O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja


Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli



Download 74,45 Kb.
bet2/10
Sana01.06.2022
Hajmi74,45 Kb.
#625512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11.1. Ma'ruza

Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli. Bundan ming yil muqaddam buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida tarbiya, axloq masalalariga to‘xtalib, “Zamon butunlay ozdi. Ilm, hikmat, poklik kamaydi. Tuban, yomonlar ko‘paydi, fazilat egalari yo‘qolayotir”, deya yozgan ekan. Turli davrlarda yashagan donishmandlarning bu singari qarashlarini dunyodagi ko‘plab xalqlar tarixida kuzatish mumkin. Ammo zamon, jamiyat taraqqiyotiga ko‘ra yoshlar tarbiyasi masalasida yangi muammolar tug‘ilgan hamda tarbiyachilar, ustozlarning oldida vazifalar ko‘payib borgan. Odamlar yaxlit, bir butun holda yaxshi yoki yomonga bo‘linmaydi. Agar shunday bo‘lganda edi, tarbiya masalasi osonlikcha hal bo‘lardi. Yaxshi fazilatlar va yomon odatlarning, turli g‘oyalarning bir odamning qalbi va ongini egallash uchun kurashi - tarbiya masalasining naqadar murakkab ekanini anglatadi.
“Tarbiya” so‘zining ma’nolari ko‘p bo‘lsa-da, milliy an’analardan kelib chiqsak, tasavvurda avvalo uning “axloqiy” sifati uyg‘onadi. Boisi, ota-bobolarimiz bola axloq-odobini tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan ustun qo‘yishgan. “Binobarin, bolaning aqliy va jismoniy tarbiyasi samarasiz qolmasligi uchun, - deb yozadi birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitrat “Oila” risolasida, - farzandning axloqiy tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanib ko‘p harakat qilish lozim. Axloqiy tarbiya - odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, ya’ni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe’li va amali o‘ziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan bo‘lsin”.
Fitrat ta’lim olishni ham tarbiya sira­siga qo‘shib, uni “aqliy tarbiya” deb ataydi. Shu­ningdek, farzandni sog‘lom voyaga yetkazish, ya’ni “jismoniy tarbiya”siga ham jiddiy e’tibor qaratib, tarbiyaning ushbu uch turiga xulosa berar ekan, zamonaviy til bilan aytganda, “shaxsning ijtimoiylashuvi”ni sodda ifodalaydi: “...bolalarning tarbiyasi bu farzandni jismonan, fikran va axloqan tarbiya qilib, kamolga yetishtirish demakdir. Ya’ni ularni urinish va tirishish sahrosiga, ya’ni hayot-mamot maydoniga kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirib yuborish demakdir”.
Abdulla Avloniy ham “Turkiy guliston yoxud axloq” risolasida bola tarbiyasiga yondashganda, uni jismoniy, fikriy va axloqiy turlarga ajratib, axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi. Ammo hozirgi zamon ta’lim tizimida “tarbiya” so‘zidan chekinish holatlari seziladi, hatto qonun ham “Ta’lim to‘g‘risida” deb atalgan. Bolalar bog‘chasini “Maktabgacha ta’lim muassasasi” (maktabgacha ta’lim tashkiloti) deyishga ham asta-sekin ko‘nikdik, ammo MTM desa, ko‘z oldimizga baribir bolalar bog‘chasi keladi. Masalaga chuqurroq qarasak, bolalar uchun ilk yoshdan boshlab tarbiyaning jismoniy va axloqiy turlari muhim hisoblanadi. Aqliy yoki fikriy tarbiya - ta’lim bolalar maktabga borishi arafasida amalga kiradi.
Shu o‘rinda “ta’lim” va “tarbiya” so‘zlari­ning lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Milliy tarbiya tarixining atoqli namoyandalari Fitrat va Abdulla Avloniy qarashlarida “tarbiya” so‘zining ma’no qamrovi “ta’lim”ga qara­ganda birmuncha kengligini ta’kidladik, hatto “ta’lim” mazmun-mohiyati jihatidan “fikr tarbiyasi” yoki “aql tarbiyasi” sifatida tarbiyaning tarkibiy qismi sanaladi. Umuman, tarbiya so‘zida yoshlarni (ham jismonan, ham axloqan, ham aqlan) barkamol avlod sifatida tarbiyalash tushuniladi. Ya’ni sodda qilib aytganda, “tarbiyali bola” barkamol avlod demakdir.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida tarbiya so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “rivojlantirish, parvarish qilish, o‘stirish; o‘rgatish; ilm berish” singari bir qator ma’nolarni angla­tishi yozilgan. Izohli lug‘atni sinchiklab o‘rganganimizda “ta’lim” so‘zidan ko‘ra “tahsil” so‘zi ham kengroq ma’noni ifodalaydi. Aqliy va axloqiy tarbiya mushtarakligiga xalqimiz azaldan o‘ta zukkolik bilan yondashgan. Abu Nasr Forobiy “Baxt-saodatga erishuv” asarida bu masalani o‘ziga xos tarzda izohlaydi: “Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir”. Mutafakkir kasb-hunar egallashni ham, tarbiyani ham amaliy faoliyat orqali yuzaga chiqarishni nazarda tutadi, ta’lim esa faqat so‘z va nazariy tomondan o‘rganish bilan cheklanadi.
“Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, - deb yozadi Forobiy “Aql to‘g‘risida” risolasida, - ular fazilatli, o‘tkir muhokamali, yaxshi, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega; yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Shunday kishilarni “oqil” deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topishda zehn-idrokka ega bo‘lganlarni “aqlli” deb bo‘lmaydi, ular­ni “ayyor”, “aldoq­chi” degan nomlar bilan aytmoq lozim”. Anglashiladiki, Sharqda tarbiya ta’limdan bir qadar keng tushuncha ekan, uning zamirida shaxs fazilatlari, bilimliligi, kasb-hunar egallagani, odob-axloqi, umuman, jamiyatda odamlarga qay darajada foyda keltira olishi asosiy mezon hisoblangan. Tarbiyaviy ruhdagi (“Qobusnoma”, “Mahbub ul-qulub”, “Futuvvatnomayi sultoniy”, “Turkiy guliston yoxud axloq” si­ngari) asarlarda shaxs fazilatlari­ning tasavvurimizdagi eng kichik, oddiy ko‘rinishlari ham batafsil tavsiflanganki, bu shaxsning tarbiyalanganlik darajasini aniqlashda o‘lchov bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs fazilatlarini batafsil izohlash, dars jarayonida o‘rganishning yaqqol namunasi Abdulla Avloniy­ning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridir. Asarda insonga xos bo‘lgan fazilatlar, yaxshi va yomon xulq va illatlarga birma-bir izoh berilgan.
Turli tarixiy davrlarda tarbiya oldida turgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘ziga xos usullar, an’analar shakllangan. Bitiktoshlardagi mardlik va ezgulikka da’vat, xalq og‘zaki ijodidagi donishmand­lik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar, odil podshohlar, komil farzandlar, fozil odamlar; o‘rta asrlar mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari, “ustoz va shogird”, “pir va murid” an’analari; jadid tarbiyashunosligi singari boy tarixiy manbalar ko‘pligiga guvoh bo‘lamiz.
Maktab amaliy hayotdan ajralib qolishi­ning asosiy sabablaridan biri, shubhasiz (xuddi shuni sharq mutafakkirlari ta’kidlagan edilar), yosh avlod tarbiyasiga faqat nazariy (ta’limiy) tomondan yondashuv bo‘lib, axloqiy faoliyat e’tibordan chetda qoldirilganidir. Haqiqatan, ta’lim olish (o‘quv-biluv faoliyati) -aqliy tarbiyani amalga oshirishi, ya’ni mustaqil o‘qish, fikrlashni rivojlantirishi mumkin. Ammo ta’lim zamiridagi tarbiya nazariy bilimligicha qolave­radi, bu faoliyat emas.
Tarbiyaning maqsad-mohiyati davrlar o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, barcha millat uchun ham bir darajada ahamiyatli. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’analar tarbiya mazmun-mohiyatini belgilaydi. Bugun nemis, rus yoki ingliz maktabida ham, o‘zbek maktabida ham ta’lim muassasasining tarbiyaviy vazifalarini kuchaytirish, ta’limning “tarbiyalovchi” faoliyatidan qoniqmaslik holatlari olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Tarbiyaga asoslangan maktablar, o‘quvchini hayotga tayyorlashni, ijtimoiylashuvini asosiy maqsad bilayotgan ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganishga ehtiyoj tug‘ilayotganini ta’kidlash joiz. Ta’lim berish yuksak darajada tashkil qilingan yapon yoki koreys maktablari bitiruvchilari o‘z xalqining milliy qadriyatlari asosida tarbiya topganini bir qarashda, ularning oddiygina salomidan sezamiz. Demak, ta’lim sohasida dunyo mamlakatlarining ilm-fan yutuqlarini o‘qib o‘rganish mumkin, ammo tarbiyada milliy qadriyatlar, urf-odatlardan chekinish yoki ularni ikkinchi darajaga tushirib qo‘yish mumkin emas.
Pedagogik jarayonda axloqiy tarbiyani ham, ta’lim tizimidagidek (davlat ta’lim standartlari singari) uzluksizlik talablaridan kelib chiqib shakllantirish qanchalik katta va murakkab masala bo‘lsa-da, amalga oshirish lozim. Albatta, ma’naviy-axloqiy tarbiya tushunchalarini qolipga solib bo‘lmaydi, ammo talablar shaklida hayotdan ajralmagan holda ifodalash mumkin. Bu boradagi samarali vositalardan biri, shubhasiz, milliy adabiyot o‘qitishni yanada takomillashtirishdir. Chunki milliy adabiyotimiz azaldan odobga asoslanganligini yodda tutishimiz lozim. Tarbiya umr bo‘yi davom etadigan jarayon. Hayotdagi har bir kishi tarbiyaviy ta’sirga ega. U hayot maktabida tarbiyalanar ekan, tarbiyachi sifatida, tarbiya vositasi sifatida o‘zi ham ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qiladi. Yana Abdulla Avloniyga murojaat qila­miz: ma’rifatparvar bobomiz “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida “o‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar” deya ota-onalardan, “usuli ta’lim” ko‘rmagan” deya muallimlardan noliydi. Demak, axloqiy tarbiyada oila, mahalla, jamoat, maktab hamkorligi hamda bu boradagi muammolar bugun paydo bo‘lgan emas. Bu hamkorlik asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘nlab tarbiya konsepsiyalarini, texnologiyalarini yaratish kun tartibida turgan dolzarb vazifa bo‘lib qolaveradi. Davrimizning muammolari ham, tarbiyaviy imkoniyatlari ham barcha davrlardagiga qaraganda murakkab va ulkandir.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nasr Forobiy ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur. Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o’rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota - onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.

Download 74,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish