6.8. MAKTAB DIREKTORINING MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA O‘RINBOSARI:
6.8.1. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktorining taqdimotiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi.
6.8.2. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi. Tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq tadbirlar o‘tkazilganda o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda xavfsizlik texnika me’yorlariga va qoidalariga rioya qilishini ta’minlaydi, mahalla qo‘mitasi va boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi.
6.8.3. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi;
6.8.4. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga bevosita:
1) sinf rahbarlar
2) o‘quvchilar
3) sardorlar
4) qo‘shimcha ta’lim pedagoglari bo‘ysunadi.
6.8.5. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi;
- o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib borilgan tarbiyaviy ish bo‘yicha joriy va istiqbol rejalarini tuzishni va uni o‘tkazishni tashkil etadi;
- Yoshlar ittifoqi yetakchisi, sinf rahbarlari, sardorlar va bevosita ushbu direktor o‘rinbosarlariga bo‘ysunuvchi boshqa xodimlar ishini muvofiqlashtiradi;
- muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini to‘garaklar ishlarini va maktabdan tashqari tadbirlar o‘tkazishni nazorat qiladi;
- sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tadbirlarni, to‘garaklar mashg‘ulotlarini (o‘quv yili davomida kamida 136 soat) tahlil va nazorat qiladi, ularning shakli va mazmunini tashkil qiladi, tahlil natijalaridan pedagoglarni xabardor qiladi;
- tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo‘yicha ota-onalarni ( ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi;
- maktab direktorini o‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda tarbiyaviy va madaniy bo‘sh vaqt faoliyati bo‘yicha mashg‘ulotlar jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimlarning o‘rniga darslar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi;
- maktab pedagog va boshqa xodimlarni tayyorlashda ularni attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi;
- sinf rahbarlari va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadigan xodimlar tomonidan ularning zimmasiga yuklangan tarbiyaviy ishni tashkil etish bo‘yicha vazifalar bajarilishini, o‘quvchilarning ixtiyoriy jamoatchilik uchun foydali mehnatni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda ta’minlaydi;
- sinf rahbarlari, guruhlar, to‘garaklar va sport seksiyalari rahbarlariga safarlar, sayohatlar, ishlab chiqarish va jamoatchilik uchun foydali mehnatni va boshqalarni tashkil etishda, shu jumladan o‘quvchilar mehnatini muhofaza qilishni ta’minlash, jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalarida uchlubiy yordam beradi;
- tarbiyaviy tadbirlar va ta’lim muassasalaridan tashqari o‘quvchilar bilan ish olib borishda sanitariya-gigiyena me’yorlari va talablari, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi va ular bajarilishi uchun tegishli choralar ko‘radi;
- o‘quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan) ko‘chada, suvda va h.z.larda sodir bo‘ladigan jarohatlanishni, yo‘l transport hodisasi, baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etadi;
- maktabdan tashqari tarbiya bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritish uchun maktab bilan bolalar qo‘shimcha ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida aloqalarni bog‘laydi va qo‘llab – quvvatlaydi;
- maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamoatdagi o‘rniga munosib ahloq me’yorlariga amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |