82
dialogidagi «bir
narsaning xam Bulishi, xam Bulmasligi mumkin emas», degan fikri
uning nozidlik qonunini bilganligidan dalolat beradi.
Mantiq ilmining aloxida fan sifatida shakllanishi Aristotelning nomi bilan bogliqdir. U
birinchi Bulib, mantiq ilmi o’rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning
«Kategoriyalar», «Talqin xakida», «Birinchi Analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik
raddiyalar
xaqida»,
«Topika» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga
bagishlangandir. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari xam mantiqiy ta’limotining muxim
tarkibiy qismlari xisoblanadi. «Metafizika», «Rux xaqida» asarlarida esa mantiq
masalalari ma’lum darajada bayon qilingan.
Aristotel mantiqni «ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni aniqlovchi», «chin
fikrni xato fikrdan ajratuvchi» fan sifatida ta’riflaydi. Mantiqning vazifasi chin fikrni,
xaqiqatni aniqlashdir, deb ta’kidlaydi.
Mutafakkir xaqiqatning mavjudligini, obyektiv xarakterini e’tirof etgan xolda,
«bilimlarimizning vokelikka mos kelishi - xaqiqatdir», deb ko’rsatadi. U xaqiqatni
aniqlashda nozidlik va uchinchisi istisno qonunlariga amal qilish zarurligini ta’kidlaydi.
Aristotel
bu qonunlarni xam ontologik, xam gnoseologik nuqtai nazardan ta’riflaydi. Bir
vaqtda, bir xil munosabatda aynan bir predmetga nisbatan o’zaro bir-birini istisno fikrlarni
bildirish mumkin emasligini, chunki bu fikrlardan biri chin, boshqasi xato Bulishi yoki xar
ikkisi xato Bulishi mumkinligini asoslab beradi, o’zaro ikki zid fikrning biri chin, boshqasi
xato Bo’lganda, uchinchi fikrga o’rin yo’q, ekanligini ta’kidlaydi.
Aristotel asarlarida to’gri tafakkurning ayniyat va etarli asos qonunlari maxsus tarzda
ko’rib chiqilmagan. Lekin mo’tafakkir asarlarining taxlili ularda bu qonunlarga xos
talablarning bayon qilinganligini ko’rsatadi.
Aristotelning mantiqiy ta’limotida xulosa chiqarish etakchi o’rinni egallaydi. U
tafakkur shakllari Bo’lgan tushuncha va xukmni xulosa chiqarishning tarkibiy qismlari
sifatida taxlil qiladi. «Rux xaqida» asarida muloxazalarni ruxiy xodisa sifatida tekshirsa,
«Metafizika», «Talqin xaqida» asarlarida uni mantiqiy shakl sifatida analiz qiladi. Xukm
– diayrezis - aqliy analizning natijasidir. U xukmni apofansis deb ataydi. Xukm biror
narsaga nimaningdir taalluqli yoki taalluqli emasligi xaqida bayon qilingan fikr Bulib, u
chin yoki yolgon Bulishi mumkin. Xar qanday gap xam xukm Bulmaydi. Faqat qat’iy
fikrlargina xukm xisoblanadi. Mutafakkir xukmning strukturasi mantiqiy ega, mantiqiy
kesim va mantiqiy boglovchidan iborat Bo’ladi, deb ko’rsatadi: S-P (S-P emas). U
xukmni quyidagicha turlarga ajratadi:
Aristotel tushunchalarni xukmning tarkibiy qismlari
sifatida taxlil qiladi, umumiy va
yakka tushunchalarning munosabatiga aloxida e’tibor beradi.
Yakka tushunchalar birinchi moxiyat Bulib, mazmunan boydir.
XUKM
MAZMUNI
ТАSDIQ
INKOR
UMUMIY
ХАJMI
JUZZIY
NOANIQ
ODDIY
MODDALIGI
IMKONIY
ZARURIY
83
Umumiy tushunchalar ikkinchi moxiyatni ifodalaydi va ular mazmunan boy emas.
Umumiylik yakka buyumlarning asosini tashkil etadi.
Aristotel kategoriya (tushuncha)larni quyidagicha klassifikatsiya qiladi: 1. Moxiyat,
2. Miqdor, 3. Sifat, 4. Munosabat, 5. O’rin, 6. Vaqt, 7. Xolat, 8. Ègalik, 9. Xarakat,
10. Sez.
Aristotelning ta’kidlashicha, subyektlarning subyekti, ya’ni predikat Bulolmaydigan
subyektlar – birinchi substantsiyadir.
Predikatlarning predikati, ya’ni oxirgi predikat - kategoriyadir.
Aristotelda kategoriya xam ontologik, xam grammatik, xam mantiqiy aspektlarga ega.
U «tushuncha bu biror jins yoki turga mansub barcha predmetlarga xos umumiylik Bulib,
predmetning moxiyatini ifodalaydi», - deb aytgan.
Aristotel bevosita xulosa chiqarishni aloxida ko’rib chiqqan emas.
U sillogizm deganda mavjud xukmlardan yangi xukmlarni keltirib chiqarishni
tushunadi.
Aristotel deduktiv, ya’ni sillogistik xulosa chiqarishning nazariy asoslarini ishlab
chiqqan. Sillogizm aksiomasi,
umumiy va xususiy qoidalari, sillogizm figuralari,
moduslari, entimema, epixeyrema, polisillogizm, sorit kabi masalalarni birinchi
«Analitika» asarida batafsil bayon etgan. U I-figurani mukammal, deb bilgan.
Aristotel ta’limotida xulosa chiqarish isbotlash shakli deb xisoblanadi. U isbotlashning
ilmiy (apodeyktik), dialektik, ritorik, sofistik usullarini taxlil qilgan, eristika -
muvaffaqiyatli baxs yuritish qonun-qoidalarini
ishlab chiqqan, peyrastika-maqsadsiz
muxokama yuritishning zararli ekanligini ta’kidlagan.
Induktiv isbotni deduktsiyaga nisbatan kuchsiz, deb xisoblagan. Analogiyani
(paradeygma) juz’iylikdan juz’iylikka boruvchi xulosa chiqarish, deb ko’rsatgan.
Aristotel «Sofistik raddiyalar xaqida» nomli asarida sofistlarning baxs yuritishdan
maqsadi xaqiqatni aniqlash emas, balki raqibini maglubiyatga uchratishdir, deb
ko’rsatadi. U sofistik xatolarning turlarini aniqlab berdi. Bular:
a) fikrning shakli bilan bogliq Bo’lgan xatolar;
b) fikrning mazmuni bilan bogliq Bo’lgan xatolar.
Aristotelning mantiqiy ta’limoti mantiq ilmining keyingi rivojiga katta ta’sir etgan.
Aristoteldan so’ng mantiq ilmi asosan stoya maktabi vakillarining, Èpikur,
skeptiklar
ta’limotlarida rivojlantirilgan.
Stoya
maktabi vakillari birinchi Bulib, «logika» terminini tafakkur xaqidagi maxsus
fanni ifodalash uchun qo’llashgan. Ular mantiqni falsafaning tarkibiy qismi, mantiqning
maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va xaqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Stoiklar
mantigi ikki qismdan iborat Bo’lgan: dialektika va ritorika; dialektika o’z navbatida
grammatika va bilish nazariyasiga Bulingan. Stoiklar
xam Aristotel kabi nozidlik
qonunini to’gri tafakkurning asosiy printsipi, deb bilganlar. Xukm masalasida esa ular
qat’iy xukmlarni emas, ko’proq shartli xukmlarni taxlil qilganlar. Ular shartli xukmni
sabab va oqibat boglanishlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli deb bilganlar.
Xulosa chiqarishning quyidagi besh modusini ko’rsatganlar:
1)
q
p
q,
р
2)
p
q
q,
р
3)
q
p
,
q
р
84
4)
q
p
q,
р
5)
p
q
q,
р
Aytish mumkinki, stoiklar birinchi Bulib, muloxazalar mantigiga oid fikrlarni bayon
qilganlar.
Èpikur
(er. av. 341-270) falsafada birinchi o’ringa bilish
nazariyasi va mantiqni
qo’ygan, ikkinchi o’rinda – fizika, o’chinchi o’rinda – axloq Bo’lgan. U tugma goyalar
yo’q, bilimlarimizning manbai – sezgilardir, sezgilarimiz yolgon ma’lumot bermaydi,
faqat xulosa chiqarishdagina inson xatoga yo’l qo’yishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Èpikur
xulosa chiqarishda ko’proq analogiya va induktsiyaga axamiyat bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: