ALEKSANDR MAKEDONSKIY TARIXI
Urta Osiyoning antik davrlari tasvirlangan asarlar ichida Kvint Kurs Rufning
«Aleksandr Makedonskiy tarixi» asari alohida o’rin tutali. Unda Urta Osiyoning
eramizdan avvalgi IV—III asrlariga oid voqyealari tasvirlangan. Kurs Rufning bu
asarining Urta Osiyo haqidagi boshqa asarlardan farqli tomonn shundaki, unda ikki
daryo Oks (Amu) va Yaksart (Sir) oraligidagi tarixiy voqyealar keng ifodalangan.
Kurs Rufning ushbu asari Diodor, Yustin, hatto jahon adabiyotida muhim
o’ringa ega bo’lgan Plutarxning «Aleksandr» romanidan ham ustun ekanligini
ko’ramiz. U «Aleksandrning yurishi» asaridan ham bir qadar ustun darajadadir.
Asarda tasvirlangan voqyealarning bayoni fikrimizning isboti bo’la oladi
50
.
Asarning VII kitobida va VIII kitobning bir qismida Urta Osiyo voqyealari
tasvirlanadi.Asarda ifodalanishicha, Aleksandr So’g’diyona yerlariga ko’sh-ni
bo’lgan Girkoniyaga katta ko’shin bilan bostirib kiradi. «Atrof qumlik, sahro,
quyosh qizdiradi. Suv tanqis edi. Qumlik xuddi olov purkayotgandek»
51
.
Asardan keltirilgan bu parchada yozuvchi Amudaryoning narigi tomonidagi
turkman cho’llarini tasvirlayapti. Makedoniyaliklarning Urta Osiyoning olov
purkab turgan issig’iga moslashishlari juda qiyin bo’ladi. «Bu yerlarda kechasi
yurish ancha kulay. Ayniqsa, tong pallasidagi muzdakkina sahro sha-badasi,
quyosh chiqishi bilan harorat ko’tariladi. So’ngra butun a’zoi badannngiz yona
50
Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари, Тошкент, 1991.
51
Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая. Типографи Рис. Уязск. ., 1979 512
с.
52
boshlaydi. Jangchilar avval ruhan tushkunlikka tushadi, so’ngra issiqqa bardosh
berolmay, holdan toya boshlashadi».
Kurs Ruf xuddi U rta Osiyo cho’llarida o’zi bo’lgandek, bu yerlarning tabiat
manzaralarini o’z ko’zi bilan ko’rgandek tasvirlaydi. Yozuvchi o’z asarida sahro
manzarasiga ancha kekg o’rin bergan. Oy yoki kunpni aniq ko’rsatmasa ham,
makedoniliklarning bu yerlardan saraton oylarida o’tganligini aniq-lash qiyin
emas.
Yana bir o’rinda yozuvchi jangchilar issiqqa bardosh berolmay oxirgi
vikolarigacha, hatto moylarigacha ichib qo’yganligini aytadi. Ularga suyuqlik
bo’lsa bas edi, qarab o’tirmasdan icha-verardi. Ayrimlarining qorni shunday
shishib ketgan ediki, hatto qurol ko’tarishga ham darmoni yetmasdi, deb hikoya qi-
ladi yozuvchi. Haqiqatan ham Kurs Ruf asari Urta Osiyoga bagishlangan boshqa
ko’pgina grek va Rim adabiyotidagi asarlardan shu bilan farq qiladiki, unda tabiat
tasviriga aloxnda e’tibor berilgan.
Asarni o’qir ekansiz, sizga yaqindan tanish bo’lgan tabiat manzaralari,
geografik muhit tasvirlari birma-bir ko’z o’ngingizdan o’taveradi. Odam o’tsa
oyog’i, qush uchsa qanoti kuyadigan, bu borsa kelmas sahrolarda ham skif
qabilalarining yashayotgaidigini ko’rib, yozuvchi hayratga tushgandek bo’ladi.
Hatto asarni o’qigan kitobxon ham bunday voqyealarga qiziqib qaraydi. Zim-ziyo,
poyonsiz sahroi-kabirda odamlar yashamoqda. Skif xalqi qadimdan mana shunday
matonatli, mehnatkash va kuchli iroda egasi bo’lgan.
«Aleksandr jangchilari meshga suv to’ldirib kelayotgan bir cholni tutib
keltiradilar. Aleksandr u kishidan suvni qayerga? olib borayotganini so’raydi.
Shunda u sahroda chanqab yotgan o’g’illariga olib borayotganini aytadi. Aleksandr
meshni qaytarib berib, «Bu suvning hammasini men icholmayman, askarlarimga
bo’lib beray desam yetmaydi, undan ko’ra sen o’g’illaringga olib boraqol, deb suv
tuldirilgan meshni cholga qaytarib beradi»
52
.
52
3. Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. Т, 1994.
53
Yozuvchi bu shahar aholisining tarixiga alohida to’xtaladi. Eron shoxi
Kserks greklar bilan bo’lgan jangda, ularning bir qismini asir olib, So’g’diyona
cho’llariga- olib kelib tash-lagan edi. Bugun bu branxidlar Aleksandrii o’zlarining
yaksht qavmlaridek .qarshn oladilar. Yezuvchining o’z asarida tasvir-lanayotgan
voqyealardan ilgarigi davrga, uzoq va yaqin o’tmishga murojaat etishi tarixiy nasr
talabiga xosdir. Bunday retrospektiv epizodlar tarixiy nasrda ko’p uchraydi. Bu
o’rinda yozuvchi branxidlar tarixiga murojaat etib. katta bir voqyeani esga solishga
muvofiq bo’lgan. Bunday qishloq va shaharlar Urta Osiyo hududining bir nechta
joylarida bor.
To’rtinchi kuni Aleksandr Maroqand shahriga yetib keladi. «Maroqandning
devorlari baland va mustahkam edi. Uning ichiga joylashgan qal’a ikknnchi devor
bilan o’ralgan. Aleksandr u yerda katta qo’shinni qoldirib, o’zi yaqin oradagi qish-
loqlarni yoqib, talay boshlaydi».
Mana shu epizoddan ham ko’rinib turibdiki, Aleksandr Urta Osiyoda o’ta
shafqatsizlik va talon-tarojlikni avjiga chi-qargan. Butun bir qishloqlarni kultepaga
aylantirgan. Shaharlarni o’zining toshotar mashinasi bilan buzib, vayron qilgan.
Plutarx
Plutarx eramizning 46-yilida Gresiyadagi Beotin o’lkasining shimoli-g’arbiy
qismida joylashgan uncha katta bo’lmagan Xeron shahrida tug’ilgan. Uning otasi
Avtobul o’z zamonasining o’qimishli kishilaridan biri edi. Shuning uchun ham u
Plutarxning chuqur ilm olishiga alohida e’tibor bilan qaraydi.
Uning bobosi Lampriy ham ilm-ma’rifatga rag’batli kishi edi. Lampriy
xonadoniga xeronlik adabiyot ahllari, donishmandlar tez-tez tashrif buyurib,
suhbatlar qilib turardi. Bobosining bobosi Nikarx ham Xeronda yashab, eramizdan
avvalgi 31-yilda Antoniy bilan Oktavian qo’shinlari o’rtasida bo’lib o’tgan Aksium
54
jangining ishtirokchisi bo’lgan edi. Plutarxning ikkala akasi Lampriy bilan Timon
ham o’qimishli bo’lib ulg’ayadi
53
.
Plutarx Timoksena ismli go’zal ayolga uylanadi. Undan to’rt o’g’il, bir qiz
ko’radi. Ikki o’g’li—kattasi va eng kichigi hamda qizi yoshligida o’lib ketadi.
Qizining o’limi munosabati bilan xotini Timoksenga yo’llagan g’oyat hayajonli
maktubi hozir ham Plutarxning tanlangan asarlaridan o’rin olgan.
Geografik sharoiti qulay bo’lgan bu shaharda qadimda bosqinchilik urushlari
ko’p bo’lgan. Dastlab, o’zaro yaqin-atrofdagi o’lkalarda turli urush xatarlari bo’lib,
kichkina Xeronni talab ketardi. Jangu jadallarnn boshidan ko’p kechirgan
xeronliklar o’z shahrnni jon-jahdlari bilan himoya qilishardi. Bunday knrg’in
urushlar nchkda eng daxshatlisi eramizdan avvalgi 338 yilda bo’lib o’tgandi. Shoh
Filipp II davrida Makedoniya pstplochilari Xeronga bostirib keladilar. Xeron-liklar
katta otryad tuzib, Filipp qo’shinnga qarshi bir necha kun qattiq turib jang
qiladilar. Nihoyatda katta kuchga ega bulgan Filipp qo’shnnlarini qaytara olmagan
bo’lsa ham, xeronliklarnnng vatanparvarligi keyinchalik uzoq yillar da-vomida
tillarda doston bo’lib yurdi.
Xeron tarixiy voqyealarga boy shahar bo’lgani uchun xam uning odamlari
ko’prok o’tmish haqida qiziq-qiziq hikoyalar so’zlashga odatlanib qelgan edilar.
Mana shunday tarixiy voqyealarni bolaligida Plutarx ko’p tinglardn. Balki
o’tmish sarguzashtlarining ta’siridadir, Plutarx ulg’ayganda o’z-shahrining va
umuman grek xalqining tarixiga hayrat bilan qaray boshladi. Xeronni juda sevardi.
U qasrda bo’lmasin, bu shahar bilan qalban bog’lanib turardi.
Plutarx sayohat qilishni yaxshi ko’rar, o’zga xalqlar-o’tmishiga ham qiziqish
bilan e’tibor berardi. Keyinchalik u Afinadagi adabiy hayot bilan yaqindan aloqa
bog’laydi. Madaniyat markazi bo’lgan bu shaharda grek donishmandlari asarlarini
berilib o’qiydi. Qadimiy tarixga ega bo’lgan, ilm-ma’rifat maskani Afina shahri
Plutarx dunyoqarashiga katta ta’sir o’tkazadi. Zamonasining ilg’or fikrli faylasfi
53
Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008,
155 б.
55
Ammon Sakkas bilan yaqnn aloqada bo’ladi. U bilan bprga ko’p o’tmay Kichik
Osiyo, Gresiya, Italiya sayohatiga jo’naydi. Bu sayohat davomida Plutarx ko’pgina
sirli voqyealarning, g’aroynb sarguzashtlarning guvohi bo’ladi.
Afinada u falsafa ilmini chuqur o’rgatuvchi Ammoniya maktabiga qatnaydi.
Bu maktabga u o’zining dastlabki ijod mashqlari bilan ishtirok etadi. Eramizning
60-yilida u zamonasining ma’rifatli kishisv, tarixchi Neyron bilan Gresiya
bo’ylab» sayohatga chiqadi.
So’ngra Makedoniya safari chog’ida Aleksandriya shahriga boradi. Plutarx
bu shaharda bo’lganida Aleksandr Makedonskiy haqida ko’plab rizoyat va
hikoyatlar eshitadi. Aleksandr tarixi bilan yaqindan qiziqadi. U haqda asar yozish
niyatida fakt va materiallar to’play boshlaydi. Eramizning 90 yillarigacha Plutarx
Italiya yerlarida, xususan Rimda buladn. Rimdagi adabiy hayot uni yangi ijod sari
undaydi, u lotin tilini o’rganpshga kirishadi. Biroq davlag ishlari bilan band
bo’lganlngi tufayli u uzoq, yillar bu tilni o’rgana olmaydi. Faqat keksaygandagina
lotin tilida yozilgan asarlarni o’kishga muyassar bo’ladi.
Plutarx juda chuqur ilm sohibi edi. Uni qomuschi adib desak ham bo’ladi.
Shu bilan birga, u sermahsul yozuvchi, katta talant egasi edi. Keksalik chog’ida
Plutarx yana ona shahri Xeronga qaytib boradi. Mazmunli umr kechirib,
eramizning 127 yilida vafot etadi.
Plutarxning adabiy hayot yo’li dramatik voqyealarga ni-hoyatda boy. Uning
ko’pgika asarlari bizgacha yetib kelmagan. Plutarxning o’limidan so’ig uning
asarlarini o’g’li Lampriyem to’playdi. Uning aytishicha, otasining asarlari 210
tadan ziyod bo’lgan.
Plutarx asarlarini ikki guruhga bo’lib o’rganishimiz mumkin: tarixiy asarlar
va falsafiy-adabiy asarlar. Plutarx asarlari janr jixatidan xam xilma-xildir. Mu-himi
shundaki, uning asarlari falsafiy fikrlarga boyligi bilan antik adabiyetda yaratilgan
ko’pgina asarlardan ajra-lib turadi. Uning «Qo’shalok hayotnomalar» asari greklar
va rimliklar tarixiga asoslangan bo’lib, Plutarx nomini tanitadi. Bu asar
zamondoshlari va o’tmishdoshlari tarjimai holini tasvirlashga qaratilgan bo’lnb,
56
to’plamda u o’zining .hakiqiy badiiy mahoratini qahramonlariga xarakteristika
berish va obrazlar yaratish jarayonida namoyish etadi.
Plutarxning bu asariga prototip bo’lgan qahramonlar ichida sarkardalar,
imperatorlar, dazlat ishlari bilan band bo’lgan boshka kishilar, shuningdek, oddiy
xalq vakillari, pok qalbli nnsonlar bor. Uzi Rim imperatosligiga yaqnn kishi
bo’lgani, imperatorlikda mansabdor shaxs sifatida ishlagan-ligi tufayli,
saltanatning ichki sirlari bilan yaqindan ta-nish bo’lgan Plutarx imperatorlar va
sarkardalar obrazini yaratishga alohida e’tibor beradi. U o’z qahramonlarining
taqdirini o’sha davr taqdiri bilan bog’laydi. Qahramonlarining xarakteridan
davrning muhim xususiyatlarini axtarishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |