Boshlang‘ich ta’limda
–
о‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni
og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga о‘rgatishdan iborat.
Mazkur ona tili о‘quv dasturi quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi:
1
Savod о‘rgatish va nutq о‘stirish.
2
Fonetika, grammatika, imlo va nutq о‘stirish
.
Savodga о‘rgatish davri 128 soatni tashkil etib, bu davr ikki о‘quv choragini
qamrab oladi. Savodga о‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi.
Bu davrda bolalarning fonematik eshitish qobiliyatlari o‘stiriladi, o‘quvchilarning atrof-
muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga
о‘rgatish tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush metodida amalga oshiriladi hamda
o‘quvchilar nutqini o‘stirish nazarda tutiladi. Savod о‘rgatish davrida o‘quvchilar gapni
so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inni tovushlarga ajratadilar, so‘zdagi tovushlarni
tartibi bilan aytishni o‘rganadilar, o‘rganilgan tovushlarni o‘zaro bog‘lab so‘z tuzish va
o‘qish yuzasidan mashq qiladilar. O‘quvchilar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash,
harflardan bo‘g‘in va so‘z tuzishga, ularni o‘qishga o‘rganadilar. Gap va bog‘lanishli
matnni ongli, to‘g‘ri, bo‘g‘inlab ravon o‘qish, so‘ngra so‘zni butunicha sidirg‘a o‘qish
malakasini egallaydilar.
O‘quvchilarni o‘qish va yozishga o‘rgatish baravar olib boriladi. Yozuvda
tovushlarni harflar bilan belgilashga, harflar va bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga, so‘z va
gaplarni yozma to‘g‘ri shakllantirishga, talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan
so‘zlarni va qisqa gaplarni eshitib yozishga, gapning birinchi so‘zini, kishilarning
ismini, joy nomlarini, ayrim hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan
yozilishini bilib oladilar.
Savod o‘rgatish darslarida o‘quvchilarning o‘zgalar nutqini diqqat bilan tinglash va
nutqni tushunib olish ko‘nikmalari o‘stiriladi. O‘quvchilar o‘z fikrini bayon qilishga,
o‘qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga,
o‘qiganlarini qayta hikoyalashga, o‘z kuzatuvlari, ko‘rganlari hamda eshitgan va
o‘qigan hikoya, ertaklari haqida hikoya qilib berishga o‘rganadilar.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar olgan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar
birgalikda o‘qish jarayonida maxsus sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida bolalar
adabiyoti namunalari bilan tanishtirishga tatbiq etiladi. Savod o‘rgatish davrida sinfdan
tashqari o‘qish haftada bir marta o‘tkaziladi va unga o‘qish darslarining ikkinchi
qismidan 15-20 daqiqa ajratiladi. Savod о‘rgatish darslari о‘quvchilarning umumiy
kamolotiga, ularda dо‘stlik, о‘rtoqlik kabi xislatlarni milliy qadriyatlarni shakllantirish,
jamoa ichida о‘zini boshqarish, mehnatsevarlik, halollik, rostgо‘ylik, о‘qishga ongli
munosabatda bо‘lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga kо‘maklashish lozim.
Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish
Fonetika, leksika, grammatika, to‘g‘ri yozuv boshlang‘ich bilimlarni o‘zlashtirish
jarayonida bolalarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradi; ular til hodisalarini tahlil
qilishga, qiyoslashga, umumlashtirishga va guruhlashga, o‘z nutqlarida til birliklari –
so‘z va gaplarni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganadilar.
Boshlang‘ich sinflar “Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish” dasturi
bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib, fonetika, grammatika, imlodan
beriladigan boshlang‘ich ma’lumotlar yuqori sinflarda o‘qitiladigan ona tili va adabiyot
materiallari bilan uzviy bog‘lanadi. Ushbu dastur “Tovushlar va harflar”, “So‘z”,
“Gap”, “Bog‘lanishli nutq” va “Husnixat” bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Dastur oxirida
o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar alifbo tartibida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |