85
arab tilida falsafiy atamalarni ishlab chiqishda faol qatnashgan va o’z davrida birinchi
Bulib fanlarni tasniflashga uringan.
Al-Kindiyning dunyoqarashida mantiq ilmiga oid masalalar aloxida o’rin egallaydi. U
qadimgi yunon mutafakkirlari asarlarini tarjima qilib, ularga sharxlar yozgan.
O’rta asrlarda yozilgan «al-Fixrist» nomli bibliografik asarda (muallifi ibn an-Nadim,
995 y. vafot etgan) al-Kindiyning «Aristotelning o’nta kategoriyalari xaqida»,
«Kategoriyalar» dagi Aristotelning maqsadi xaqida» nomli asarlari to’grisida ma’lumot
beriladi. An-Nadimning ta’kidlashicha, al-Kindiy «Ikkinchi Analitika» ga oid ikki traktat
yozgan: «Mantiqiy isbotlashga doir qisqacha risola» va «Isbotlash xaqida risola».
Shunigdek, al-Kindiy «Sofistlarning adashtirishlariga qarshi ogoxlantirish»
nomli
risolasida Aristotelning «Sofistika» siga Bo’lgan munosabatini bayon qiladi. Al-
Kindiyning «She’r san’ati xaqida» nomli asari Aristotelning «Poetika»siga kommentariya
sifatida yozilgan.
U Aristotelning «Ikkinchi analitika» sini Evklid geometriyasi bilan solishtirish
goyasini ilgari suradi. Mantiqiy isbotlashni tushunish va undan foydalanish uchun
geometriyani o’rganish zarur, deb xisoblaydi. Uningcha, faqat shundagina Aristotelning
yaratgan qoidalarini tushunish mumkin. Al-Kindiy birorta
buyumni isbotlashni uning
mavjudligiga, borligiga ishonmasdan turib boshlash mumkin emas, deydi. Uning fikricha,
isbotlashning maqsadi buyumni tashkil etuvchi shaklni o’rganishdan iboratdir.
Al-Kindiyning falsafiy va mantiqiy asarlari, uning ratsionalistik yo’nalishidagi fikrlari
Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Beruniy va boshqa
progressiv mutafakkirlar
dunyoqarashining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatdi. Uning asarlari O’rta asrlardayoq
Garbiy Evropada keng shuxrat qozondi.
IX-XI asrlarda mantiq masalalari bilan astoydil shugullangan O’rta Osiyo
mutafakkirilaridan Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdullox al-Xorazmiylarni ko’rsatish
mumkin. Bu mo’tafakkirlarning mantiqqa bagishlab yozgan asarlari asosan to’qqiz
nomdan iborat ekanligini va ularning nomlanishi, ketma-ketligi bir xil ekanligini
ko’rishimiz mumkin.
Bunga sabab shuki, Aristotelning «Organoni» ni tashkil etuvchi
oltita mantiqiy traktatlariga («Kategoriyalar», «Talqin xaqida», «Birinchi analitika»,
«Ikkinchi analitika», «Topika», «Sofistik raddiya») suriyaliklar uning «Ritorika»si bilan
«Poetika»sini qo’shdilar. Bundan avvalroq esa unga Porfiriyning «Isoguvchi» asari
qo’shilgan edi. Shunday qilib «Organon» to’qqiz traktatdan iborat Bo’lgan yaxlit ta’limot
sifatida arab faylasuflari tomonidan qabul qilingan. Shu asosga ko’ra Forobiy, Ibn Sino,
Al-Xorazmiylar mantiqga oid ta’limotlarini aynan shu tartibda ishlab chiqdilar.
Mantiq masalalarini keng va izchil tadqiq etgan mutafakkir
Do'stlaringiz bilan baham: