6.6 Direktorning moliyaviy va moddiy masalalar bo‘yicha vazifalari va majburiyatlari.
Yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta’limi mussasasi shu jumladan maktab direktori fondining byudjet mablag‘larining boshqaruvchisi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri hisoblanadi.
Tuman xalq ta’limi bo‘limining markazlashtirilgan moliya –buxgalteriyasi bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
pedagog xodimlar tarifikattsiyasini hisobga olgan holda maktab shtatlar jadvali va harajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlariga taqdim etish;
belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasining tovarlar va xizmatlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni tuzish hamda tovarlar xaridini amalga oshirish;
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni ,shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘larni mo‘ljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etish;
to‘lovlar oylik maoshini belgilash va to‘lash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek maktabda moddiy boyliklarning hisob-kitobni olib borishni tashkil etish va amalga oshirish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga qat’iy rioya qilishni ta’minlash;
byujetdan ajratilgan va byujetdan tashqari topilgan mablag‘lar va harajatlar smetasini tuzilishini ta’minlash hamda ulardan samarali tejamkorlik bilan foydalanishi,xodimlarga ish haqida “Direktor jamg‘armasi”dan o‘qituvchilarga ustamalarni xolisona tayinlanishini, mukofot va moddiy yordam pullarining asoslangan holda to‘lanishi noqonuniy harajatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish lozim;
ta’lim muassasasi tovar moddiy–boyliklarining saqlanishini ta’minlash; - ta’lim muassasasida Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentabrdagi 414-son qaroriga asosan servis xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish, yuridik, jismoniy shaxslarining va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini ta’lim muassasasining moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yo‘naltirish va undan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etish;
markazlashtirilgan tartibda maktabga beriladigan (jihozlar, maktablarga beriladigan maktab hujjatlari, kam ta’minlangan oila farzandlariga beriladigan qishki kiyim-bosh, Prezident sovg‘asi va boshqa) moddiy boyliklar uchun ishonchnomalar beradi, qabul qiladi, har bir o‘quvchiga yetkazilishini ta’minlaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiradi;
ta’lim muassasasi binolarining texnik holatini, ya’ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar) ning saqlanishini nazorat qiladi;
har o‘quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarini ta’minlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib ro‘yxat bo‘yicha jihozlash, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish;
kommunal to‘lovlar (gaz, elektr energiya) hisoblagichlarning kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanish;
telefon va internet tarmoqlaridan foydalanishda aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda tuman telefon tarmog‘i bo‘linmasiga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘rish;
maktab sanitariya holatining talab darajasida bo‘lishida farroshlar, binoni qo‘riqlashda qorovullar, atrof muhitni obodonlashtirishda xodimlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish;
maktabda xodimlar orasida shanbaliklarni, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish;
qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan gaz bosimining yetarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo‘lmagan kunlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yhatga olib, hisobxonaga gaz hamda zaxiradagi qattiq yoqilg‘i uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilinishi haqida ogohlantirish,;
Kuz-qish mavsumiga maktab binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini ta’mirlab, tayyor holga keltirishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |