Fuqarolik huquqi test
1. Fuqarolik huquq layoqati qachon vujudga keladi?
a)tug'ilganida b)12 yoshda c)16 yoshda d)18 yosh
2. Fuqarolar qachon to'la muomala layoqatiga ega bo'ladi?
a)7 yoshga to'lganda b)tug'ilishi bilan
c)18 yoshga to'lganda d)nikohlanish orqali
3. Bitimlar qanday shaklda tuziladi?
a)og'zaki b)yozma c) faqat yozma d)a va b
4. Servitut huquqi nima?
a) o'zganing mulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi
b)mulkdorning mutloq huquqi c)mulkka egalik qilish
d)mulkdor bo'lmagan shaxsning mulkiy huquqlari
5. FK 265-moddasiga ko'ra qay biri garov turlariga kirmaydi?
a)zakalat b)ipoteka c)renta
d)mulkiy huquqlarni garovga olish
6. Majburiyat qanday asoslar bilan bekor bo'ladi?
a) yuridik shaxs tugatilishi bilan b)shaxs vafot etishi bilan
c)voz kechish haqini berish bilan d) barchasi
7. Fuqarolik huquqida shartnoma tuzishga taklif qiluvchi shaxs kim?
a) akseptant b)offerent c)sedent d)debitor
8. Shartnoma bekor qilinganda taraflarning majburiyatlari ?
a)bekor bo'ladi b)o'zgaradi
c)qisman bekor bo'ladi d)vorislarga o'tadi
9. Kontraktatsiya shartnomasining predmeti nima?
a)barcha turdagi mahsulotlar b)mutloq huquqlar
c)intelektual mulk d)qishloq xo'jaligi mahsulotlari
10. Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya nima?
a)renta b) ipoteka c)xayr-ehson
d) fors-major shartnomasi
11. Ishonchnoma ko'pi bilan qancha muddatga beriladi?
a) 2 yil b)3 yil c)1 yil d) 6 oy
12. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni kim rasmiylashtiradi?
a)otasi b)turmush o'rtog'i c)vasiyi
d) bu holatda bitim tuza olmaydi
13. Munisipal mulk deganda qanday mulk tushuniladi?
a)respublika va ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulki
b)yakka shaxsga tegishli mulk c)jamoa mulki
d)umumiy mulk
14. Fuqarolik huquqida kreditorning o'zgarishi - bu?
a) sedent b)sessiya c)debit d)vindikatsiya
15. "Garov to'g'risidagi" qonun qachon qabul qilingan?
a) 2006-yil 4-oktabr b)2013-yil 23-oktabr
c)2002-yil 2-iyun d)1998-yil 1-may
16. Kim oshdi savdosini o'tkazish shakli kim tomonidan belgilanadi?
a) savdo o'tkazuvchi tashkilot b) da'vogarlar kelishuvi bilan
c)sotiladigan mulk egasi d)to'g'ri javob yo'q
17. Hadya shartnomasida qatnashuvchi taraflarni belgilang?
a) fuqarolar , davlat b)davlat, yuridik shaxslar
c)fuqarolar, yuridik shaxslar d)fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat
18. Amaldagi Fuqarolik kodeksi qancha moddani qamrab oladi?
a)1199 b)786 c)675 d)852
19. Ishonchnomada amal qilish muddati ko'rsatilmagan bo'lsa qonunga ko'ra qancha muddatga amal qiladi?
a) 2 yil b) 1 yil c) 6 oy d)3 yil
20. FK 234-moddasiga ko'ra muayyan harakatni qilishga yoki qilishdan saqlanishga majbur bo'lgan taraf ?
a) kreditor b) sedent
c)qarzdor d) akseptent
21. Shartnomasiz majburiyatning qanday turlari mavjud?
a)bir tomonlama harakatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar
b)zarar yetkazishdan kelib chiqadigan
c)asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
d)barchasi
22. Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to'lashi shart bo'lgan pul summasi nima?
a)garov b) neustoyka c) sug'urta d)kafolat
23. Garovning qaysi turida ko'chmas mol-mulk garovga olinadi?
a)ipoteka b)zakalat c)penya
d) mulkiy huquqlarni garovga olish
24. "Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi shartnomalari to'g'risida "gi Vena konvensiyasi qachon qabul qilingan?
a)1980 b)1981 c)1990 d)1985
25. Oldi-sotdi shartnomasining predmeti nima?
a) tovar b)faqat ko'char mulk c)faqat ko'chmas mulk
d)iste'mol qilinadigan narsalar
26. Oldi-sotdi shartnomasi obyektiga ko'ra qanday turlari bor?
a) kontraktatsiya, energiya ta'minoti
b)ko'chmas mulkni va korxonani sotish
c)energiya ta'minoti , ko'chmas mulkni sotish
d)kontraktatsiya,energiya ta'minoti, ko'chmas mulk va korxonani sotish
27. Hadya shartnomasiga xos bo'lmagan xususiyatni aniqlang?
a) real b)bir tomonlama c)tekinga tuziladigan
d) faqat yozma shaklda tuziladigan
28. Xayr-ehsonning eng asosiy jihatlaridan biri -?
a) xayr-ehsonni qabul qilishga hech kimning roziligi talab etilmaydi
b) faqat ijtimoiy himoya muassasalariga beriladi
c) faqat jismoniy shaxslarga berilishi mumkin d)barchasi
29. Doimiy rentani olishi mumkin bo'lgan subyektlarni ko'rsating?
a) fuqarolar b)notijorat tashkilotlari
c)yuridik shaxslar d)fuqarolar,notijorat tashkilotlar
30. Renta olinishi mumkin bo'lgan mulklarni belgilang?
a) yer uchastkasi, binolar b)ko'chmas mulk, inshootlar
c) korxonalar, ko'char mulklar d) barchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |