Mamlakat viloyatlarida oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi.
1997-yil boshlarida Respublika oliy ta’lim tizimida 58 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164 ming talaba o‘qidi, 18,5 ming professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi. 2005-2006-o‘quv yilida 62 ta oliy o‘quvyurtida 250 ming nafardan ortiq bo‘lajak bakalavr va magistrantlar ta’lim-tarbiya oldilar. 1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar akademiyasi qayta tiklandi.
1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi. 1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996-yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi “Ta’lim to‘g‘- risida”gi qonunga muvofiq, 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi.
Shuningdek, Mamlakat Prezidentining 2013-yildagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi. 2017-yildagi holatga ko‘ra, mamlakatimizda 80 dan ortiq oliy o‘quv yurti, jumladan, 19 ta universitet, 37 ta institutlar, 6 ta akademiya, 1 ta konservatoriya, 1 ta raqs va xoreografi ya oliy maktabi, 13 ta OTMlar fi liallari, 7 ta xorijiy davlatlar OTMlarining filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq ta’limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim, tarmoq sohalarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi.
Prezidentning 2015-yildagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 15 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari - tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilandi.
Hozirgi vaqtda mustaqil О‘zbekistonda rо‘y berayotgan ta’lim о‘zgarishlarida oliy ta’limni isloh etish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, oliy maktab Respublika milliy boyliklarining о‘sishiga imkoniyat yaratuvchi, kuchli, muntazam о‘sib boruvchi iqtisodiyotni bunyod etuvchi mutaxassislarni yetkazib beradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li” risolasida davlatimizning mutaxassislar tayyorlashga bо‘lgan munosabati yorqin ifodasini topgan: “Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatini tushunib yetish boshlanadi. Bizning davlatimiz mutaxassislar tayyorlashning ilg‘or jahon tajribasini keng jalb etadi, va, eng avvalo, bevosita О‘zbekistonning о‘zida yuqori sifatli ta’lim uchun sharoitlar yaratadi”. О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” tо‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq О‘zbeksitonning ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini masalasini rivojlangan mamlakatlar darajasida hal etishga qodir, yuksak darajada ma’naviy, madaniy va axloqiy sifatlarga ega bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash oliy ta’lim tizimining vazifasi hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- davlat ta’lim standartlariga muvofiq zamonaviy ta’lim-kasb dasturlari asosida sifatli о‘qituvni ta’minlash va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;
- yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni, jumladan xorijiy ilmiy markazlarda, tayyorlash;
- mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqboli, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya, iqtisod va madaniyat zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlashning tashkil etilishi va usulini muntazam takomillashtirish;
- ta’limni individuallashtirish, masofadan о‘qitishning yangi pedagogik va informatsion texnologiyalari, vositalarini joriy etish;
- mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, Vatanga, oilaga va atrof muhitga muhabbat ruhida, milliy uyg‘onish mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlarni chuqur his etish asosida oliy ta’limnnig gumanitar yо‘nalishini, yoshlar tarbiyasini ta’minlash;
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali uyg‘unlanuvchi usullarini amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim xizmati kо‘rsatish bozorida, raqobat muhitini yuzaga keltirish;
- oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish va mustaqilligini
kengaytirish.
Oliy ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:
- davlatga qarashli va davlatga aloqadorsiz oliy ta’lim muassasalari, bular davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim-kasb dasturini amalga oshiradi;
- ilmiy-pedagogik muassasalar, bular oliy ta’limni rivojlantirish uchun zarur bо‘lgan tadqiqot ishlarini olib boradi;
- ta’limni boshqaruvchi davlat idoralari, shuningdek, ular tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.
1993 yildan respublikaning barcha oliy о‘quv yurtlariga test sinovlari orqali abituriyentlar qabul etilmoqda. Talabalar oliy о‘quv yurtlarida ikki bosqichli ta’lim asosida bakalavr va magistr darajalarini egallashlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. 2017-2018-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. Harakatlar Strategiyasida ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ana shuni nazarda tutib, Prezident Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan edi. 2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari o‘tkazilmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7 yildan 6 yil va tibbiy profilaktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi. Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash maqsadida, ushbu tizimni takomillashtirish hamda abituriyentlar, ota-onalarga yengilliklar tug‘dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. 2018–2019-o‘quv yilidan boshlab test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida o‘tkazish, natijasini esa imtihonning ertasiga e’lon qilish vazifalari qo‘yilgan.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim. 2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va doktorantura (3 yil)dan iborat bo‘lib, 2012-2017-yillarda bir bosqichli doktorantura faoliyat olib bordi. 2013-2017-yillar oralig‘ida faqat 360 ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiytadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning 1-iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Birinchisi - dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi - dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.
Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maʼlum qismini, albatta, oliy taʼlim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Hususan, Oʼzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilgʼor taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Xulosa oʼrnida, taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda oʼzining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng koʼlamda davom ettirish davr talabidir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi izchil rivojlantirilmoqda. Oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Jumladan, oxirgi 3 yilda oliy ta’lim muassasalari soni 65 tadan 117 taga yetdi, qabul o‘rinlari 66 mingtadan 181 mingtaga oshdi. Ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xorijiy mamlakatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida 64 ta yangi kasb bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha 3,5 baravarga oshirildi.
Lekin sifat borasida o‘zgarishlar hali sezilmayapti. Ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv ishlarini bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish masalasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, rektorlarning e’tiboridan chetda qolib ketmoqda. Masalan, bugungi kundagi 815 ta yo‘nalishning 55 foizi mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Oliy ta’lim muassasalari 2 mingga yaqin fanlar bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlanmagan, o‘quv dasturlari bundan 40 yil oldingi fan va yo‘nalishlar asosida tuzilgan. Bundan tashqari, tizimda korrupsiya holatlari juda ko‘p. Umuman, o‘tkazilgan so‘rovlarda aholining 65 foizi oliy ta’limdagi islohotlar natijasi sezilmayotganini aytgan. Shu bois, yig‘ilishda davlatimiz rahbari sohadagi 4 ta ustuvor vazifani ko‘rsatib o‘tdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |