O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja



Download 74,45 Kb.
bet1/10
Sana01.06.2022
Hajmi74,45 Kb.
#625512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11.1. Ma'ruza


O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga
oshirilgan islohotlar.

Reja:
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli.
2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.
3. O‘zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlar. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar.
4. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.


Tayanch tushunchalar: ilm-fan, ta’lim, tarbiya, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta’limning milliy modeli, yangi avlod, Oliy ta’lim, Xalq ta’limi, o‘rta maxsus ta’lim, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik, bakalavr, magistratura, doktarantura, ilmiy salohiyat, nufuzli universitetlar, xorijiy oily o‘quv yurtlari.


1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli. Madaniy-ma’naviy rivojlanishning eng muhim poydevori - ta’lim tizimidir. Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg‘or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu dasturulamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi. Qishloqlarda istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun to‘lovlardan ozod etilgan bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab bordilar. Keyinchalik kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo‘shib beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi.
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirila boshlandi:
I bosqich - boshlang‘ich ta’lim (1-4-sinf);
II bosqich - asosiy (tayanch) maktab (4-9-sinf);
III bosqich - yuqori o‘rta maktab (10-11-sinf).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr - “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekistonda jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi.
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me’morchilik, madanshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni chuqurroq oʻrganib yanada boyitdilar. Oʻzbekiston olimlari oʻz milliy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qoʻshdilar. Respublikamizda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Nukus va Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi FAning boʻlimlari ochilgan.
Ilmiy-tadqiqot ishlari xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida faoliyat koʻrsatadigan ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdek, universitetlar va boshqa oliy oʻquv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar Akademiyasi tizimida ham, oliy oʻquv yurtlari, xalq ta’limi tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va oʻrta maxsus ta’lim tizimidagi oʻquv yurtlarida 600 dan ortiq fan doktorlari va deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari oʻqituvchilik va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadilar.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tibor berildi. Xalq xoʻjaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublikamiz Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-aprelidagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 aprelidagi Farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tadbirlari va innovasiya faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targʻib etish va tarqatish maqsadida respublika ilmiy ishlanmalari innovasiya tijorat markazi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqei ortdi. Oʻzbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va koʻpchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor boʻldilar va xorijiy davlatlar akademiyalariga haqiqiy faxriy a’zolikka saylandilar. Oʻzbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallarni ta’sis etdi. 1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasi FAning akademigi H.F. Fozilov tabiiy va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al-Xorazmiy nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi boʻldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Oltin medal birinchi boʻlib shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi U.I.Karimovga nasib etdi.
1992-yil oktyabr oyida esa geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi FAning akademigi I.H. Hamroboyev geologiya va geofizika sohasida erishgan muvaffaqiyatlari uchun Habib Abdullayev nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi boʻldi. U AQSh da chiqadigan “Global tektonika va metallogeniya” xalqaro ilmiy jurnali tahririyatiga a’zo etib saylandi. “Fan va texnikada kim haqiqatan kim?”, deb nomlangan jahon fan va texnikasining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan eng buyuk olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati toʻgʻrisidagi asosiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan qomusga Oʻzbekiston Respublikasi FAning akademigi P.Q. Habibullayev kiritilgan. Oʻzbek olimi bu sharafga oʻzining qattiq va yumshoq jismlar issiqlik fizikasining katta muammolarini, energetikaning fizika-texnikaviy muammolarini ishlab chiqqanligi uchun muyassar boʻlgan.
Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida yirik olimlar faol mehnat qilmoqdalar. Oʻzbekiston Respublikasi FA institutlari olimlari xorijiy davlatlar olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalarni kengaytirib bormoqdalar. Natijada, 1992-yil dekabr oyida texnika fanlari doktori Gʻ.Gʻ.Umarov K.E.Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika xalqaro akademiyasining a’zosi boʻldi. U mazkur Xalqaro akademiyaning a’zosi boʻlgan birinchi oʻzbek olimidir. Shuningdek, Oʻzbekistonlik M.S.Bulatov, S.M.Sutyagin, I.I. Notkinlar 1993-yilda Iordaniya Islom Fanlar akademiyasi a’zoligiga, M.S.Salohiddinov YuNESKO Informatsiya xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga, 1994-yil oktyabr oyida Xudoyor Olloyorov, 1995-yil fevral oyida Azamat Shamsiyev Nyu-York FAning faxriy a’zoligiga, Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga Z.S.Salimov, A.A.A’zamxoʻjayev, 1997-yil oktyabrida U.Tojixonov va Z.Zaripovlar Tabiat va jamiyat fanlari xalqaro akademiyasining a’zoligiga, akademik E.Yusupov esa Turkiya Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandilar. Amerika biografiya instituti Oʻzbekistonning yetakchi olimlaridan biri Omonulla Fayzullayevga uning jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan hissasiga asoslanib “2001-yil insoni” unvonini berdi hamda mazkur institutning maslahatchilar Kengashi a’zoligiga sayladi. Bular Oʻzbekiston fanining xalqaro miqyosda tan olinishining yaqqol misolidir.
2016-2020-yillarda ilm-fan va innovasion ishlanmalarni takomillashtirish sohasidagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi.
Respublikada ilmiy va innovasion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 29- noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovasion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
2017-2019- yillar davomida innovasion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan hozirgi kunga qadar 21 nafar yosh olimlarning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming AQSh dollari hamda 70 mln. so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltirildi. Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga 117 turdagi jami 158,1 mln. so‘mlik (20,1 ming AQSh dollari) noyob qo‘lyozma va tarixiy manbalar mazkur qo‘lyozma egalari - jismoniy shaxslardan xarid qilindi. 2018- yil 20-avgustda yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov e’lon qilindi, 8 nafar yosh olim tanlovdan muvafaqqiyatli o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 19- apreldagi PQ-3674-son qaroriga muvofiq «Yuqori texnologiyalar o‘quv-eksperimental markazi» davlat korxonasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi davlat ilmiy muassasasi shaklidagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga aylantirildi. Ilmiy va innovasion loyihalarini tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ilg‘or texnologiyalar markazi bazasida innovasion start-ap akseleratori va inkubator tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda 25 startap jamoalar o‘z faoliyatini boshlash uchun uchun maxsus o‘quv treninglaridan o‘tmoqdalar. Hozirgi vaqtda markazda jami 2,7 mlrd. so‘mlik 18 ta loyiha (fundamental, amaliy, innovasion va yosh olimlar) amalga oshirilmoqda.
Mamlakat uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olish, har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirishdir. Ayniqsa, joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi, ilm-fan sohasida fundamental va innovasion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini, tubdan qayta ko‘rib chiqish kerakligi qayd qilindi. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohining nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 25-sentyabrdagi Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma chet ellarda faoliyat ko‘rsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol jalb etishga, shuningdek iqtidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda ta’lim olishi, etakchi xalqaro institutlar hamda xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga ko‘maklashadi.. 2018-yilda «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborildi. 2018-yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi.
Joylardagi o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.
Ta’lim tizimidagi innovasiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi.

Download 74,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish