MAVZU: IQTISODIYOTNI DASTURLASh, PROGNOZLASh VA REJALAShTIRISh
REJA:
1. Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirish
2. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning
metodologik asoslari
3.
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyatni baholash.
4.
Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlarini belgilash.
5.
Hududiy dasturlarning samaradorligini oshirish yo`nalishlari.
6.
O`zbekistonda hududiy rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni
takomillashtirish
Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirish
Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat shakllaridan biri dasturlash va
rejalashtirishdir. Ushbu tartibga solish shaklining zaruriyati ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi, mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi, davlat mulkining
mavjudligi, iqtisodiyotga yo`llanadigan kapital mabla`glar harakati va oqibatlarining uzoq
muddatliligi hamda bozor kon`yunkturasini o`rganishi bilan ifodlanadi. Shu boisdan barcha
rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning rivojlanishi prognozlashtiriladi, dasturlanadi va
rejalashtiriladi.
Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini aniqlash (prognozlashtirish) qisqa muddat (1-2 yil), o`rta
muddat (5 yil), uzoq muddatga (20 yil) mo`ljallanadi. Bunda mavjud o`tgan davrdagi
iqtisodiy rivojlanish holati, bozor kon`yunkturasining o`zgarib borish tendentsiyalariga
asoslanib, kelajaqdagi iqtisodiy ahvolning qanday bo`lishi, qanday natijalarga olib kelishi
mumkinligi bashorat qilinadi. Bu - ekstropolyatsiya usuli deyiladi. Olingan ma`lumotlarga
esa xususiy ishbilarmonlarning kapital mabla`glar sarflash rejalarini turli so`rovlar orqali
o`rganib borish orqali aniqlik va tuzatishlar kiritiladi.
Prognozlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlarda iqtisodiyot
rivojlanishining moddiy va sotsial maqsadlari ko`rsatiladi. Maqsadlarni amalga oshirish
uchun kapital mabla`glar sarflash rejalari tuziladi, ishlab chiqarish hajmi bilan talab
o`rtasidagi nisbatlar o`rganiladi. Turli ishlab chiqarish bilan import o`rtasidagi bo`gliqlik,
ishlab chiqarish bilan iste`mol, ishlab chiqarish bilan eksport, eksport bilan import
o`rtasidagi bo`gliqlar aniqlanadi. Buning uchun tarmoqlararo balansni tuzish, aholi ro`yxatini
o`tkazish muhim ahamiyatga ega. Bizda bir necha marta tarmoqlararo balans tuzilgan,
aholini ro`yxatga olish amalga oshirilgan. Iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat dasturlari
asosida rejalar qabul qilinadi. Ilgari ma`muriyatchilikka, buyruqbozlikka asoslangan
jamiyatda iqtisodiy rejalar direktiv xarakterga ega bo`lib, yuqoridan belgilanib, quyidagi
xo`jalik bo``ginlari uchun majburiy edi.
Bozor iqtisodiyoti va mulkning ko`p shakllari mavjud bo`lgan sharoitda esa dastur va rejalar
davlat korxonalari uchun direktiv, xususiy sektor uchun esa taklif, indekativ xarakterga ega
bo`ladi. Ishbilarmon, tadbirkorlarning rejalarga amal qilishlarini ra`gbatlantirish maqsadida
ularga turli imtiyozlar, ya`ni soliq to`lashda, kredit, subsidiyalar, xom ashyo, yoqil`gi-
energiya, asbob-uskunalar olishda, tovarlarni eksport qilishda imtiyozlar berilishi lozim
bo`ladi.
Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirishdan maqsad, bozor iqtisodiyotida yuz berishi
mumkin bo`lgan turli nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlarining oldini
olishga qaratilgan bo`ladi. Bu tartibga solish vositasining samaradorligi dastur va rejalarning
tadbirkorlar manfaatiga qanchalik mosligiga, davlatning ularni
ra`gbatlantirish, moliyalashtirish imkoniyatlariga hamda rejalarning ilmiylik darajasiga bo`gliq
bo`ladi.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotini tartibga solishni ta`minlashda Iqtisodiyot vazirligi muhim
rol o`ynamoqda. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning kontseptsiyalari qisqa va uzoq muddatli rejalari, respublika va mintaqalarga
oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqish; aholini sotsial himoyalashga oid takliflarni asoslab
berish, mehnat faoliyati va tadbirkorlik imkoniyatlarini ko`paytirish, iqtisodiy ahvolni
so`glomlashtirish yo`llarini belgilash; bozor munosabatlariga o`tishning asosiy qoida va
yo`nalishlarini . shakllantirish va unga mos ravishda xo`jalik mexanizmi, boshqaruv shakllari
va uslublarini takomillashtirish; xalq xo`jaligi tuzilmasini qayta qurishga, ishlab chiqaruvchi
kuchlarini oqilona joylashtirishga oid takliflar tayyorlash; xalq xo`jaligi balanslarini tuzish
asosida iqtisodiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga oid takliflarni ishlab chiqish; eksport-
import ishlarini davlat yo`li bilan tartibga solish va ra`gbatlantirish sohasidagi yo`nalishlarni
belgilash. Iqtisodiyot vazirligi ushbu vazifalarni bajarish orqali
iqtisodiyotni davlat tomonidan
tartibga solish
vositasi sifatida muhim o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |