6.11. Maktab rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining moddiy javobgarlik bo‘yicha vazifalari va majburiyatlari.
6.10.1. Maktab rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan lavozimga tayinlanadi va bo‘shatiladi.
6.10.2. Maktab rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi.
6.10.3. Maktab rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga bevosita:
1) farroshlar
2) ishchi va bog‘bonlar
3) qorovullar
4) supuruvchilar bo‘ysunadi
6.10.4. Maktab rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarni amalga oshiradi:
- maktab binolarining texnik holatiga ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir;
- ta’lim muassasasidagi xo‘jalik ishlarini nazorat qilish, har oyda hisobchiga ishchi-xodimlarni ishga kelganligi haqida tabel topshirish;
- hisobchiga oy oxirida kirim, chiqim qilingan moddiy tovar boyliklarining (maktabga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va konselyariya mollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ro‘yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini topshirish;
- har o‘quv yili boshlangunicha barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘yxat bo‘yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish - qabul qilib olish dalolatnomalarini tuzish) topshirish va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holda qabul qilib olish;
- kommunal xizmat ko‘rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda tuman g‘aznachilik bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun markazlashgan hisobxonaga taqdim etish;
- telefon va internet tarmoqlaridan foydalanishda uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda tuman telefon tarmog‘ining bo‘linmasiga xabar berib, aloqani tiklash choralari ko‘rish;
- maktab sanitariya holatini talab darajasida bo‘lishida, farroshlar, binolarni qo‘riqlashda qorovullar, atrof muhitni obodonlashtirishda bog‘bonlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish;
- bir yilda bir marta maktab ishchi guruhi bilan moddiy boyliklarni turlari bo‘yicha inventarizatsiya qilish;
- qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosan gaz bosimining yetarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo‘lmagan kunlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga ma’lum qilish hamda qattiq yoqilg‘idan unumli foydalanish, markazlashgan hisobxonaga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirish;
- kuz-qish mavsumiga maktab binosi tomlarini, oyna va romlarni, isitish tizimlarini, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirish;
- yong‘in xavfsizligi asboblarining yetarli darajada bo‘lishini nazorat qilish;
6.10.5. Maktab rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar:
- maktab xodimlarining oylik va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini tuman xalq ta’limi bo‘limining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosaridan qabul qilish va topshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiradi;
- kassa operatsiyalari hisobotini O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha maxsus kassa daftarida yuritiladi hamda kassa daftarini o‘chirishlar va tuzatishlar qilishga yo‘l qo‘ymasdan olib boradi;
- maktab xodimlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (ya’ni xizmat safari xarajatlari, kasallik varaqalari, suyunchi pullari, qarilik nafaqalari) bo‘yicha naqd pul oladi hamda xodimlarga o‘z vaqtida berishni ta’minlaydi. Kundalik tarqatilgan naqd pullar haqida maktab rahbariga hisobot berib boradi. Kassaga doir barcha moliyaviy hujjatlar va kassa kitobini yuritadi;
6.10.6. Maktabda markazlashgan hisobxonadan biriktirilgan hisobchi moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.
Markazlashgan hisobxonadan biriktirilgan hisobchi o‘z vazifalarini uning vakolat va javobgarlik doirasida belgilangan xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 31 oktabrdagi 346-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |