Сагдуллаев А.А. Ўзбекистон тарихи. – Т.: Университет, 1999, 53 б.
49
Kvint Kursiya Ruf eramizning oltinchi yilida Rim imperatorligiga qarashli
Tira shahrida tug’ildi. Uncha katta bo’lmagan bu shaharning tabiati nihoyatda
go’zal edi. Kuri Ruflar. xonadoni uncha badavlat bo’lmasa ham o’ziga yarasha to’q
edi. Bo’lg’usi yozuvchining yoshligidan bilimga chanhaqligini sezganz xonadon
egalari uni lotin maktabiga o’qishga berishadi. Savodi chiqqandan so’ng u lotin
tilida yozilgan asarlarni ixlos bilan o’qiy boshlaydi. Biroq bu vaqtda lotin tilida
yozilgan badiiy asarlar barchaga birdek yetishmasdi. Ko’pgina yuno» adabiyoti
namunalarini lotin tilida o’qib qoniqmagandav keyin u grek tilini o’rganishga zo’r
berib intiladi. 22—23. yoshida Afina safariga jo’naydi. Afinaning qadimiy
adabiyot,. madaniyagg yodgorliklariga qiziqish bilan qaraydi. Afina safari sayohat
shinavandasining dunyoqarashiga juda katta ta’sir ko’rsatadi
48
.
Kurs Ruf Afinadan to’g’ri Gresiyaga qo’shni bo’lgan Sharq. mamlakatlariga
yo’l oladi. U qayerda bo’lmasin, xalq og’zaki ijodi durdonalarini yig’ib-yuradi. U
Aleksandr Makedonskiy haqida qiziq-qiziq hikoyag va rivsyatlar eshitadi. Shundan
so’ng u Aleksandr Makedonskiyning tarixiga juda kiziqib qoladi. Afinaga qaytib
kelib„ Aleksandr Makedonskiyning hayotiga oid manbalarni to’play boshlaydi.
Ayniqsa, Aleksandriya shahri Kursiya Rufda katta taassurot qoldiradi.
Aleksandrning Osiyo mamlakatlari; bo’ylab yurishi yozib borilgan maxsus «Shoh
jurnali» «Efemerida» bilan tanishadi. Aleksandr bilan harbpy yurishga otlangan,
shohning eng yaqin kishilari bo’lgan Ptolemey va Aristobulning «kundalik»larini
sinchiklab o’qiydi
49
.
Bundan tashqari, Kurs Ruf Aleksandr haqida yozilgan tarixiy asarlar bilan
ham diqqat bilan tanishib chiqadi. Ayniq-sa, Klntarx va Magasfen romanlarini
qayta-qayta mutolaa qi-ladi. Chunki bu adiblar Aleksandrning zamondoshlari edi
Klntarx va Magasfen bayon qilgan Sharq mamlakatlariga oid voqyealarning
tafsilotlari bilan yaqindan tanishadi. Kurs Ruf eramizning 30-yillari oxirlarida
48
Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври…196 б.
49
Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008,
95 б.
50
Rimga qaytib keladi. Rimdagi adabiy guruhlar bilan aloqa boglaydi. Notiqlik
san’atiga oid asarlar yoza boshlaydi.
Uning bu asarlari o’sha davrdagi .adabiy jamoatchilikning e’tiborini o’ziga
tortgan edi. Birok. Kurs Rufning o’z oldiga qo’ygan maqsadi butunlay boshqa
narsa edi. U «Aleksandr Makedonskiyning tarixi» nomli romanini nihoyasiga
yetkazish uchun tinimsiz ljod bilan mashhur bo’ladi.
Bunint uchun u uzoq, yillar zarur manbalar yig’ishga kiri-shadi. Urta
Osiyoning tarixiga oid ma’lumotlarni o’rganish Qurs Ruf uchun birmuncha
qiyinchiliklar tug’diradi. Uzoq, va begona o’lkalarning tarixini yozish yozuvchini
ancha yillar o’ylantirib yuradi. Urta Osiyo va Hindiston tafsilotlari yozuvchini
tashvishga soladi. Muhimi shundaki, Kurs Ruf kelajak lvlod oldida javobgar bo’lib
q.olishidan cho’chiydi. Shuning uchun ham tarixiy dalillarga juda hushyorlik bilan
munosabatda bo’ladi. Tarixiy voqyealar bayonining anik, bo’lishiga intiladi.
Hatto Aleksandr bilan yonma-yon yurib, janglarda bevosita (Qatnashgan,
voqyealarning jonli guvohi bo’lgan Ptolomeyning «Kundalik» lariga x.am bir
qadar shubha bilan qaraydi. U bu haqda to’xtalib, «Ptolomey o’z «kundaligi» da
Aleksandrii haddan ziyod maqtab yuborgan» degan, fikrni aytadi. Kurs Rufning
tarixiy manbalarga bunday sinchkovlik bilan qara-ganligining sababi, yozuvchi
tarixiy asar yozishning o’ta mas’-uliyatli bir ish ekanligini chuqur x.is etganligidan
dalolat beradi.
Tarixiy asar yozishning naqadar murakkab ekanligini Kurs Ruf tushunib
yetgan, albatta. Ayniqsa, Aleksandr Makedonskiy haqida asar yozish yozuvchidan
.tinimsiz izlanish va ogir mehnatni talab etadi. Yozuvchi faqatgina tarixiy
dalillarga, tarixiy asarlarga yoki «Kundalik»larga tayanibgina qolmasdan, Urta
Osiyo va Hindiston safarida bo’lgan ko’pgina sayyoxlar bilan ham suhbatlashadi.
Aleksandr Makedonskiyning Osiyo mamlakatlariga qilgan harbiy yurishidan avval
ham, keyin ham Urta Osiyoga juda ko’plab Gresiya va Rim sayyohlari kelardi.
Kurs Ruf oldliga qo’ygan ezgu-mzqsadga, niyatiga erishadi. U Aleksandr
Makedonskiyning tarixiga bagishlangan o’nta kitob yozadi. O’nta kitobni o’z
51
ichiga olgan bu asarning keyingn taqdiri g’oyat achinarlidir. Asarning birinchi va
ikkknchi kitoblari yo’qolib ketgan. Beshinchi kitobning oxiri va oltini kitoblarning
boshlanishi saqlanmagan. Shuningdek, asarning o’sha kitobdagi ayrim sahifalari
xam yirtilib ketgan. Asarning Urta Osiyoga bag’ishlangan kitobidagi saxifalardan
ayrim satrlar o’chganligini hisobga olmaganda, asar bizgachg to’liq yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: