Tafakkur qonuni
muxokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari)
o’rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib
chikadigan, muxokamani to’gri ko’rish uchun zarur Bo’lgan talablar fikrning aniq, izchil,
etarli darajada asoslangan Bulishidan iborat.
Muxokamani to’gri ko’rish bilan bogliq talablar xakida gapirganda, birinchi navbatda,
ularning muayyan printsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to’gri tafakkur printsiplari sifatida
amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muxokamaning
noto’gri ko’rilishiga sabab Bo’ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi
(masalan, «Qonun – rioya qilish zarur Bo’lgan xuquqiy xujjat», «Buyruq qonun emas»,
demak, «Buyruq rioya qilish zarur Bo’lgan xuquqiy xujjat emas») yoki xato ko’rilgan
muxokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar – kimyoviy
elementlar», «Temir-moddiy jism», demak, «Temir-kimyoviy element») mumkin.
3. Tafakkur ko’p qirrali jarayon Bulib, uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni va
shakli (strukturasi) Buyicha, tayyor xolida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib
o’rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning
turlicha metodlardan foydalanishiga, xar xil yo’nalishlarga ajralishiga sabab Bo’ladi.
Keng ma’noda mantiqni tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi fan, deb atash
mumkin. Xozirgi paytda uning formal mantiq, dialektik mantiq va matematik mantiq kabi
yo’nalishlarini farq qilish mumkin.
Formal mantiq
tafakkurning strukturasini fikrning
konkret mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan xolda, nisbatan mustaqil ravishda olib
o’rganadi. Uning diqqat markazida muxokamani to’gri ko’rish bilan bogliq qoidalar va
mantiqiy amallar yotadi.
Formal mantiqga to’gri tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi falsafiy
fan,
deb ta’rif berish mumkin.
Dialektik mantiq, formal mantiqdan farqli ularoq, tafakkurni uning mazmuni va shakli
birligida xamda taraqqiyotida olib o’rganadi. Matematik mantiq esa tafakkurni matematiq
metodlar yordamida tadqiq etadi. U xozirgi zamon matematikasining muxim
yo’nalishlaridan biri Bulib, tafakkurni mantiqiy xisoblash deb ataladigan yuqori darajada
abstraktlashgan va formallashgan sistemada taxlil qiladi.
Biz o’rganadigan fan formal mantiq
1
Bulib, u xozirgi paytda o’zining maxsus
formallashgan tiliga, to’gri muxokama yuritish uchun zarur Bo’lgan samarali mantiqiy
metodlari va usullariga, kontseptual vositalariga ega. Tafakkurni o’rganuvchi boshqa
fanlar, xususan falsafa, psixologiya, fiziologiya bilan xamkorlik qiladi xamda ilmiy
bilimlar sistemasida o’zining munosib o’rniga ega. Ayniqsa, uning bilish metodi
sifatidagi axamiyati katta.
4. Tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish
fikrlash madaniyatini o’stiradi, xususan, fikrni to’gri ko’rish malakasini rivojlantiradi;
baxs yo’ritishda o’zining va boshqalarning fikriga tanqidiy munosabatda Bulishiga,
suxbatdoshining muloxazalaridagi xatolarni ochib tashlashga yordam beradi.
1
Формал манти³ баъзан умумий манти³ деб µам юритилади. Классик ва ноклассик манти³лар унинг тара³³иётининг асосий й´налишлари
µисобланади. Символик манти³ деган ибора µам мавжуд б´либ, у формал манти³нинг хозирги бос³ичини ифода этиш учун ишлатилади.
80
Muxokamani to’gri ko’rishga, formal ziddiyatlar, xatolarga yo’l qo’ymaslikka
erishish, aytish mumkinki, o’ziga xos san’at-mantiq san’ati xisoblanadi. Bu san’atning
nazariy asoslarini chuqur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy muxokama
yuritishda namoyish qila oladi. Shu o’rinda buyuk mutafakkir Forobiyning mantiq
ilmining axamiyati xaqida bildirgan quyidagi fikrlarining aloxida e’tiborga loyiq
ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: «Bizning maqsadimiz aqlni, xatoga yo’l
qo’yish mumkin Bo’lgan barcha xollarda, to’gri tafakkurga etaklaydigan, uning
yordamida xar safar xulosa chiqarayotganda adashishga qarshi extiyot choralarini
ko’rsatadigan san’atni-mantiq san’atni o’rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining
aqlga Bo’lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga Bo’lgan munosabatiga
o’xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to’girlash extiyoji sababli yaratilgani,
unga xizmat qilishi zarur Bo’lgani singari, mantiq xam tafakkur jarayonini yaxshi amalga
oshirish maqsadida xatoga yo’l qo’yish mumkin Bo’lgan barcha xollarda aqlni to’girlab
turadi».
2
Uning ta’lim soxasidagi vazifalari xam jiddiydir. O’kuv jarayonining samaradorligi
ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq Bulishiga,
muammolarning mantiqan to’gri qo’yilishi va xal qilinishiga, mavjud gipotezalar
strukturasini to’gri taxlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to’gri foydalanishga
bogliq.
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday
vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o’rganishda, unda ishlatiladigan
formalizmning moxiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar Bo’lsa, ularni
aniqlashda muxim axamiyatga ega.
1.
Xar bir fan kabi mantiq ilmi xam o’zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega.
Mantiqqa oid dastlabki an’analar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan Xindiston,
Xitoyda vujudga keldi. Ularning shakllanishiga notiqlik san’ati, matematika ilmining
rivojlanishi va shu kabilar katta ta’sir ko’rsatdi. Shuni aytish kerakki, Qadimgi do’nyoda
Aristotelgacha Bo’lgan davrda mantiq falsafa tarkibida mavjud Bo’lgan, mustaqil fan
sifatida shakllanmagan.
Qadimgi Xindistonda mantiq ilmining rivojlanishi uch davrni o’z ichiga oladi: 1) ilk
budda mantigi (er. av. VI-V asrlari); 2) nyaya, vaysheshika maktablarining mantiqiy
ta’limoti (er. III-V asrlari); 3) budda mantigining rivojlangan davri (er. VI-VIII asrlari).
Xind mantiqshunoslari baxs – munozarada nima isbotlanayapti va qanday
isbotlanayapti, degan masalani ajratib ko’rsatishgan. Ular isbotlashning elementlarini
(tezis, asos, misol, birxillik, xar xillik, bevosita xissiy qabullash, xulosa, avtoritet va shu
kabilarni) batafsil taxlil etganlar. Nyaya maktabining vakillari xulosa chiqarish
masalasini o’rganishga katta xissa qo’shdilar. Shuningdek, ular besh kismdan iborat
sillogizm nazariyasini yaratdilar:
1.
tezis (tepalikda olov bor);
2.
asos (tepalikdan tutun chiqayapti);
3.
misol (qayerda tutun Bo’lsa, shu erda olov bor);
4.
shu xolatga nisbatan qo’llash (bu tepalikda tutun bor);
5.
xulosa (demak, tepalikda olov bor).
2
Аль-Фараби. Естественно-научные трактаты. Алма-Ата, 1987, 435-бет.
81
Qadimgi Xind mantikshunoslari Dignaga, Dxarmakirti va ularning shogirdlari
tomonidan tushuncha, xukm, ayniqsa xulosa chiqarish bilan bogliq masalalar kengroq,
chuqurroq taxlil qilindi. Dignaga xulosa chiqarishda mantiqiy asosga xos Bo’lgan uch
xususiyatni ko’rsatib o’tadi: mantiqiy asos xulosa chiqarish obyekti bilan bogliq Bo’ladi,
bir turdagi obyektlar bilan bogliq Bo’ladi, xar turdagi obyektlar bilan bogliq Bulmaydi.
Bu xulosa chiqarishning asosiy shartlari Bulib, ularning buzilishi mantiqiy xatolarga olib
keladi. Dxarmakirti xulosa chiqarishning «o’zi uchun» va «boshqalar uchun» turlarini,
shuningdek, muxokamada uchraydigan mantiqiy xatolarni batafsil o’rgangan.
Qadimgi Xindistondagi shakllangan mantiq an’analari Qadimgi Gretsiyada mantiq ilmining
paydo Bulishiga ta’sir ko’rsatgan.
Qadimgi grek falsafasida mantiq masalalari, dastlab, Parmenidning «Tabiat to’grisida»
asarida, Èleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit ta’limotida u yoki bu darajada ko’rib
chikilgan. Aristotelgacha Bo’lgan mantiqiy ta’limotlar ichida Demokritning mantiqiy
ta’limoti, Sokratning induktiv metodi va Platonning dialektikasi diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |