O`lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasaga aylanib qolgan muzeyning o`rni va axamiyati kattadir. U moddiy va ma`naviy madaniyat yodgorliklarining asl nusxalarini, arxeologiya, etnografiya, tomonimikaga oid materiallarni to`playdi, saqlaydi va ilmiy asosda o`rganib taxlil qiladi, natijalarini esa ekspozitsiya sifatida ommalashtiradi.
Yig`ilgan va muzeyda saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va uning ijodiy faoliyatida asos bo`lib xizmat qiladi. Mana shu manbalar asosida muzeylar ilmiy tadqiqot va ilmiy hamda madaniy-ma`rifiy ta`lim-tarbiya ishlarini olib boradi.
Oʻlkashunoslik muzeylari — ilmiy tekshirish va madaniymaʼrifiy muassasa. Maʼlum geografik yoki maʼmuriy hududning tarixiy yodgorliklari, tabiiy ilmiy va badiiy toʻplamlari, xalq sanʼati asarlarini yigʻadi, saqlaydi, ilmiy oʻrganadi, koʻrgazmalar uyushtiradi va targʻib qiladi. Muzeylarning keng tarqalgan turi boʻlgan Oʻlkashunoslik muzeylari kompleks yoʻnalishga ega: unda, asosan, tabiat, tarix, baʼzilarida shuningdek sanʼat, adabiyot va etnografiya, ayrimlarida qishloq xoʻjaligi, iqtisod, sport kabi boʻlimlar ham boʻladi. Oʻlkashunoslik muzeylari katalog , yoʻl koʻrsatkichlar va boshqalarni nashr qiladi.
Andijon viloyat o‘lkashunoslik muzeyi – Andijon shahridagi muzey. Viloyat qishloq xoʻjaligi yutuqlari ko‘rgazmasi asosida tashkil etilgan (1934). Muzeyda Farg‘ona vo-diysidagi xalq tarixi, madaniyati, vo-diyning tabiati, tabiiy boyliklari, xalq xo‘jaligi yutuqlari, viloyat mehnat va iqtisodiy aloqalarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, muhim tarixiy hujjat va ashyoviy dalillar, 300 ga yaqin tas-viriy san’at asarlari, 1000dan ziyod amaliy san’at buyumlari va boshqa bor. Mu-zeyda o‘lka tabiati, moddiy-ma’naviy madaniyati tarixini o‘zida aks ettir-gan 30 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi
Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa; Respublikadagi keksa muzeylardan. Fargona shahrida joylashgan. 1894 yilda Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) shahrida ochilgan Qishloq xoʻjaligi va sanoat koʻrgazmasi negizida 1895 yilda asos solingan. Dastlab "Fargona viloyati xalq muzeyi" (1899— 1911, fondida 2223 dona buyum va kitoblar boʻlgan), "Fargʻona shahar ilmiy muzeyi" (1920—38) nomlari bilan atalgan. 1938 yildan hozirgi nomida. Muzeyning tarix, tabiat, ilmiymaʼrifiy, sanʼat hamda xazina boʻlimlari bor. Muzey oʻlka tabiati va qadimdan 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixini oʻzida aks ettirgan doimiy ekspozitsiya (arxeologik topilmalar, amaliy sanʼat namunalari, sanʼat asarlari va boshqalar)ga ega. Muzey fondida arxeologiya (10000 dan ziyod), numizmatika (7895 ta), amaliy sanʼat (900 ta nodir kulollik, 1200 ta miskarlik, 562 ta zargarlik, 1670 ta kiyim va kashtadoʻzlik buyumlari va boshqalar), tasviriy sanʼat (1000 dan ziyod) va boshqa dan iborat osori atikalar mavjud
Surxondaryo viloyat o‘lkashunoslik muzeyi — madaniy ma'rifiy muassasa. Termiz shahrida 1934 yilda (1933 yilda uyushtirilgan xalq xo‘jaligi ko‘rgazmasi asosida) tashkil qilingan. Muzeyda Termiz va termiziy allomalar tarixi, qadimshunoslik va tangashunoslik, xalq og‘zaki ijodi, etnografiyasi, xalq, amaliy san'ati, o‘lka tabiati, sporti, tasviriy san'at bo‘limlari hamda 14 ming nusxadan ziyod asarga ega kutubxona bor. Muzey fondi 64 mingdan ortiq (2004). Eksponatlar Surxondaryo viloyatining eng qadim zamonlardan hozirgacha bo‘lgan tarixi va madaniyati haqida hikoya qiladi: turli davrlarga oid zargarlik buyumlari, turli davrlarda zarb qilingan tangalar, hunarmandlik buyum lari, ganch o‘ymakorligi, me'moriy yodgorliklar qoldiqlari, sopol buyumlar, haykalchalar, to‘qimachilik dastgohlari, uy anjomlari, ish qurollari mavjud. Muzey madaniy-ma'rifiy ishlarni amalga oshiradi, ko‘rgazmalar tashkil etadi, ilmiy ishlar nashr qiladi, boshqa ko‘pgina ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
O‘lkashunoslik muzeyi Samarkand viloyati
Samarqandning xushmanzara bir burchagida, XX asr boshlariga tegishli eklektika usulidagiga tegishli, me’mor Ye.O.Nelle loyihasi asosida qurilgan boy savdogar Abram Kalantarovga tegishli bo‘lgan qadimiy hovlida 1981 yil viloyat o‘lkashunoslik muzeyining ochilishi bo‘lgan. Muzey binosi me’morchilik yodgorligi hisoblanib, davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
Binoning barcha xonalari bir qator joylashgan bo‘lib, anfiladani hosil qiladi. Birinchi qavatda ekspozitsiya joylashib, o‘lkamizning rivojlanish tarixini qadimiy davrdan XX asr boshigacha bo‘lgan jarayonini tasvirlaydi.
Mezolit-neolit-eneolit — ibtidoiy jamoa tuzumining yakuniy bosqichi bo‘lib, ekspozitsiyada turli vazifalar uchun mo‘ljallangan tosh qurollar va ilk loy idishlar qoldiqlarini o‘zida mujassam qilgan. Bronza va tosh davri devoriy yozuvlarni suratga olinishi bilan illyustratsiyalangan. VIII asrdan er.avv. IV asrgacha bo‘lgan davr loydan yasalgan buyumlar — nafis shaklga ega jomlar va tangalar bilan namoyish etilgan. Ekspozitsiyani rassom V. Kaydalovning “Spitamenning qo‘zg‘aloni” asari yorqin to‘ldirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |