O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi farg‘ona tumani xalq ta’limi bo‘limi



Download 167,5 Kb.
bet7/14
Sana04.04.2022
Hajmi167,5 Kb.
#528514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
2022 йил 28-Мактабнинг УСТАВИ

VI. MAKTABNI BOSHQARISH.

6.1. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari mazkur Ustavning 1.1. (1-qismi 1-bandida) ko‘rsatilgan hujjatlar asosida olib boriladi.


6.2. Maktabni boshqarish demokratiya, oshkoralik, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Maktab jamoasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ota-onalar, mahalla qo‘mitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiradi.
6.3. Maktab pedagogik kengashi maktabni boshqarishning oliy organi hisoblanadi. Maktab direktori o‘z lavozimi bo‘yicha pedagogik kengashi raisi hisoblanadi.
6.4. Maktab pedagogik, metodik, jamoatchilik kengashida,vasiylik kengashlari hamda ota-onalar qo‘mitasi xalq ta’limi vazirligi buyruqlari bilan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan tegishli Nizomlar asosida shakllanadi hamda faoliyat ko‘rsatadi.
6.5. Maktabning o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni maktab direktori olib boradi.
MAKTAB DIREKTORI:

6.5.1. Maktab direktori o‘quv-tarbiya jarayoniga va maktabning kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Maktabda ta’lim berish (o‘quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishlarini ta’minlaydi, maktabda xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi.


6.5.2. Maktab direktori viloyat boshqarmalari tomonidan tegishli xalq deputatlari tuman Kengashlari bilan kelishilgan holda xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi. Maktab direktori ish faoliyatida bevosita tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiriga bo‘ysunadi.
6.5.3. Maktab direktori mehnat ta’tilida yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davrida uning vazifalari direktorning o‘rinbosaridan biri zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bu kabi hollarda vazifalarni ijro etish tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
6.5.4. Maktab direktori o‘z ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumotga va pedagogik yoki rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega hamda tegishli attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi lozim.
6.5.5. Maktab direktori maktab ichida yoki undan tashqarida o‘rindoshlik asosida boshqa rahbarlik lavozimlarida (ilmiy va ilmiy uslubiy rahbarliklaridan tashqari) ishlashiga yo‘l qo‘yilmadi.
6.5.6. Maktab direktorining mansab vazifalarni o‘rindoshlik asosida ijro etilishi mumkin emas.
6.5.7. Maktab direktoriga uning o‘rinbosarlari bevosita bo‘ysunadi. Maktab direktori o‘z vakolatlari doirasida maktabning har bir xodimi va o‘quvchisiga ular uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmani berishga haqli. Maktab direktori maktabdagi har qaysi boshqa xodim (uning o‘rinbosari yoki boshqalar) ning farmoyishini bekor qilishga haqli.
6.5.8. Maktab direktori o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
- maktab Ustavi va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq maktab faoliyatining barcha yo‘nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
- pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
- maktabning rivojlantirish dasturlarini, maktabdagi ta’limiy dasturlar, o‘quv rejalari, kurslar, fanlar, o‘quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi, maktabning boshqa ichki me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- maktabning yangi o‘quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;
- maktab faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘quv-uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, xo‘jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi;
- maktabning pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
- kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yish ishlarini amalga oshiradi, xodimlar vazifalarini belgilaydi, ularni kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi;
- o‘quvchilar uchun mashg‘ulotlar jadvalini, maktab xodimlarining ish jadvallari va pedagogik yuklamasini, tarifikatsiya va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi;
- xodimlarning ijodiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi, jamoada ijobiy-ma’naviy sof muhitni shakllantiradi;
- maktab o‘quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida maktabda umumiy ovqatlanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyati ko‘rsatishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, bularning ishini nazorat qiladi;
- jamoa shartnoma bajarilishi ta’minlaydi, maktab pedagoglari jamoasi kasaba uyushmasi tashkilotiga mo‘tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi;
- davlat, jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda maktab manfaatlarini himoya qiladi;
- jihozlarning muhandislik-texnikaviy kommunikatsiyalardan xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi, ularni mehnat muhofazasi bo‘yicha amal qilayotgan standartlarga, qoidalarga va me’yorlarga muvofiq bo‘lgan holatga keltirish choralari ko‘radi, maktabning binosi ko‘rikdan o‘tkazilishi va ta’mirlanishini o‘z vaqtida tashkil etadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va maktab ichki mehnat tartib qoidalarida belgilangan tartibda yangi xodimlar qabul qilinishi rasmiylashtiradi;
- ishga yangi qabul qilingan shaxslar bilan o‘rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi bo‘yicha dastlabki ko‘rsatma berish, ta’lim muassasasi xodimlari bilan ish joyida ko‘rsatma berish tartibini o‘tkazadi, ko‘rsatma berish tadbiri o‘tkazilganligini daftarda rasmiylashtiradi;
- xodimlar va o‘quvchilarning jarohatlanishi hollarining oldini olish va ular kasallanish darajasini kamaytirish bo‘yicha profilaktik ishlarni tashkil etadi va olib boradi;
- xodimlarning moddiy-ma’naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish ishlarini tashkillaydi;
- tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va sog‘lomlashtirish ishini yaxshilash choralarini ko‘rsatadi;
- kasaba uyushmasi va Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda ovqatlanish tashkil etilishini yaxshilash, maktab oshxonasida sifatli ovqat tayyorlanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko‘radi;
-yil yakuni bo‘yicha xalq deputatlari Tuman kengashlari va jamoatchilik vakillariga 3 yillik dasturning ijrosi yuzasidan hisobot beradi ;
- maktab faoliyatini takomilllashtirish, moliyaviy xo‘jalik holati, daromadlari va xarajatlari,byudjet,buyedjetdan tashqari,homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobotini maktab kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
-o‘quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayonini o‘tkazilishini ta’qiqlashga haqli.

Download 167,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish