Referat mavzu: Ta’lim tizimi islohotlari



Download 80,08 Kb.
Sana22.05.2021
Hajmi80,08 Kb.
#65295
TuriReferat
Bog'liq
ATF 1-hafta


QO'QON UNIVERSITETI

Biznes kafedrasi

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

REFERAT


Mavzu: Ta’lim tizimi islohotlari

Tayyorladi: MT 2/19 guruh talabasi I. Absamatova

Qabul qildi: fan o'qituvchisi R. Tohirov

2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. 

Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. 

Umumta’lim maktablariga 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi. 

Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fikrlarini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kuni kabi tadbirlar tashkil qilib, turli uchrashuvlar o‘tkazish zarurligini alohida ta’kidladi. 
Shu o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan ortiq o‘quvchining 288 mingi, ya’ni 60 foizdan ziyodi 10-sinfda o‘qishni davom ettirmoqda. 

Yig‘ilishda yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ulug‘ ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomidagi chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi. Mazkur maktab faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarda kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, ularning yetuk va zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi. 

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi. 

Ushbu maktablarning asosiy vazifasi etib yuqori malakali va bilimdon o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birga, chet tilini o‘qitishga ham ustuvor ahamiyat qaratish zarurligi belgilangan. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. 

Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda, 8-9-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar yaratadi. Endilikda umumta’lim maktablarida bitiruvchilarni 50 ga yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga, korxona-tashkilotlarga biriktiriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. 

Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi. 

Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ta’lim tizimi, xususan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, bunda rivojlangan davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarga alohida ahamiyat qaratish, test sinovlarining ochiqligini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. 



Oliy ta'limga qamrovni oshirish va ta'lim sifatini yaxshilash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilishi ko'zda tug’ilgan:

18 ta yangi oliy ta'lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:

- 10 ta mahalliy oliy ta'lim muassasasi;

- 3 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi;

- 5 ta davlat–xususiy sheriklik shartlari asosida.

Qo‘shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash ikki martaga oshiriladi.

18 ta yangi OTM tashkil etilishi va qo‘shma ta'lim dasturlari kengaytirilishi natijasida yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrovi 25 foizga yetkaziladi.

Muhandislik-texnik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari ulushi 28 foizga ko‘paytiriladi;

Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bitiruvchilaridan magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabalar ulushi 10 foizga oshiriladi.

Xorijiy tajribalar asosida talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida OTMlarda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimida takshil etilib, ta'lim jarayonlarini elektron ta'lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish joriy etiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati ma'lum qiladi.



Foydalanilgan manbalar:

https://daryo.uz/2020/01/06/2020-yil-ozbekistonda-18-ta-yangi-otm-faoliyati-yolga-qoyiladi/
Download 80,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish