Mavzu: kutubxona bibliografiya xizmatini tashkil



Download 33,8 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi33,8 Kb.
#20156
MAVZU: KUTUBXONA BIBLIOGRAFIYA XIZMATINI TASHKIL

ETISHNING UMUMIY MASALALARI.

Reja:


a) Kutubxonalar bibliografiya xizmatining mazmuni, maqsadi va vazifalari, uni tashkil etish tamoyillari;

b) turli tipdagi kutubxonalar bibliografiya ishining xususiyatlari, tashkiliy omillari.


Bibliografik faoliyat (BF) - bu kutubxonalar, ilmiy- texnika axboroti (ITA) organlari, nashriyotlar va hujjatlar aloqa yo`llari tizimidagi boshqa jamoat institutlari tomonidan ilmiy - yordamchi, ishlab chiqarish, tarbiyaviy, targ`ibotchilik va boshqa maqsadlarda bibliografik axborotga bo`lgan ehtiyojni har tomonlama qondirishga xizmat qiluvchi hujjatli axborot faoliyati s o h a s i d i r.

Bu unga maxsus adabiyotda berilgan tarifdir.

Qisqaroq qilib ta'riflasak, “bibliografik faoliyat - bu bibliografik axborotga bo`lgan ehtiyojni qondirish bo`yicha axborot faoliyati” deb aytish mumkin.

BF idoraviy bo`ysunishidan, kitobxonlar tarkibi, fondining hajmi va ish ixtisosligidan qat'iy nazar barcha tipdagi kutubxonalarda olib boriladi.

BF ni kutubxonaning barcha xodimlari bajaradigan vazifasi deb atash mumkin, bibliografiya bo`limi mavjud holda BF kutubxona ishining barcha sohalarida olib boriladi. Ayniqsa, keyingi yillarda bu vazifa kuchaydi, bunga sabab kutubxona ishi jarayonlarida kompyuter texnologiyasining qo`llanilishidir. Bu vatan, shuningdek jahon axborot resurslaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini ochdi. Aynan bibliografik jarayonlar olimlar va mutaxassislarning, shuningdek aholining boshqa barcha guruhlarini tinmay o`sib borayotgan axborot ehtiyojlarini qondirish bo`yicha kutubxonachilik va ilmiy-axborot faoliyatini yaqinlashtiradi. Hozirda kutubxonalarning BF ma'lum darajada uning axborot, madaniy va ta'lim muassasa sifatida yuzini ko`rsatadi.

AKM, ARM, boshqa barcha tipdagi kutubxonalar BF ga, ayniqsa yirik ilmiy kutubxonalarga hujjatlar aloqa yo`llari tizimidagi yuz berayotgan son va sifat o`zgarishlari munosabati bilan talablar doimo o`sib bormoqda. Masalan, kutubxonalardagi bibliografiya ishining mazmuni va hajmiga bosma mahsulotlar sonining o`sishi bilan bir vaqtda ma'lumotlar bazasi va banki soni va iste'molchilar sonining, ularning axborot ehtiyojlarining murakkablashuvi, axborotning tarqoqligi, jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uni demokratlashtirish va axborotlashtirish masalalarini hal qilishda axborot bilan ta'minlash sonining oshishi kabi o`z xususiyatiga ko`ra ob'yektiv omillar ta'sir qiladi.

Kutubxona bibliografiya ishlarini sifati va samaradorligini oshirish, har tomonlama jadallashtirish uni tashkil etishni takomillashtirishni talab qiladi. Kutubxona ishining sifati va samaradaorligi ko`pincha BF ni to`g`ri yo`lga qo`yishdan va uning jamiyatni axborotlashtirish jarayoniga qo`shgan xissasiga bog`liq.

Qamrab olishiga ko`ra BF ni tashkil etishni quyidagi darajalarda qarash mumkin:

• mamlakat miqyosida, alohida mintaqa doirasida;

• alohida olingan kutubxona doirasida;

• bibliografiya bo`limi doirasida;

• alohida bibliografning ishi doirasida.

Kutubxona BF ni tashkil etish ko`pgina ichki va tashqi omillarga bog`liq.



Ichki omillar: kutubxona bo`linmalarining soni, ularning hududiy joylashishi, shtatdagi xodimlari soni, ularning kasbiy tayyorgarligi, avtomatlashtirish vositalarining foydalanilish darajasi kabilar.

Tashqi omillar: kutubxonaning tipi va uning asosiy vazifalari, idoraviy bo`ysunishi, yakka va jamoaviy (guruhli) abonentlari (foydalanuvchilari) tarkibi, fondining tarkibi va hajmi kabilar.

Kutubxonalar bibliografik faoliyatining a s o s i y y o` n a l i sh l a r i quyidagilardan iborat:

• kutubxona spravka - bibliografik apparati (SBA) ni tashkil etish va yuritib borish;

• turli mazmundagi, maqsaddagi, turli guruh kitobxonlariga mo`ljallangan bibliografik qo`llanmalar tuzish;

• bibliografik axborot bilan ta'minlash;

• spravka-bibliografiya xizmati ko`rsatish;

• tavsiya bibliografik faoliyati;

• maslahatli va metodik ishi;

• bibliografik bilimlarni targ`ib qilish;

• ilmiy tadqiqot ishi.

Har qanday kutubxona BF ni tashkil etishi asosida quyidagi tamoyillar yotadi:

• kutubxona oldida turgan vazifalarni ushbu sharoitda bajarishda maqsadlilik;

• kutubxona bibliografiya ishini tashkil etishda markazlashtirish va ishni ixtisosli taqsimlashni birga oqilona olib borish;

• barcha foydalanuvchilar guruhlarining bibliografik xizmatdan foydalana olishiga erishish.

Bibliografiya ishini tashkil etish deganda - kutubxonaning o`z oldida turgan vazifalarini butun mavjud bibliografik vositalardan foydalangan holda bajarishga qaratilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi.

“Tashkil etish” atamasi barcha ijtimoiy tizimlar, jumladan kutubxonachilik va bibliografik tizimlarga nisbatan 2 ma'noda qo`llaniladi.

Birinchidan, tashkil etish butun biron narsani tavsiflash, alomati (ob'yektning, jarayonning). Ikkinchidan, ob'yekt yoki jarayonni tartibga solish, yaxshilashga olib keluvchi faoliyat tushuniladi. Ana shu tartib bo`lishi uchun avvalo uni yaratish, qo`llash kerak. Bu esa - jarayon, faoliyatning ma'lum bir turidir.

BF ni tashkil etish mazmun-ma'no nuqtai nazaridan (harakatning o`sib borishi va hisobliligidan) ko`riladi, u bu tizimni yaratish, qo`llash va takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy faoliyat va tashkiliy faoliyatning birligini bildiradi.

Umuman bibliografiya ishini tashkil qilish barcha jarayonlarni va ishlarni rejalashtirish, bibliografik xizmatni mustaqil tashkil etish yoki bo`limlar o`rtasida bibliografik xizmatni taqsimlash, bibliograflar o`rtasida lavozim vazifalarini taqsimlash, bibliografik ishni hisobga olish, hisoboti, tahlil qilish, muvofiqlashtirish va ishni ixtisoslikka oid taqsimlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq qilish va yangi texnika vositalaridan foydalanishni

o`z i ch i g a o l a d i .

Bularning hammasini alohida ko`rib chiqamiz. Ana shu sanalgan ishlar va jarayonlar kutubxonada deyarli hamma bo`limlar tomonidan bajarilar ekan.
Bibliografiya ishi mazmuni nuqtai-nazaridan qaraladigan “tashkil etish” va “boshqarish” tushunchalarining munosabati masalasi ham e'tiborni tortadi.

Tashkil etish tashkiliy ish boshqaruv organi yoki boshqaruvchi kadrlar (menejerlar) tomonidan olib borilishini anglatadi, bu bilan uning mustaqilligini, boshqaruv faoliyatiga nisbatan uning o`ziga xos xususiyatini inkor etmaydi. Bular faoliyatning ikki nisbatan mustaqil turidir. Tashkil etish boshqarilishi mumkin, boshqaruv ham o`z navbatida tashkillashtiriladi.

Bibliografiya mehnatining tashkil qilinishi va uni boshqarish bibliografik axborotni ishlab chiqarish va tarqatishni ta'minlovchi ikki tomonidir. Faqat o`zining harakat doirasidan tashqari ular bir-biriga o`tishning umumiy sohasiga ham ega. Aynan mehnatni tashkil etish va boshqarish tutashgan joyda ularga aralash sohalar vujudga keladi, mehnatni tashkil etishni boshqarish va boshqaruv mehnatini tashkil etish. Shu ikki tushuncha orqali avvalo tashkil qilish va boshqarishning dialektik aloqasi namoyon bo`ladi.

Tashkiliy faoliyatning murakkablashuvida avvalo rejalashtirish, tashkiliy ishlarni tartibga solish, tashkil etishning o`ta ma'qul shakllarini o`rganish va tanlash, tashkiliy ishlar metodlari va usullari ma'nosida mehnatni tashkil etish jarayonlarini boshqaruv mumkin va zarur bo`lib qoladi.

Natijada mehnatni tashkil etishni boshqarish bibliografiya xizmatining tashkiliy tizimini qo`llab-quvvatlash va takomillashtirishga, tashkiliy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur sharoitni ta'minlashga yo`naltirilishi zarur.

Bu ikki tushunchaning o`zaro munosabatidagi ikkinchi tomoni boshqaruvning “tartibliligi” dadir. Faoliyatning boshqa har qanday turi kabi boshqaruv tashkil qilinadi. Boshqaruvni tashkil etish - avvalo boshqaruv organlarining tuzilishi va ixtisosligini, ularning funksiyasi va ular va boshqaruv ob'yekti o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni belgilash demakdir.

Boshqaruvning tartibliligi avvalo boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi (boshqarish tizimi komponentlari tarkibi, ularning ichki shakllari, o`zaro va tashqi muhit bilan aloqalari va o`zaro aloqasi usullari) ning mavjudligi bilan belgilanadi.

Shunday qilib, mehnatni tashkil qilishni boshqarishni bibliografiya ishining tashkiliy ta'minlanishiga va uni takomillashtirishga yordam berish sifatida qarash mumkin, boshqaruvni tashkil etish maqsadi esa birinchi navbatda uning tashkiliy tuzilishini (uni boshqarishni) yaratish va takomillashtirishdadir.

Mehnatni tashkil qilishda uning texnologiya, mehnatni ta'minlanish darajasi bilan bog`liqligi muammoni keltirib chiqaradi. Yangi axborot texnologiyasining joriy qilinishi mehnatni tashkil qilishga ta'sir etmay qo`ymaydi. Kutubxonachilik bibliografiya jarayonlarini avtomatlashtirish BF ning barcha sohalarida tashkiliy o`zgarishlarga olib keladi. Tashkiliy nuqtai-nazardan avtomatlashtirish bibliografiya jarayonlarida kutubxona turli bo`linmalarining ishtiroki darajasi va shaklini, boshqa kutubxonalar va markazlar bilan muvofiqlashtirish va kooperatsiyani aniqlashga boshqacha yondashishni talab qiladi.

Ishni tashkil qilishning yanada rivojlangan shakllarini ishlab chiqish va joriy etish tashkiliy tadbirlar bilangina emas, yana texnik va texnologik rivojlanishning zarur darajasi bilan ham ta'minlanadi. Bunda texnologiyaning ishni tashkil qilishga nisbatan faol roli, uning shakl va metodlarining bibliografik jarayonlarda texnika vositalarining qo`llanilishi darajasida namoyon bo`ladi.

Shunday qilib, yirik kutubxonalar bibliografiya xizmatining tuzilishini uch komponent: tashkiliy, texnologik, boshqaruv komponetlarini o`z ichiga oluvchi murakkab kompleks tushucha sifatida qaralishi mumkin. Unga tashkiliy tuzilish (bo`limlar, sektorlar, guruhlar), texnologik tuzilish (barcha texnologik sikllar), boshqaruv tuzilish (boshqaruv iyerarxiyasi, barcha darajadagi aniq rahbarlar) muvofiq bo`ladi. Bu uch tuzilish o`zaro shartli, o`zaro bog`langan va kutubxonaning yagona tashkiliy-funksional bibliografik xizmatini tashkil qiladi.

Bunday chegaralash bibliograik faoliyatni tashkiliy ta'minlashning kutubxonaga tadbiqan o`z ichiga olgan:

• uning barcha yo`nalishlarini ilmiy asoslangan rejalashtirish;

• kutubxonaning bibliografiya ishlarini olib boruvchi bo`limlari o`rtasida vazifalarni to`g`ri taqsimlash;

• bo`linma ichida kadrlarni to`g`ri joylashtirish;

• boshqa kutubxonalar va axborot xizmatlari bilan bibliografiya ishini muvofiqlashtirish va kooperatsiyalash;

• mehnatni ilmiy asosda tashktl qilishni, ya'ni taraqqiy etgan texnologiya va metodlarni, ishning ilg`or tajribalari, bibliografiya jarayonlarida ilmiy asoslangan me'yorlardan foydalanish;

• avtomatlashtirish vositalarini qo`llash;

• bibliografik faoliyat bilan shug`ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirishning

m u h i m l i g i n i t o` g` r i b a h o l a sh i m k o n i n i b ye r a d i .



Mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar:

1. Tashkil etish va boshqarishning farqini izohlang.

2. bibliografik faoliyatni tashkil etish xususiyatlarini tushuntiring.

3. bibliografik faoliyatni tashkil etish tamoyillari qaysilar?

4. turli tipdagi axborot-kutubxona muassasalarida bibliografik faoliyatni tashkil etishning o‘ziga xosligi nimada?

Tayanch iboralar: bibliografiya xizmati, tashkil etish, tashkil etish tamoyili, maqsadi, vazifasi, tashkiliy omillar.
T a v s i ya e t i l a d i g a n a d a b i yo t l a r :

1. Kogotkov D.Ya. Bibliograficheskaya deyatelnost biblioteki: organizatsiya, texnologiya, upravleniye: uchebnik.- Sankt-Peterburg, 2003.- S. 7-13.

2. Avrayeva Yu.B. Metodist biblioteki: formula uspexa: nauchno-metodicheskoye posobiye.- Moskva: Libereya-Bibinform, 2008.- 92 s., tabl.

3. Avrayeva Yu.B., Ochirova E.S. Biblioteki - metodicheskiye sentro‘: initsiatoro‘ professionalnogo razvitiya: nauchno-praktich. posobiye.- Moskva: Litera, 2009.- 96 s.

4. Jarkova L.S. Metodika organizatsii raboto‘ biblioteki v sfere sotsialno-kulturnoy deyatelnosti: nauchno-praktich. posobiye.- Moskva: Litera, 2009.- 111 s.

5. Morgenshtern I.G. Nauchnaya organizatsiya bibliograficheskogo truda: ucheb. posobiye.- Chelyabinsk, 1992.

6. Sviryukova V.G. Spravochno-bibliograficheskoye obslujivaniye v nauchnoy biblioteke: sovremenno‘ye podxodo‘ k organizatsii (na primere GPNTB SO RAN) // Bibliosfera.- 2010.- № 1.- S. 55-59.

7. Sovershenstvovaniye zakonodatelstva dlya bibliotek: voproso‘ i otveto‘... // NTB.- 2010.- № 3.- S. 83-97.

8. Strelkova I.B. Professiograficheskiy analiz deyatelnosti bibliotechnogo spetsialista kak osnova effektivnogo upravleniya // NTB.- 2010.- № 1.- S. 74-79.

9. Suslova I.M. Menedjment bibliotechno-informatsionnoy deyatelnosti: uchebnik dlya vuzov kulturo‘ i iskusstv / I.M.Suslova, V.K.Klyuyev; Moskovskiy gos. un-t kulturo‘ i iskusstv.- Sankt-Peterburg: Professiya, 2009.- 600 s.- (Biblioteka).



10. Umarov A.A. Aktualno‘ye voproso‘ reformirovaniya bibliotek Respubliki Uzbekistan // Vestnik BAYE.- 2009.- № 1.- S. 57-60.
Download 33,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish