73
Jami:
28
1
seminar
Axloqshunoslikning predme-
ti, mavzusi va vazifalari
2
2
seminar
Axloqiy
tafakkur
taraqqiyotining
asosiy
bosqichlari
2
3
seminar
2-mashg’ulot
2
4
seminar
Axloqning tarkibiy tuzilishi
2
5
seminar
Iroda erkinligi va shaxsning
axloqiy ma’suliyati. Axloqiy
baho
2
6
seminar
Estetikaning
predmeti,
tadqiqot doirasi va vazifalari
2
7
seminar
Estetik anglash, munosabat va
faoliyat
2
8
seminar
Estetikaning asosiy
kategoriyalari
2
9
seminar
Mantiq fanining mavzusi va
axamiyati
2
10 seminar
Mantiqiy qonunlar va ularning
xususiyatlari
2
11 seminar
Tushuncha
2
12 seminar
Xukm
2
13 seminar
Xulosa chiqarish
2
14 seminar
Isbotlar va rad etish.
Gipoteza
va nazariya
2
Jami:
28
Yetakchi professor (dosent) ___________________(imzo)
75
1- Mavzu: Mantiq fanining mavzusi va axamiyati
Reja:
1. Tafakkur – mantiq fanining o’rganish obyekti sifatida
2. Mantiqiy shakl va mantiqiy qonun tushunchalari.
3. Mantiq fanining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari
4. Mantiq fanining axamiyati
1. «Mantiq» arabcha so’z bulib, ma’nosi buyicha «logika» so’ziga mo’vofiq keladi.
«Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so’zidan kelib chiqqan Bulib, «fikr», «so’z», «aql»,
«qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko’pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishida o’z
aksini topadi. Xususan, mantiq so’zi,
birinchidan, obyektiv olam qonuniyatlarini (masalan,
«obyektiv mantiq», «narsalar mantigi» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud
Bulish
shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o’rtasidagi aloqadorlikni
xarakterlaydigan qonun-qoidalar yigindisini (masalan «subyektiv mantiq» iborasida), va
nixoyat,
uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o’rgano’vchi fanni ifoda etishda
ishlatiladi.
Mantiq ilmining o’rganish obyektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so’z
Bulib, o’zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so’zlarining sinonimi sifatida qo’llaniladi.
Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning moxiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish
jarayonida tutgan o’rni, bilishning boshqa shakllari bilan Bo’lgan munosabatini aniqlab olish
zarur.
Bilish voqyelikning, shu jumladan, ong xodisalarining inson miyasida subyektiv, ideal
obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini
amaliyot tashkil etadi. Barcha xollarda bilish insonning xayotiy faoliyati bilan u yoki bu
darajada bogliq Bo’lgan, uning ma’lum bir extiyojini qondirishi mumkin Bo’lgan
narsalarni tushunib etishga Buysundirilgan Bo’ladi. Bilish
jarayonini amalga oshirar
ekan, kishilar o’z oldilariga ma’lum bir maqsadlarni qo’yadilar. Ular o’rganilishi lozim
Bo’lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo’nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi.
Bilish murakkab,
ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan
jarayondir. Uning dastlabki boskichini xissiy bilish - insonning sezgi organlari yordamida
bilish tashkil etadi. Bu boskichda predmet va xodisalarning
tashqi xususiyatlari va
munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon Bo’ladigan va shuning
uchun xam inson bevosita seza oladigan belgilari xaqida ma’lumot lar olinadi.
Xissiy bilish 3 ta shaklda: sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: