O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Sezgi predmetning birorta tashki xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi  yaqqol obrazdir.  Idrok



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/168
Sana07.04.2022
Hajmi4,89 Mb.
#534980
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168
Bog'liq
mantiq

Sezgi
predmetning birorta tashki xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi 
yaqqol obrazdir. 
Idrok
predmetning yaxlit yaqqol obrazi Bulib, u mazkur predmet 
xakidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida xosil Bo’ladi. Aloxida olingan 
sezgilardan farqli ularoq, idrok berilgan predmetni boshqa predmetlardan (masalan 
olmani bexidan, nokdan va shu kabilardan) farq qilish imkonini beradi. 
Tasavvur
esa 
avval idrok etilgan predmetning obrazini ma’lum bir signallar (berilgan predmet bilan 
ma’lum bir umumiylikka ega Bo’lgan) ta’sirida miyada qayta xosil qilishdan, yoki shu va 
boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat xissiy bilish shaklidir. Masalan, 
tanishingizga o’xshagan kishini uchratganda tanishingizni eslaysiz, yoki ko’rmoqchi 
Bo’lgan imoratingizni mavjud imoratlar obrazlari yordamida yaqqol xis qilasiz. 


76 
Xissiy bilishning barcha shakllariga xos Bo’lgan Xususiyatlari katoriga ko’yidagilar 
kiradi: 
Birinchidan, xissiy bilish obyektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) 
subyektga (individga, to’grirogi, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo 
etadi. Tasavvur xam bundan istisno emas. Unda obrazi qayta xosil etilayotgan (yoki 
yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bogliq Bo’lgan boshqa predmet-signal ta’sir etadi. 
Ikkinchidan, 
xissiy 
bilish 
shakllari 
predmetning 
tashqi 
xususiyatlari 
va 
munosabatlarini aks ettiradi. 
Uchinchidan, xissiy obraz predmetning yaqqol obrazidan iborat. 
To’rtinchidan, xissiy bilish, konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun 
xam, xar bir aloxida xolda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bogliq tarzda o’ziga 
xos xususiyatga ega Bo’ladi. 
Beshinchidan, xissiy bilish bilishining dastlabki va zaruriy bosqichi xisoblanadi. U siz 
bilish mavjud Bula olmaydi. Chunki inson tashqi olam bilan o’zining sezgi organlari 
orqali boglangan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz 
bergan ma’lumotlarga tayanadi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, xissiy bilish tafakkur bilan uzviy bogliq. 
Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo’li bilan, 
ya’ni tajribada bunday bilimlarning obyektini qayd etish orqali asoslanadi. O’z navbatida, 
xissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida to’rgan 
vazifalarni bajarishga yo’naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. 
Masalan, guvoxlarning bergan ko’rsatmalari asosida jinoyatchining portreti yaratiladi, 
yaqqol xis qilinadi va qidiriladi.
Lekin, shunga qaramasdan xissiy bilish o’z imkoniyatlari, chegarasiga ega. U bizga 
aloxida olingan predmetlar (yoki predmetlar to’plami), ularning tashqi belgilari xaqida 
ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar o’rtasidagi aloqadorlik (masalan muz bilan 
xavoning xarorati o’rtasidagi boglanish) o’rganilmaydi, predmetlarning umumiy va 
individual, muxim va nomuxim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari fark qilinmaydi. 
Bundan tashqari, ba’zi xollarda xissiyotimiz bizni aldab qo’yadi. Masalan, uzoqdan 
sizga qarab yurib kelayotgan kishini tanishingizga o’xshatasiz, lekin yaqinroq kelganda 
uning boshqa kishi ekanligi ma’lum Bo’ladi. Boshqa bir misol. Èndi tanishgan kishingiz 
xaqidagi dastlabki taassurot (bu asosan uning tashqi tamonidan ko’rinishiga qarab xosil 
qilinadi), u bilan mulokatda Bo’lgandan keyin o’zgaradi. Mana shu o’rinda «Kiyimiga 
qarab kutib olishadi, aqliga qarab kuzatishadi» degan maqolning xissiy bilish bilan aql 
o’rtasidagi o’zaro munosabatni, farqni yaxshi ifoda qilishini ta’kidlash lozim. Yuqorida 
qayd etib o’tilgan xolatlar bilishda tafakkurga Bo’lgan extiyojni, uning moxiyatini, 
bilishda tutgan o’rnini chuqur anglashga yordam beradi. 
Predmet va xodisalarning moxiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. 
Tafakkur bilishning yukori-ratsional (lotincha ratio-aql) bilish bosqichi Bulib, unda 
predmet va xodisalarning umumiy, muxim xususiyatlari aniqlanadi, ular o’rtasidagi ichki, 
zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy boglanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi asosiy 
xususiyatlarga ega: 
1) Unda voqyelik abstraktlashgan va umumlashgan xolda in’ikos qilinadi. Xissiy 
bilishdan farqli ularoq, tafakkur bizga predmetning nomuxim, ikkinchi darajali (bu 
odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan abstraklashgan (fikran 


77 
chetlashgan, mavxumlashgan) xolda, e’tiborimizni uning umumiy, muxim, takrorlanib 
turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli 
kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, temperament, qiziqish va shu kabilardagi) 
e’tibordan chetda qoldirgan xolda, ular uchun umumiy, muxim belgilarni, masalan, 
maqsadga muvofiq xolda mexnat qilish, ongga ega Bulish, ijtimoiy munosabatlarga 
kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini xosil qilish mumkin. 
Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni, boglanish usullarini 
o’rnatishni taqoza etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o’xshash va muxim 
belgilariga ko’ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning moxiyatini tushunish, 
ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tugiladi. Masalan, yuqorida 
keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular 
o’rtasidagi muxim boglanishlar (masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi. 
2) Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga xar safar 
bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan xolda xosil qilinadi. Fikrlash 
bunda predmet va xodisalar o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning 
xulq-atvoriga qarab, uning qanday muxitda tarbiya olganligi xaqida fikr yo’ritish 
mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr xosil qilishda aniq 
namoyon Bo’ladi. 
3) Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real 
analogiga ega Bulmagan narsalar-yuqori darajada ideallashgan obyektlarni (masalan 
absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar) ni yaratish, turli xil formal sistemalarni 
ko’rish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va xodisalarning eng murakkab 
xususiyatlarini o’rganish, xodisalarni oldindan ko’rish, bashoratlar qilish imkoniyati 
vujudga keladi. 
4) Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal xodisadir. U faqat tilda-moddiy 
xodisada (tovush to’lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita 
qabul qila oladigan, xis etadigan shaklga kiradi va odamlarning o’zaro fikr almashish 
vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqye Bulish shaklidir. 
2. Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, xukm (muloxaza) va xulosa chiqarish shaklida 
mavjud. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish