III. MAKTAB TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISH
3.1. Maktabdagi ta’lim jarayonini umumta’lim dasturining ikki bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:
a) boshlang‘ich ta’lim I-IV sinflar.
b) umumiy o‘rta ta’lim I-XI sinflar.
3.2. Boshlang‘ich ta’lim:
O‘quvchilarning o‘qish, yozish, hisoblashga oid dastlabki bilim ko‘nikmalarini, nazariy fikrlash elementlarini, nutq va xulq ma’daniy asoslarini shakllantiradi, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga asos yaratadi.
3.3. Maktabning:
- 1- sinfga 7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi;
- Tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan maktabning pedagogikc xodimlari va psixolog tomonidan bolani maktabga o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boradi;
- Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlanguniga qadar amalga oshiriladi va belgilangan me’yorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lgan sinflar to‘liqligi 35 nafardan oshirilmagan holda buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
3.4. Maktab ta’limi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3.5. Maktabdagi ta’lim tili O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Ta’lim tilini tanlashda maktab hududidagi istiqomat qiladigan ota-onalarning xohish istaklarini inobatga olingan holda belgilangan o‘zbek tilida olib boriladi.
3.6. Davlat ta’lim standartlari talablari doirasida o‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish uchun boshlang‘ich va V-XI sinflarda pedagogik qo‘llab-quvvatlashning turli shakllari (korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hokazo) ruhiy va jismoniy rivojlanishda nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus sinflar hamda uyda ta’lim berishni tashkil qilishi mumkin.
3.7. Maktab o‘quvchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatish maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim ma’muriyat bilan teng ravishda bola sog‘lig‘i uchun mas’uldir.
3.8. Maktabda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirish, yakuniy attestatsiyalarni o‘tkazish xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqarilagan hujjatlar (nizom, yo‘riqnoma) ga asosan amalga oshiriladi.
3.9. O‘quvchilarni tibbiy komissiya xulosasiga asosan sinfdan-sinfga ko‘chirish yoki yakuniy attestatsyadan ozod qilish masalasi Xalq ta’limi vazirlining qo‘shma buyrug‘iga asosan hal etiladi.
3.10. O‘quvchilarni maktabni tamomlaganligi haqidagi hujjatlarni berish tartibi, yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibidan istisnolar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
3.11. Maktabning yakuniy attestattsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta’limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga a’lo darajadagi shahodatnoma,attestat, ta’limda alohida muvaffaqiyatlari va namunali xulqi uchun kumush,oltin medallari topshiriladi.
3.12. Maktab o‘z hududida (mikrohudud) yashovchi maktab yoshidagi I-XI sinflarda o‘qish lozim bo‘lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to‘liq jalb etishni amalga oshiradi.
3.13. Maktabdagi darslarni o‘quv choragi va o‘quv yilining davom etish muddati kunlar va haftalar bo‘yicha darslar jadvali, sinflarning to‘ldirilishi va o‘quvchilarga beriladigan o‘quv yuklamalari umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
3.14. Maktabda o‘quv yili 1 sentabrdan boshlanadi va 31 avgustda tugaydi. O‘quv yilidagi o‘quv mashg‘ulotlari 2 sentabrda boshlanadi va 25 mayda tugaydi.
O‘quv yilidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4 chorakka (2 yarim yillikka) bo‘linadi, ularning boshlanishi va oxirgi o‘quv rejasi bilan belgilanadi. O‘quv yilidagi o‘quv mashg‘ulotlarini hisobga olganda 34 hafta, 1 sinfda esa 33 hafta davom etadi, ularda o‘quv haftasining davomiyligi 5 kun, tayanch o‘quv rejaga asosan fevral oyining uchinchi o‘n kunligida bir hafta ta’til beriladi.
O‘quv yili davomida kuzgi, qishki, bahorgi ta’tillar kamida 27 kalendar kuni qilib belgilanadi va Xalq ta’limi Vazirligining buyrug‘i (tayanch o‘quv rejani tasdiqlash vaqtida) bilan tasdiqlanadi.
Yozgi ta’til o‘quv yili mashg‘ulotlari (imtihonlari) tugagan kunidan boshlab 31 avgustgacha davom etadi.
3.15. Maktabda o‘quv ishlari va mashg‘ulotlari bayram kunlari o‘tkazilmaydi:
1 yanvar - Yangi yil
8 mart - Xotin-qizlar bayrami
21 mart - Navro‘z bayrami
9 may - Xotira va qadrlash kuni
1 sentabr - Mustaqillik kuni
1 oktabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni
8 dekabr - Konstituttsiya kuni
Ramazon va Qurbon hayiti bayramlarining 1-kuni
3.16. Kundalik o‘quv mashg‘ulotlari soni va tartibi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi o‘quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat tanovvul qilishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3.17. Birinchi sinf o‘quvchilariga uy vazifasi berish majburiy emas. II-XI sinf o‘quvchilariga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy vazifalari beriladi.
3.18. Maktab o‘quvchilarining bilimlari Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
3.19. Maktabdagi sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va to‘garak ishlari o‘quvchilar va ota-onalarning xohish-istaklari, o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
3.20. Maktabda tarbiyaviy ishlar barcha davlat va nodavlat tashkilotlari, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda, ya’ni mahalla, Yoshlar Ittifoqi, ma’naviy-ma’rifiy, tibbiy xodimlar, ichki ishlar organlari, huquq tartibot organlari, ommaviy axborot vositalari, oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
3.21. Maktab kutubxonasi o‘z faoliyatini vazirlikning 2011 yil 19 avgustdagi 189-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi Nizomi va “Maktab kutubxona jamg‘armasini to‘ldirish tartibi” asosida tashkil etish, maktab kutubxona hujjatlarini vazirlikning 2001 yil 5 dekabrdagi 178-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari hujjatlarini yuritish bo‘yicha Yo‘riqnoma”ning 12-bandi asosida yuritishni ta’minlaydi. O‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashda ijara asosida ish yuritish bo‘yicha ota-onalar va maktab o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |