O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi boshlang’ich ta’lim



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#479074
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
1-sinf. DTS

Tovushlar va harflar. 
Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar
 
o‘quvchilarning 
savod o‘rgatish jarayonida o‘rgangan amaliy bilimlariga asoslangan holda, 1-2-sinflarda 
beriladi, ularga oid ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va 
undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh 
tovushlar haqida tushuncha beriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida 
farq qiladigan so‘zlar; unlilar talaffuzi va imlosi; so‘z oxirida kelgan jufti bor jarangli 
undoshlarning jarangsiz jufti eshitilsa ham, jufti bor jaranglisi yozilishi; ayrim so‘zlar 
oxirida kelgan undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi
yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar. 
3- va 4-sinflarda esa tovushlar va harflarga oid bilimlar mustahkamlanadi hamda 
tovush-harf tahlil qilish takomillashadi. Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan 
ishlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini o‘stirish va 
takomillashtirishga yo‘naltiriladi. 
So‘z. 
Boshlang‘ich sinflarda so‘z leksik-grammatik tomondan o‘rganiladi.
 
Lug‘at 
ustida ishlashga katta e’tibor beriladi. Lug‘aviy mashqlar grammatika va to‘g‘ri 
yozishni o‘rganish bilan bog‘liq holda olib boriladi (leksikadan nazariy bilim 
berilmaydi). So‘z turkumlariga o‘quvchilar 1-2-sinfda tayyorlanadilar. Ular 
kim? 
(kimlar?), nima? (nimalar?) 
so‘rog‘iga javob bo‘lgan, shaxs va narsalar
 
nomini, 
qanday?, qanaqa?, qaysi?
so‘roqlariga javob bo‘lgan, shaxs va narsalarning belgisini
nechta?, qancha?, nechanchi?
so‘roqlarga javob bo‘lgan so‘zlar sanog‘i va tartibini, 
nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti?
so‘rog‘iga javob bo‘lgan, narsa va shaxslar 
harakatini ifodalashni bilib oladilar; ularni ma’lum so‘zlarga so‘roq bera olishga, u yoki 
bu so‘roqqa javob bo‘lgan so‘z nimani ifodalashini aytib berishga o‘rgatiladi. 
3-sinfda o‘quvchilar asos va asosdosh so‘zlar bilan tanishtiriladi. So‘zning tarkibi: 
asos, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘rganiladi. Oddiy so‘z yasalishi, 
ko‘p ishlatiladigan –
chi, -la, -siz, -li, -zor, -kor
kabi qo‘shimchalar 
ma’nosi o‘zlashtiriladi. 4-sinfda so‘zning tarkibi haqidagi bilimlar so‘z turkumlarini 
o‘rganish bilan bog‘liq holda takomillashtiriladi. 
O‘quvchilar “So‘z turkumi” bilan 3-sinfda tanishtiriladi. Ular ot, otning ma’nosi 
(shaxs, narsalarning nomini bildirishi), so‘roqlari, birlik va ko‘plikda qo‘llanishi; sifat, 
uning ma’nosi (narsalarning belgilarini bildirishi), so‘roqlari; son, uning ma’nosi (narsa 
va narsalarning sanog‘i va tartibini bildirishi), so‘roqlari; fe’l, uning ma’nosi (narsaning 
harakatini bildirishi), so‘roqlari; bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni o‘rganadilar. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish