O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/168
Sana07.04.2022
Hajmi4,89 Mb.
#534980
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   168
Bog'liq
mantiq

TAFAKKUR ShAKLI
fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning boglanish 
usuli, uning stukturasi (tuzilishi) dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda 
ifoda kilingan belgilari xaqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini 
konkret misollar yordamida ko’rib chiqamiz. 
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to’plami) kishilar tafakkurida turli xil 
mazmunga ega Bo’lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida 
o’zining maydoniga, axolisiga, boshqaruv vositalariga ega Bo’lgan siyosiy tashkilot aks 
ettiriladi. «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta soxasiga oid 
Bo’lgan va ular xakida yaxlit tasavvur beradigan, ma’lum bir metod yordamida ko’rilgan 
tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun jixatdan turli xil Bo’lgan bu tushunchalar 
mantiqiy shakliga ko’ra bir xildir: xar ikkalasida predmet uning muxim belgilari orqali 
fikr kilingan. «o’z maydoniga egaligi», «axolisining mavjudligi», «boshkaruv 
vositalariga egaligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muxim xususyatlari 
xisoblanadi. Xuddi shuningdek, «predmetlarning birorta soxasiga aloqadorligi», 
«predmet xaqida yaxlit tasavvur xosil qilishga imkoniyat berishi», «ma’lum bir metod 
yordamida ko’rilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida Bulishi» ilmiy nazariyaning 


78 
muxim belgilari xisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda 
fikr qilinayotgan muxim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan 
belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda 
ifodalash mumkin. 
Xukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o’rtasidagi munosabatlar
predmetning mavjud Bulish yoki Bulmaslik faqti xaqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor 
shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-metall» degan xukmda predmet (temir) bilan uning 
xossasi (metall ekanligi) o’rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq xuquqdan ilgari 
paydo Bo’lgan» degan xukmda ikkita predmet (axloq va xuquq) o’rtasidagi munosabat 
qayd etilgan. Mazmun jixatdan turli xil Bo’lgan bu xukmlar tuzilishiga ko’ra bir xildir: 
ularda predmet xaqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi xaqidagi tushuncha (P) 
o’rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni R ning Sga xosligi tasdiqlangan. Umumiy 
xolda xukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S-R formo’lasi yordamida ifoda etish 
mumkin. 
Xulosa chiqarishda xam yuqoridagiga o’xshash xollarni kuzatish mumkin. Masalan, 
Daraxt - o’simlik 
Terak – daraxt 
Terak - o’simlik 
va 
Xar bir ximyaviy element o’z atom ogirligiga ega 
Mis - ximiyaviy element 
Mis o’z atom ogirligiga ega xulosa chiqarish ko’rinishlari mazmuni Buyicha turlicha 
Bulishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Xar ikkalasida xulosani tashkil 
etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos Bulib xizmat qilayotgan xukmlarda 
uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda-«daraxt», ikkinchi misolda – «ximiyaviy 
element» tushunchasi) orqali boglangan. 
Yukoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shaklining fikrning konkret mazmunidan 
nisbatan mustaqil xolda mavjud Bulishi va, demak, o’ziga xos qonuniyatlarga egaligi 
ma’lum Buldi. Shuning uchun xam mantikda uni aloxida o’rganish predmeti sifatida olib 
qarash mumkin. 
Tushuncha, xukm (muloxaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari, 
uning asosiy strukturaviy elementlari xisoblanadi. Muxokama yuritish ana shular va 
ularning o’zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy 
strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, goya, argumentlash va shu kabilar) 
da amalga oshadi. 
Muxokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga 
fikrning chin Bulishi va formal jixatdan to’gri ko’rilishi kiradi. Chin fikr deb, o’zi ifoda 
qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr xisoblanadi (Masalan, «Temir-metall»). 
Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall emas»). Fikrning 
chin yoki xato Bulishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir. 
Fikrning chin Bulishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti Bo’lsada, o’z xolicha 
etarli emas. Fikr muxokama yuritish jarayonida formal jixatdan to’gri ko’rilgan xam 
Bulishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taallukli Bulib, tafakkurda xosil Bo’ladigan 
turli xil mantiqiy strukturalarda, sodir Bo’ladigan xar xil mantiqiy amallarda o’z aksini 
topadi. 


79 
Fikrni to’gri ko’rishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish 
mumkin. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish