O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 182,3 Kb.
bet12/19
Sana29.12.2021
Hajmi182,3 Kb.
#86611
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

JUG’ROFIYA 

 

Strabonning o’n yetti kitobdan iborat yirik asari juda ko’plab mamlakatlar va 



xalqlar tarixiga bag’ishlangandir. Strabonning o’zi yer yuzining yuzlab o’lkalarida, 

minglab katta-katta shaharlarda bo’ladi. Uzi bo’lgan elatlarning tarixini ko’rgan va 

bilgan voqyealari asosida yoritsa, uzoq yurtlarga oid faktlarni aniq manbalar, 

tarixiy kitoblardan qidiradi. 

Nomlanishi «Geografiya» deb atalsa ham, asar boshdan oxirigacha dunyo 

xalqlari, elatlarining faqat joylanish chizgilaridan iboratdir, deb tushunmaslik 

kerak. Asarni o’qir ekanmiz, ilmiy va badiiy qimmatta ega bo’lgan yorqin ifoda va 

ma’lumotlarga duch kelamiz. Bu asar jo’g’rofnya fanining rivojida katta rol 

o’ynaydi. Shuningdek, u antik adabiyot tarixini yorituvchi ilmiy tadqiqot hamdir. 

Chunki, adib antik dunyoda ijod qilgan shoirlar, fojianavislar ijodiga to’xtalar 

ekan, o’z asaridan ko’pgina sahifalarni adabiyot mavzuiga bag’ishlagan va 

adabiyotning o’ziga xos xususiyati haqida qim-matln fikrlarni bayon qila olgan. 

Muhim tomoni shundaki, Strabon o’tmishdoshlari bo’lgan shoirlarnp 

shunchaki tilga olib o’tmasdan, ularning ijodiga keng to’xtaladi, asarlaridan katta-

katta parchalar keltirib, ularga o’z munosabatini bildiradi. Alohida adiblar 

ijodigagina emas, adabiyotning umumiy yo’nalishlariga, rivojlanish yo’llariga ham 

keng to’xtaladi. Shoirlar ijodini baholashda Strabon o’zining kuchli ilmiy fikrlariga 

tayanadi. Ayniqsa, Homer, Sofokl, Yevripid, Kallimax ijodi yuzasidan bildirgan 

gxulosalari ko’p jihatdan qimmatlidir. Shu tufayli «Geografiya» asarini faqat 

jo’g’rofiya tarixi uchungina ahamiyatli, deb qarash biryoqlamalikdir. 

Strabon ensiklopedist olim sifatida tarix, adabiyot jo’g’rofiya, etnografiya 

fanlarining uzviy bog’liqligi nuqtai nazaridan masalaga keng va mufassal 

to’xtaladi. «Geografiya» hajm jihatdan yirik asar bo’lib qolmasdan, mazmunan 


 

33



ham juda boydir. Bu asar Strabon nomini jahonga tanitdi. Asarning yana muhim 

xususiyatlaridan biri shundaki, unda estetik zavq bag’ishlovchi lavhalar juda ko’p. 

Strabon o’z asarida go’zal badiiy ifodalarga juda keng o’rin beradi. .Mamlakatlar, 

o’lkalar tabiati go’zal badiiy bo’yoqlar bilan sug’oriladi. 

Kitobda O’rta Osiyoda yashovchi sak, so’g’d, skif, massaget  qabilalari 

o’tmishn alohida qayd qilib o’tiladi. XII—XIII— XIV kitoblarda Kichik Osiyo 

tarixi yoritiladi. XV kitobdan ham Eron va Hindiston davlatlari haqida qimmatli 

ma’lumotlar olamiz. XVI kitob Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Assiriya, Vaviloniya, 

Messopotamiya, Suriya, Finikiya, Arab mamla-katlaridan hikoya kiladi. XVII 

kitob esa Misr, Efiopiya, Liviya o’lkalariga bagishlangan. 

Strabon Kaspiy dengizining sharq qismida yashovchi massagetlar hayotiga 

to’xtalar ekan, bu qabilalar haqida ilgari o’tgan muarrixlar qariyb hyech narsa 

yozmaganliginp ta’kidlaydi. Yezilganlari ham juda oz yoki yetarlicha anik 

ma’lumotlar bermaydi, deydi. 

Muallif Qora dengiznnng shimoliy qismida yashovchi skif, sarmat qabilalari 

haqida to’xtalar ekan, bu joylar «varvarlarning yerlari» deydi. 

Albatta, Qora dengiznnng shimol qismida yashovchi skiflar, Kaspiy dengizining 

sharqiy kismida joylashgan massagetlar haqida grek va Rim adiblari ilgari ham 

yozishgan. Bu haqda Gerodotning ijodidan ancha kengroq ma’lumotlar olamiz. 

Rimliklar Vengriya, Ruminiya yerlarini bosib olib, to Dunay daryosi 

bo’ylarigacha kelgan edi. Birok ular Urta Osiyoga yurpsh qilishni nazarda 

tutmagan edilar. Rimliklarning bos-tirib kelayotganini eshitgan Kaspiy dengizining 

shimolidagi va Dunay daryosi bo’ylaridagi skiflar sharqqa tomon ko’chib* 

o’tadilar. Birok ular Gongadan Afg’oniston yerlarigacha, Xi-toydan Osiyogacha 

cho’zilgan o’lkalarni yaxshi bilishardi

35


Kaspiy dengizining sharqiy qismida joylashgan keng tekisliklar Girkoniya 

viloyati bo’lib, bir tomoni Mediya va Arman toglari bilan o’ralgan. Bu tog’larning 

yon bag’irlarida albanlar bilan armanlar yashaydi. Katta qismida gellar, qud-

                                                 

35


 Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент, 2000.40б 


 

34



dusliklar, amardlar, vitiya va anariaklar yashashadi. Anariak-lar yashaydigan joylar 

Parrasiv o’lkasining bir qismi bo’lib, ularni hozirgilar forslar deb ataydilar. Eppion 

toglari bilan o’ralgan Vitiya viloyati Epionda joylashgan. Bu yerlarda ellian 

qurollarini, misdan yasalgan buyumlarni uchragish mumkin. Bu yerda Apariak 

degan shahar bop. Aytishlaricha, unda go’yo xudoning irodasini biladigan, xar 

kanday savollarga tangrn nomidan javob beradigai ibodatxona qohinlari, orakullari 

kayfu safo surib yashasharmish. Yana boshka elatlar esa qaroqchilpk va jangu 

jadallar bilan mashg’ul bo’larmish. Dengiznnng tog’lik qirg’oqlarini quddusliklar 

egallashgan bo’lib, ularning yeri 5000 stadiyni tashkil etardi, deydi. Strabondan 

ilgari bu yerlarga Patrokl degan kishi ham uzoq Rim o’lkalaridan kelgan. Anik 

ma’lumotlar berishiga ko’ra, u Kaspiy dengizining Sharqny qirg’oqlarini kezgan. 

Xozirgi Turkmaniston kenglik-larpda xam bo’lgan, bu yerdagi qabilalar bilan 

uchrashgan. Chunki «Bu yerdagi qabilalar kashshoq yashardi», deydi muallif. Shu 

fikrning o’ziyoq bu yerdagi elatlarning hayoti bilan u yaxshi tampsh bo’lganligidan 

dalolat beradi. Strabonning bu o’lkalarga kelganligi noma’lum, ammo uning Qora 

dengiz bo’ylariga kelganligini, Kavkaz o’lkasida bo’lganligini tarixiy ma’lumotlar 

tasdiqlaydi. 

Girkoniya unumdor, serhosil yerlar bo’lib, juda keng o’lka edi. Bu joylarda 

Talabroka, Samariana, Karta kabi bir |Qancha "mashhur shaharlar bor. Bu ulkaning 

bir cheti dengizga •borib to’xtaladi. Bu dengiz Kaspiydan 1400 stadiy balandlikka 

joylashgan edi. 

Bizningcha, bu Orol dengizidir. Mana shu lavhalardan xam ko’rinib 

turibdiki, Strabon Girkoniya o’lkasining joylashishinigina emas, bu vodiydagi 

shaharlar, serxosil, unumdor yerlar, qabilalarining iqtisodiy ahvoli haqida ham 

ma’lumot bermoqda. 

Girkoniya ba’zi bir davrlarda Marg’iyona, hatto So’g’diyona davlatlari bilan 

ham qo’shilib ketgan. Mahalliy xalqning boyligi asosan quyidagilardan iborat edi: 

uzumchilik, vinochilik, bog’dorchilik, boshoqli o’simliklardan non olishadi, 

o’rmonlarida asalarilar bilan shugulla-.nishadi. Dengiz, orollarida yashash juda 


 

35



qulay. Aytishlaricha, bu yerlardagi odamlar oltin ham saqlarmish. Girkoniyaning 

hukmdorlari dastlab o’zga yurtlardan bo’lgan varvarlar — medeyanlar, forslar, 

keyinchalik parfiyanlar bo’-lib, ular o’zga yurtlardan kelgan qo’pol va johil 

varvarlar edi. Qo’shni o’lkalarda qaroqchilik, ko’chmanchilik hukm surib, keng 

cho’llar yastanib yotadi

36


37. 

Girkoniya o’lkasnning antik davrlari haqida berilgan ushbu ma’lumotlar, 

faqatgina ma’lumotlar tizimidan iborat bo’-lib k.olmasdan, shu davrga oid ayrim 

muhim masalalarni yechishga ko’maklashadi. Aristobulning so’zlariga ko’ra, 

Girkoniyada boy o’rmonlar bo’lib, unda zman daraxtlari bor edi. Oqqarag’ay, 

qoraqarag’ay va umuman qarag’aylar bu yerda o’smasdi. Bu epizodda Girkoniya 

o’rmonlariga ta’rif berilmoqda. Biroq bu ta’rif Strabon yashagan zamonaga 

dahldor bo’lmasdan, eramizdan ilgarigi 330 yillarga taalluqlidir. Chunki, Aristobul 

Aleksandr Makedonskiyning ishonchli kishisi   va «bilimdon hukmdor bo’lib, 

eramizdan oldingi 330—327 yilla-rida Girkoniya viloyatiga kelgan va bu yerlardan 

olgan taassurotlarini o’z kundaliklarida qayd qilgan edi. Aristobul Girkoniya 

viloyatidan Oks daryosiga kelib, bu daryoga ko’prik quradi. Chunki hunarmandlik 

kasbini puxta egallagan Aristobul hozirgi til bilan aytganda injener edi. U 

Aleksandrning tosh otadigan mashinalarini sozlar, ko’priklar qurardi. 

Strabon Aleksandriya shahrida uzoq muddat istiqomat qilib, tahsil olib 

yurgan kezlarida Aleksandriyaning olamga mashhur kutubxonasidan Aristobul va 

Ptolomey kundaliklarini topib o’qiydi. Girkoniyadan dengiz tomon Ox va Oks 

daryolari oqib o’tadi. Ox daryosi Nesay orqali o’tadi. Ko’plar aytadiki, go’yo Ox 

daryosi Oks tomon oqarmish. Aristobulning aytishicha, Oks Hind daryosini 

xisobga olmaganda, Osiyoda eng yirik daryodir

38



Mana shu faktdan ham ko’rinib turibdiki, qadimgi davrlarda Aristobul, 



Ptolomey, Kallisfan, Evman, Diodordan tash-kari xam Appolodor degan yozuvchi 

                                                 

36

   Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая. Типографи Рис. Уязск. ., 1979 



516 с. 

 

 



38

 Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая…586 с. 

 


 

36



Urta Osiyo haqida asar yozgan. Appolodor o’z asarini «Parfem tarixi» deb atagan. 

Strabon bu tarixchining asarini o’qigan. Chunki, Strabonning hayot yo’lini 

ta’eiflaganda ta’kidlab o’tgan edikki, u Urta Osiyoga oid faktlarni sinchkovlik 

bilan o’rgangan. Hatto ayrim mubo-lagali yoki ishonchsiz manbalarga ham 

tayangan. Lekin o’z asa-riga ozgina shubha tugdirgan faktlarni slib knrmagan. Bu 

jihatdan u Urta Osiyoga kelib ketgan Aristobul ijodiga katta ishonch va hurmat 

bilan qaraydi.  

Hatto Urta Osiyoda bulgan Ptolomey «Kundalik» lariga ham bir oz shubha 

bilan mu-nosabatda bo’ladi. Chunki, Ptolomey Aleksandrning eng yaqin kishisi va 

ishongan sarkardasi edi. U o’z kundaligida Aleksandr-Makedonskiyga ortiqcha 

baxo berib yuborgandi. Shuning uchun ham o’z kundaliklarida tasvirlangan ayrim 

voqyealarning bayoniga u Aleksandr Makedonskiyning ishonchini qozonish uchun 

mubolaga jumlalarni ko’shib bayon etardi. Tanais daryosi Osiyoni Yevropadan 

ajratib turadi. Osiyo— ning katta qismi Tanais daryosi   bilan   Girkoniya   dengizi 

o’rtasida joylashgan bo’lib, bu joylar makedoniyaliklar tomonidan bosib 

olinmagan edi. Osiyoning bu bo’lagini Aleksandr bosib olgan deb, yozuvchilar 

o’zlarini   ko’rsatish   uchun ustakorlik bilan noto’g’ri fikr yuritganlar. 

Strabonning yuqoridagi fikrlarida qayd etilishicha, makedoniyaliklar Tanais 

daryosi bo’ylariga bormaganligi ma’lum bo’ladi. Atoqli olim Bobojon Gofurov esa 

makedoniyalik shoh Aleksandrning Tanais daryosi bo’ylariga bormaganligi haqi-

dagi faktlarni tasdiqlaydi. Hind togidan Ox, Oks kabi ko’ilab daryolar oqib keladi. 

Bu daryolar ichida eng shimoliy qismda joylashgan Yaksart bo’lib, u xam Kaspiy 

dengiziga quyiladi. 

Haqiqatan ham, ko’pgina tarixiy kitoblarda Yaksart daryosi Tanaid daryosi 

bilan chalkashtiriladi. Holbuki, Sir bilan Donni bir-biridan ancha uzoq masofa 

ajratib turadi. Strabon ta’kidlaganidek, Tanaid daryosi Yevropa yerlaridan oqsa, 

Yaksart Osiyoni kesib o’tadi. Biroq, Strabon Yaksartni Kaspiy dengiziga quyiladi, 

deydi. Balki o’sha davrlarda Orol dengizi Kaspiy bilan tutashgan bo’lishi ham 

mumkin. yoki ikki dengiz oraligida juda oz masofa qolgan bo’lishi ham mumkin. 


 

37



Har xrlda, Yaksartni Kaspiy dengiziga quyiladi, degan Strabon unchalik haqli 

emas. 


 Biz uchun Strabonning xizmati shu bilan xarakterlanadiki, ko’pgina 

mavhum faktlarga u aniqlik ki-ritgan. Masalan, Yaksart bilan Tanaidni bir-biridan 

ajratib berishning o’ziyoq muhimdir. Chunki, Yaksart bo’ylarida bo’lib o’tgan 

voqyealar olimlar uchun juda ahamiyatlidir. Ko’pgina tadqiqotlar bu ikki daryo 

o’rtasida bo’lib o’tgan voqyealarni bir-biriga chalkashtiradi. 

Arrian – to’liq

 

ismi sharifi Kvint Enniy Flaviy Arrian bo’lib,



 

u Kichik 

Osiyoning Vifini degan joyida, taxminan eraning

 

90—95 yillari orasida tug’ilib, 



175 yilda vafot etgan. Vifinida asosan Rim hukmronlign davrida kelib qolgan 

greklar yashardi. Vifini o’sha davrlarda ancha uzoq-uzoqlarga dong’i ketgan 

badavlat hokimliklardan biri edi. Jug’rofiy sharoiti qulay, ko’rkamligi va tabiiy 

go’zalligi bilan maftunkor bo’lgan bu viloyatda hokimlar bilan birga harbiylar ham

 

yashar edi. Shuning uchun ham bu yerda ilm olish uchun qulay sharoitlar mavjud 



edi. Aholi ikki tilda — grek va lotin

 

tillarida so’zlashardi



39

.  

Ayniqsa, Nikomediya shahri Arrian dunyoqarashining shakllanishida muhim 

ahamiyatga ega bo’ldi. Bu shahar faqat Vifini viloyatigina emas, balki ulkan Rim 

davlati tarixida xam alohida o’rin tutgan. Rim o’z hukmronligini qo’lga kiritish 

chog’ida bu shahar mustahkam istehkom rolini ham bajargan. Nikomediyada ilm-

ma’rifat kishilari, zamonasining donishmandlari ko’p bo’lgan. Rim hukmronligiga 

qarshi bu viloyatda va uning markazi bo’lgan Nikomediyada asosan lotin tili 

xukmron til bo’lsa ham, aholi orasida grek tilida so’zlashish odat tusiga kirgan. 

Yunonistonning ulug’

 

so’z san’atkori Homer asarlarini o’qish va mutolaa qilish, 



ulkan yunon dramaturglari Esxil, Sofokl, Evripid asarlarini sahnada tomosha qilish 

har bir

 

Nikomediyalikni qiziqtirardi. Bunday qizg’in adabiy muhit



 

Arrianning 

e’tiborini o’ziga tortadi. Arrian eramizning 112—216 yillarnda zamonasining 

atoqli faylasufi Epiktet qo’lida tahsil oladi. 

                                                 

39


  Абдуллаев  К.А.  Культ  хаомы  в  древней  Центральной  Азии.. –Самарканд.:  Международны  Институт 

Центральноазиатских исследований 2009,  –С. 20,56  

 


 

38



Arrian Epiktet qo’lida yunon tilidan ta’lim oladi. Lotin va grek tillarini puxta 

o’rganadi. Yunon va Rim tarixiga katta qiziqish bilan qaraydi. Notiqlik san’ati va 

falsafadav chuqur bilim oladi. 

Ma’lumki, Suqrot kabi Epiktet falsafasi xam bizgacha asl holida yetib 

kelmagan. Suqrotning falsafasini uning shogirdi Ksenofont (eramizgacha 430—

355 yillar) davom ettirgani kabi, Arrian xam o’z ustozi falsafasini keyinchalik 

rivojlangiradi va ustozi Epiktetga sodiq qoladi. 

Suqrot falsafasi bilan Ksenofont, Epiktet falsafasi bilan Arrian ijodi orqali 

tanishamiz. Arrian Ksenofont ijodiga va u orqali Suqrot falsafasiga juda katta 

qiziqish bilan qaraydi. Hali ta’lim olib yurgan yoshlik chog’laridayok; Ksenofont 

ijodida keng o’rin egallagan antik davrlarga oid tarixiy voqyealar va ayniqsa, 

Sharq shaharlari ta’rifi uning e’tiborini beixtiyor o’ziga tortadi

40



Arrianning xayotini Ksenofont hayotiga qiyos qilish mumkin, Ksenofont 



kabi Arrian ham harbiy mashgulotlarnp puxta o’rganadi, Ksenofont kabi notik.lik 

san’ati va falsafani rivojlantiradi. Ksenofont Suqrot haqida yozgani kabi, Arrian 

xam Epiktet faoliyatiga, o’z ustoznning ijodiyotiga qiziqish va hurmat bilan 

qaraydi.Uning Epiktet falsafasi ta’sirida yozilgan «Epiktet suhbati», «Epiktet ilmi 

bo’ylab hukmronlik» kabi asarlari ilmiy-nazariy fikrlarga nixoyatda boydir. Bu 

asarlarni o’qisak, faqatgina Epiktet ijodining nazariy asoslari bi-langina emas, 

balki uning shaxsiy xayoti bilan ham yaqindan tanishamiz. 

Aleksandrning yurishi Arrian asarining ikkita kitobi: uchinchi va to’rtinchi 

kitoblari Urta Osiyo tarixiga bag’ishlangan. Uchinchi kitob 30 bobdan tashkil 

topgan. Uchinchi kitobning 28 bobidan boshlab Urta Osiyo tarixining o’ziga xos 

tasviri keltiriladi. «Aleksandr Oks daryosi qirg’og’iga keldi», deydi muallif. 

Bungacha bo’lgan boblarda Aleksandrning Eronga qilgan yurishi, Eron shoxi Doro 

ustidan g’alaba qozonishi hikoya qilinadi. Eron shohi yengilgandan yeo’ng, u 

                                                 

40

 

40



   Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая. Типографи Рис. Уязск. ., 1979 

512 с. 


40

 Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с. 

40

  Страбон. География.XI, 8, 3, 



 


 

39



Kavkaz tog’lariga qarab qochadi. Aleksandr uni izma-iz ta’qib etib kelaveradi. 

Ta’qib bir necha kun davom etadi. Doro Kavkaz tog’lariga yashi:rinmoqchi 

bo’ladi. Biroq Bess Eron shohining eng yaqin kishisi bo’lishiga qaramasdan, 

Doroni o’ldirib, boyliklarini olib, Urta Osiyoga qarab qochadi. Aleksandr 

Doroning o’ligini topib olib, uni Sharq udumiga ko’ra izzat-ehtirom bilan dafn 

etishni buyuradida, o’zi Bessning izidan ketadi. Bir necha vakt Kavkazda bo’lib, u 

yerda «shahar quradi va unga Aleksandriya deb nom beradi». 

Oks daryosi hozirgi Amudaryoning qadimgi nomidir. Bu daryo hind 

daryolarini hisobga olmaganda, Osiyodagi eng katta daryolardan biri edi, — 

deyiladi asarda. Aleksandr Oks daryosidan kechib o’tishga harakat qiladi. Biroq 

daryo juda keng edi, undan kechib o’tish mumkin emasdi. Daryoning kengligi 6 

stadiy (1 stadiy —grek o’lchovida 184 metr, 98 santimetrga to’g’ri keladi). Shu 

bilan birga, daryo ancha chuqur edi. Bu daryoga qulay ko’prik qurish uchun 

uzoqdan yog’och olib kelishga to’g’ri kelardi. Daryoga ko’prik qurish ancha uzoq 

vaqtni talab etardi. Shuning uchun Aleksandr teridan qayiqqa o’xshash suv-

o’tmaydigan moslama yasashni buyuradi. Terilarni o’simliklarning quruq poyasi 

bilan tikdiradi (bunday o’simlikning nomini muallif tilga olmaydi. Ehtimol u 

qamish bo’lsa kerak. Chunki daryo bo’ylarida qamish o’sadi). Shunday qilib, Alek-

sandr qo’shinlari Oks (Amu) daryosidan besh kun davomida o’tib oladi

41


«Daryodan o’tolmagan urushga yaroqsiz, keksa kishilarni Aleksandr 

uylariga jo’natib yuboradi. Uz ixtiyorlari bilan. Aleksandr qo’shinlarini tark etib, 

o’z yurtlariga ketmoqchi bulgan fessaliyaliklarga xam ruxsat beradi». Shu 

voqyealar bila bog’liq epizodlarga e’tibor bersak, Aleksandr dastlab Urta Osiyoni 

jangu-jadallarsiz, osongina qo’lga kiritish niyatida bo’lgan. Aleksandr Oks 

daryosidan o’tgandan so’ng, So’g’diyona —hozirgi Uzbekiston tomon shoshiladi. 

Chunki bu yerda Bess katta-qo’shin bilan Aleksandrga qarshi kuch to’playapti, 

degan xabar tarqaladi. Shu vaqt Spitamen bilan Detaferndan Ayeksandrga chopar 

kelib, agar kichik bir otryad yuborsa, Bessni ushlab-berishligini bildiradi. Bu 

                                                 

41


 

41


 Кшибеков Д. Кочевое общество. – Алма-ата.: Наука, 1984. – С. 51 

 


 

40


xabarni eshitgandan so’ng Aleksandr otryadga Laganing o’g’li Ptolomeyni bosh 

qilib, Spitamen bilan Datafern huzuriga yuboradi. Bu otryad juda yaxshi 

qurollangan, saralangan jangchilardan iborat edi. Baqtriya va So’g’diyonaning 

hokimi bo’lgan Bess aslida ahmoniylar sulolasidan bo’lgan. Doro III ni 

o’ldirgandan so’ng u o’zini shoh deb e’lon qiladi. Ahmoniylar, so’g’diyonaliklar 

Bessni tutib berishga qaror qiladilar. 

Ptolemey 10 kunlik yo’lni to’rt kunda bosib o’tib, Spitamen tunagan lager 

yaqiniga keladi. Piyoda askarlarga yurishn» davom ettirishni buyurib, o’zi otliq 

askarlar bilan Bess joylashgan qishloqqa yaqinlashadi. Spitamen Bessni o’z qo’li 

bilan dushmanga tutib berishni or bilib, Ptolomeyga Bess joylashgan qo’rg’onni 

ko’rsatib, o’zi So’g’diyonaning ichkarisiga qarab-ketadi. Ptolomey Bess 

joylashgan qo’rg’onni o’rab olib (qo’rg’on-devor bilan o’ralgan, uning maxsus 

darvozasi bor edi), uning qo’riqchidariga agar Bessni tutib berishsa, ularga 

tegmaslikka va’da qiladi. Shundan so’ng qo’rg’onning darvozasi ochiladi. Jangu 

jadalsiz tinch yo’l bilan ular Bessni asir olishib, yana Aleksandr huzuriga 

qaytishadi. Aleksandr o’z podshohi Doroga hiyonat qilgan Bessdan nafratlanadi. 

Shuning uchun ham Ptolomeyga «Bessni yalang’och qilib, ko’chaning o’ng 

tomoniga bog’lab qo’yishni buyuradi. Sharmandalarcha qip-yalang’och turgan 

Bessning yonidan Aleksandrning butun qo’shinlari saf tortib o’tadi». Mana shu 

epizoddan xam ko’rinib turibdiki, Aleksandrning Bessni shunday sharmandali 

holga qo’yishi va qo’shnniga na-moyish etishi bilan muhim bir masalaga ishora 

qilinyapti. 

Birinchidan, kimda kim xiyonat yo’liga qadam qo’ysa — jazosi shu, sharmandali 

o’lim, demoqchi bo’lsa, ikkinchidan, o’z jangchilariga ham katta saboq bermoqda. 

Ma’lumki, bundan ilgarigi davrlarda Eron shohi Kir, so’ngra Doro Urta Osiyoga 

tez-tez hujum qilib, bu yerdagi tarqoq qabilalarni bosib olgandi

42

.  


Arrianning tarixiy xizmati shundaki, asardagi voqyealar tasviriga u haqiqiy 

ijodkor ko’zi bilan qaraydi. Tarixiy haqiqatni bo’yamasdan ko’rsatishga harakat 

                                                 

42


 Асқаров А. Ўзбекистон тарихи (энг қадимги даврлардан эрамизнинг V асригача) Т, 1994. 

 


 

41


qiladi. Bundan ilgarigi epizodlarda, jumladan. Eron shohi Doro bilan bo’lgan? jang 

tasvirlarida ham adib o’zining mana shu pozisiyasida qoladi. Doroga nisbatan 

so’g’diyonaliklarning nafrat o’ti kuchli. Chunki u maksdonlar bilan bo’lgan 

urushgacha So’g’diyona yerlarini bosib olib, boyliklarimizni talab, odamlarimizni 

qul qilib olib ketgan edi. Eronliklar bilan makedonlar o’rtasida bo’lib o’tgan 

qirg’in janglarda ming-minglab so’gdiyonaliklar ham qat-nashib, ularning ko’plari 

qurbon bulgan edi. Doro qonxo’r, Doro yovuz, Doro mol-dunyo, duru-javohirlarga 

hirs qo’ygan shoh. Ammo u sotqin emasdi. Osiyoga bostirib kelgan yovga qarshi 

bir necha yillar davomida kurashadi. Asarda Doro shoh bo’lsa ham: o’z vataniga 

sodiq qoladi. Aleksandr bir necha marta katta-katta va’dalar berib, undan taslim 

bo’lishni taklif qilganda ham Doro unamaydi. Greklar bilan eroniylar o’rtasida 

urush uzoq vaqt davom etadi. Hatto Doroning onasi, xotini, o’g’il va qizi 

Aleksandr qo’liga asir tushganda ham Doro dushgmanga tiz cho’kishni 

xohlamaydi. Uz yurtiga sotqinlik qilishni istamaydi. Dushmanga qarshi kurash 

rejasidan qaytmaydi. Arrian bu o’rinda Doroning qilmishidan nafratlanishi va uni 

haqorat qilishi ham mumkin edi. Biroq adib hamisha, voqyeaga real yondashishga 

harakat qilgan. Uz navbatida, yozuvchi Aleksandrning xarakterini yorqin-

bo’yoqlarda ochib beradi. Bosqinchilik Aleksandrning qonida bor edi. Otasi Filipp 

II ning butun umri jangu-jadallarda: o’tgan. Yozuvchi Aleksandrii bosqinchi, shu 

bilan birga, tanti. va mard sarkarda obrazi sifatida tasvirlaydi. U Doroning onasi, 

xotini va farzandlariga ozor yetkazmaydi. Ug’lini eng bilimdon, donishmand 

kishilar qo’liga topshirib, saboq berishni l ozim topadi.Doroning qiziga uylanishni 

ko’pgina yaqin kishilar Aleksandrga taklif etadi. Birok Aleksandr ularning bu 

takliflarni rad etadi. 




Diodor 

 

Grek va Rim adabiyotida Aleksandr haqida ko’plab asarlarning yaratilganiga 



yuqorida guvoh bo’ldik. Aleksandrning zamondoshi, ellinizm davrining atoqli alibi 

Kallimaxning Aleksandr haqidagi asari ham dastlabsh shunday badiiy ijod 




 

42



namunalaridan bo’lgan. Kallimaxning shogirdi Apolloniyning Aleksandr haqidagi 

romani antik dunyodayoq mashhur edi.Rim adabiyotida Lukian xam «Aleksandr» 

romani bilan o’z davrida shuhrat kozonadi. Enneyning «Aleksandr» tragediyasini 

butun rimliklar xayrixoxlik bilan tomosha qilgan. Bu asarda Urta Osiyo, jumladan, 

So’g’diyona tarixi u yoki bu darajada o’z ifodasini toptan edi

43


Grek va Rim adabiyotining antik davriyoq Kvint Kurs Rufning «Aleksandr 

Makedonskiy tarixi», Arrianning «Aleksandrning yurishi», Plutarxning 

«Aleksandr» asarlari yaratilganini yukorida aytib o’tdik. Bu tarixiy nasr 

namunalarini varaqlab chiqsak, Urta Osiyoning antik davrlariga oid muhim 

voqyealar tafsiloti bilan tanishamiz. 

Bizga yana antik dunyodan uch ulug’ adibning nomi yaqindan tanish. Bular 

Diodor, Pompey Trog va Yustindir. Diodorning hayotiga doir juda kam 

ma’lumotga egamiz. Uning qachon tugilgani noma’lum, ammo eramizgacha 

bo’lgan I asrda yashab o’tgani anik. 

Diodor ijodini chuqur o’rgangan va bu haqda tadqiqot ishlari olib borgan 

adabiyotshunos M. Mandes xam Diodorning hayotiga oid keng va batafsil 

ma’lumotlar berolmaydi. Shunday bo’lsada, Diodorning kim ekanligini aniqlashga, 

uning ijodi haqida kitobxonlarga ma’lumot berishga harakat qilamiz. 

Diodor yoshligidanoq grek tili va grek adabiyotini puxta o’rganadi. 

Klitarxning tarix va notnklik san’atiga oid asarlarini berilib o’qiydi. Diodor 

Gresiya, hatto Kichik Osiyo bo’ylab sayohatga chiqadi. Bu sayohat taassurotlari 

uning dunyoqarashiga kuchli ta’spr kursatadi. Afinaga kelib, grek xalqi tarixiga 

aloxida qizikish bilan qaraydi. Afinadagi adabiy oqimlar bilan yaknndan 

muloqotda bo’ladi. Ellinizm davrini o’rganishga kirishadi. Bu davrni boshlab 

bergan Aleksandrning hayotiga va uning harbiy yurishlariga oid kerakli 

ma’lumotlarnn to’playdi. Birok, Afinada Aleksandr tarixiga oid chuqur 

ma’lumotga ega bo’lmagach, u Misr tomon yo’l oladi. Misrda joylashgan 

                                                 

43

  Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари, Тошкент, 1991.63б. 



 

 

 




 

43



muhtasham va go’zalligi jixatidan Afinadan kolishmaydigan Aleksandriya 

shahriga boradi. Bu yerda u oltin tobutda mo’xmiyolangai Aleksandrning kabrini 

va uning maqbarasini ziyorat qiladi. Bu shaxarni eramizdan ilgarigi 332 yilda 

Aleksandrning o’zi qurdirgan edi

44



Ma’lumki, Aleksandr eramizdan avvalgi 323 yilning 11 iyunida Vavilonda 



vafot etgan. Uning shaxspy qo’rikchisi va atoqli sarkardasi Ptolomey Aleksandriya 

podshohi bo’lgandan so’ng, Aleksandrning tobutini shu shaharga olib kelgan va 

unga muhtasham maqbara qurdirgan edi. Diodor Aleksandriya shahridagi jahonga 

nomi ketgan katta kutubxona bilan tanishadi. Bu kutubxonada ellinizm 

mamlakatlaridan keltnrilgan yetti yuz mingdan ziyod nodir qo’lyozmalar, bebaho 

kitoblar saqlanmoqda edi. Diodor bu noyob nusxalar bilan tanishish sharafiga 

muyassar bo’ladi. Bu kutubxonaga asos solgan, Makedoniya tarixida o’chmas iz 

qoldirgan Aleksandrning tarjimai holiga oid tarixiy dalillarni yig’a boshlaydi. 

Diodor «Shoh jurnali» yoki «Efemerida» saxifalarini diqqat-e’tibor bilan o’qib 

chiqadi. Bu jurnalda Aleksandrning qadim So’g’diyonada bo’lgan davrlariga oid 

muhim ma’lumotlar saqlanmoqda edi. Aleksandr bilan Osiyoga kelgan tarixiy 

voqyealarning shohidi bo’lgan Ptolomey, Aristobul, Kallisfenning «Kundalik» lari 

bilan xam batafsil tanishadi. 

Diodorda Klitarxning Aleksandr haqidagi asari ayniqsa katta taassurot 

qoldiradi. Biroq Klitarxning ijodida tarixiy haknqat o’zining haqqonny va aniq 

ifodasini topmagan edi. Bu holat Diodorning «Tarixiy kutubxona» romaniga salbiy 

ta’sirini ko’rsatdi. Diodorning «Tarixiy kutubxona» romanida Urta Osiyo tasviriga 

uncha keng o’rin berilmagan. Shuningdek, qadimgi So’g’dnyonadagi jug’rofiy 

muhit ,shaharlar va qishloqlar bilan bog’lnk, hodisalar, tarixiy voqyealarnnng 

qasrda kechganligi haqidagi ma’lumotlar romanda aniq detallarda yoritilmagan. Bu 

jihatdan Diodorning «Tarixny kutubxona» asari Aleksandr haqidagi Ruf, Plutarx, 

Arrian asarlaridan farq qiladi. Biz, albatta, bu o’rinda romandagi So’g’diyona 

tarixiga bag’ishlangan epizodlarni nazarda tutyapmiz. Asarning tarixiy va badiiy 

                                                 

44

  Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент, 2000.41б. 



 

 


 

44


xususiyatlarini e’tiborga olsak, bu asar usha davr-lardayok grek adabiyotida 

munosib o’rin egallagan edi. Bir so’z bilan aytganda, Diodor nomini jaxonga 

tanitgan uning «Tarixiy kutubxona» asaridir. U asar ustida o’ttiz yil mexnat qilgan. 

Diodor ijodini keng tadqiq qilgan M. Mandes, u o’z asarida tarixiy 

voqyealarga tarixchi sifatpda emas, yozuvchi nuktai nazaridan yondoshganligini 

ta’kidlaydi. Masalaga, M. Mandes fikriga asoslanib yondoshadigan bo’lsak, 

haqiqatan xam romanda tarixiy sanalarga emas, voqyealar bayonnga kengroq. 

e’tibor berilganligini ko’ramiz. Romanning badiiy ifodasi Diodor qalamining 

o’tkirligini ko’rsatadi. Kitobda tasvirlangan voqyealar tafsilotining bayoni 

xususida e’tirozimiz yo’q, biroq bu voqyealarning qayerda kechganligi — 

Baqtriyadami yoki So’g’diyonadami, Oks daryosi bo’yidami. yoki Yaksart 

yoqasidami, ajratish ancha qnyichilik tug’diradi. 

Kitobda Eron va Hindiston voqyealariga keng o’rin berilgan. Bu holat asar 

muallifining tarixiy dalillarga munosa-batini belgilaydi. Diodor o’rgangan tarixiy 

asarlarda Urta-Osiyo tasviri uncha keng berilmagan. Chunonchi, Klitarx ijodida 

ishonchsiz o’rinlar ko’p. Klitarxning Aleksandr haqida yozgan» asaridan Urta 

Osiyoga kelgan va bu yerdagi tarixiy voqyealar-ning shoxidi bo’lgan Ptolomey bir 

oz ranjiydn. Ptolomey. keyinchalik Makedoniya shohligini egallagandan so’ng, o’z 

«Kundalik»lariga tayangan holda, badiiy asar yozadi.Diodor esa Klitarx an’anasini 

davom ettiradi. Muxnmv shundaki, Klitarx ijodiga Diodor katta ishonch bilan 

qaraydn. Buning sababi, Klitarx ellinizm davrining atoqli adibla-ridan biri edi. 

Diodorning «Tarixiy kutubxona» asari keyinchalik Yustin va Plutarx ijodiga katta 

ta’sir ko’rsattanligini ko’ramiz

45


.  

Bu adiblar Diodor ijodidan foydalanganligini o’z asarlarida qayd qilib o’tadi. 

Ayniqsa, Plutarxning «Aleksandr va Sezar» nomli «Qo’shalos hayotnoma» sida 

Diodorning badiiy tasvirlash uslubi ta’sirini ko’ramiz. Plutarxning «Aleksandr» 

asari Diodorning «Tarixiy kutubxona» siga juda yaqik turadi. Diodor o’zining 

XVII kitobdan iborat asarini Aleksandr Makedonskiy davriga bagishlaydi. Diodor 

                                                 

45


 .  Каримов Ш., Шамсутдинов Р. Ватан тарихи, Тошкент, 1997.  

 

 




 

45



romanining kup-boblari yo’qolib ketgan. Aynvqsa, So’g’diyona tarixiga tegishli 

boblarning anchagina sahifalari yirtnlib, yo’qolgan. Shuning uchun xam bu 

kitobning 69-bobidan 97-bobigacha bo’lgan 28 bob-dagi sahifalarni o’rganib 

chiqamiz. Bu boblardagi voqyealarning ko’pchiligi So’g’diyonada va unga 

qo’shni. o’lkalarda bo’lib o’tadi. Kitobning bu boblarini varaklar ekanmiz, bizga 

tanish, dilimizga yaqin epizodlarning epkini kelib turadi. Voqyealarning ifodasidan 

xam sezilib turibdiki, So’g’diyona tarnxn-yai tasvirlash yozuvchi uchun bir qancha 

qiyinchiliklar tug’dirgan. Bu tabiiy holdir. O’zidan uch asr ilgari bo’lnb o’tgan 

voqyealarni tasvirlash eramizdan avvalgi birinchi asrda yashagan grek «yozuvchisi 

Diodor uchun, qadim So’g’diyona bilan yaqindan tanish bo’lmagan bir adib uchun 

ancha murakkab kechganligi o’z-o’zidan ravshandir.  

Kitobda Oks (Amu) daryosi Arake deb nomlanadi. Gerodotning «Tarix yoki 

tadqiqot» asarida ham Amudaryo Arake deb nomlanadi. Arrianning 

«Aleksandrning yurpshi» romanida esa Amudaryo Oks deb atalganining guvohi 

bo’lamiz. "Bundan taxmin qilish mumkinki, Urta Osiyo tarixini o’rganishda 

Gerodot ijodiga murojaat etgan. 

Aleksandr Araks daryosidan o’tgandan keyin, dahshatli va qurqnnchli 

voqyeaning guvohi bo’ladi. Eron shoxi Doro sakkiz yuzga yaqin kishini bu 

yerlarga haydab yuborgan, qolganlarini shafqatspz qirib tashlagan edi. «Bu 

odamlarning birining qo’li qirqilgan, boshqasining oyog’i kesilgan, birining burni, 

boshqasining qulog’i yo’q edi. Ularning hammasining a.hvoli ayanchln edi. 

Ularning ichida bironta ham jazo olmagani yo’q edi. Ular yordam so’rab 

Aleksandrga yalinadilar. Aleksandr ularning ahvolini ko’rib, juda achinadi. Hatto 

ko’ziga yosh keladi». 

Aleksandr ularga yordam beradi. Romanda tasvirlanishicha, Aleksandr bu muhtoj 

knshilarning har qaysisiga 3000 dirham pul, beshtadan kiyim, 2 juftdan poyabzal, 

50 tadan qo’y, 50 puddan bug’doy va boshpana beradi. 

Bu epizodda Aleksandrning rahmdilligi, oddiy odamlarga g’amxo’rligi, 

insonparvarligi tasvirlansa, bundan keyingi epizodda uning shafqatsizligi, molu 


 

46



dunyoga o’chligi, inson boshiga jabr-jazo keltiruvchi qonxo’r bosqinchi ekanligi 

tasvirlanadi. 



Polien 

 

«Qadimgi sarkarda va qahramonlarning jangovarlik maxoratini o’z ichiga 



olgan Polien asarini faqat harbiy kishilar emas, balki tarixiyligi jixatidan barcha 

toifadagi odamlar xam bilishi zarur bo’lgan ishdir. Faqat qurol kuchi bilan emas, 

uzoqni ko’zlaydigan o’tkir fikrlari bilan dushmanni mag’lubiyatga uchratgan 

sarkardagina eng oliy darajadagi harbiy san’atni egallagan hisoblanadi», —- deb 

ta’kidlaydi asarning ruscha so’z boshisida tarjimon Dimitriy Pappadopulo. 

Tarjimon o’z fikrida davom etib yana shunday deydi: «Uzoqni ko’ra olmaydigan 

sarkardalar juda ko’p talafot ko’rib, o’tkir fikrli sarkardalar shuncha ko’p foyda 

ko’rgan, yuksak harbiy mahoratga ega bo’lmagan sarkardaning qo’shinlari hamma 

vaqt o’limga mahkum etilgan. Tajribali, uzoqni ko’ra oluvchi sarkardalar boshliq 

bulgan qo’shinning saf tortib turishiyoq dushmannn dovdiratib qo’ygan

46



Sarkardaning bitta oqilona fikri, harbiy tadbirkorligi dushman ustidan 

g’alabaga,"kuchli flotni qirib yuborishga, o’tib bo’lmas to’siqlarni yengishga, bir 

qancha viloyatlarni zabt etishga sabab bo’lishi mumkin. Bu haqiqatni isbotlash 

uchun xalqlar tzrixidan juda ko’plab misollar keltirish mumkin. Bu dalillar, 

vasiyatnomalarni yig’uvchi fidoyi yozuvchilar bo’lmaganida, ularning yigirmadan 

bir qismi ham bizning avlodimizga yetib kelmagan bo’lardi. 

Poliyenning ijodi jahon madaniyati xazinasida alohida yuksak o’rin 

egallaydi. Uning asarlarining tarixiy va badiiy kimmati hali tadqiqotchilar 

tomonidan chuqur o’rganilgai emas. Shuningdek, hayotiga oid manbalar ham 

tiklanganicha yo’q. «Harbmy hiylalar» (Strategemы») deb nomlanuvchi sakkiz 

kntobdan iborat nodir asar Polien nomini jahonga tanitdi. 

                                                 

46

 Каримов Ш., Шамсутдинов Р. Ватан тарихи, Тошкент, 1997.,  



 Центральная Азия в Кушанскую эпоху, Т. 2, Москва, 1974 

 

 




 

47



Uzbek xalq ogzaki ijodida afsona deb nomlanadigan «Shiroq» hikoyasp ham 

Polien asari orqali bizgacha yetib kelgan, Doroning skiflar yurtiga yurishi haqida 

ko’plab rivoyatlar mavjud. Ularning deyarli barchasida ham Doroning skiflardan 

yengilganligi hikoya qilinadi. Polien keltirgan «Shiroq» («Sirak») da Doro 

qo’shinlarining skiflar tomonidan tor-mor etilganligi bayon qilinsa, Gerodot 

asaridagi «Doroning skiflar o’lkasiga yurishi» hnkoyatida skiflar bilan bo’lgan 

jangda Doroning bevosita o’zi qatnashadi. 

 Skiflar ot ustidan o’q otishga juda usta bo’lib, asosan chorvachilik bilan 

shug’ullanishardi. Bepoyon tekisliklari o’t o’lanlarga juda boy edi. Doro ularga 

karshi yurish boshlaydi. Oldin choparlarni, so’ngra ularning orqasidan piyoda 

lashkarlarni yuboradi.  

Izma-iz quvib kelayotgan Doro qo’shinlari kechasi horib-charchab, tamaddi 

qilishayotganlarnda skiflar qo’qqisdan hujum boshlaydilar. Skiflarning otliq. 

qo’shinlari hamma vaqt eroniylarning otliq qo’shinlaridan ustunlik kilishardi. 

Pnyodalari esa zaifroq. edilar. Bu talofatdan so’ng, tang ahvolda qolgan Doroga 

skiflar o’z vakillarini yuborishadi. Vakillar Doroga sovg’a-salomlar olib borishadn. 

Bu sovg’alar-ichida bitta qush, sichqon, qurbaqa va beshta yoy o’qi bor edi. 

Eronliklar butun aql-zakovatlarini ishga solpb, skiflar yuborgan sovg’annng 

mag’zini chaqishga, ma’nosini anglashga harakat qiladilar. Buning ma’nosi 

shunday edi: «Agar kushga aylanib, osmonga uchib ketmasang yo sichqon kabi 

yerning tagnga yashirinmasang yoki qurbaqaga o’xshab botqoqlikdan sakrab 

o’tmasang, sizlar uchun o’z ellaringpzga sog’-omon qaytish yo’q. Mana shu yoy 

o’qlaridan o’lib ketasiz». 

Bu yerlarda yo’l yo’q edi. Lashkarlarning asosiy qismi piyodalardan tashkil 

tolgan. Eronliklar kaysp yo’ldan Istr daryosining xavfsnz kuprigiga yetib olishni   

o’ylab,   hang-mang bo’lib qoladilar. Otliq skiflar yo’lni yaxshi bilishardi. 

Shunnng uchun ham, ular ko’prnkka eronliklardan ilgari yetib keladi. Ular 

ko’prikni   qo’riqlayotgan   ioniyaliklarga   shunday deydi: «Ioniyaliklar, oxirgi 

kunlaring keldi, bu yerda qolib, nohaq ish qilyapsizlar. Jonlaringning sog’ 


 

48



qolganiga shukur qilib, skiflar xudosidan minnatdor bo’linglar-da, ko’prikni buzib, 

zudlnk bilan o’z yurtlaringga kaytinglar. Dorodan shunday qasos olaylikki, u qayta 

bu yurtlarga yovuzlik niyatida qadam bosmasin». 

Ioniyalnklar o’zaro xengasha boshlashadi. Gellespont davrida Xerson 

xokimi va sardori bo’lgan afiniyalik Miltiad skiflar taklnfini ma’qullaydi. Miletlik 

Gistiyey sal boshqacharoq fikrda bo’ladi. U aytadiki, agar Doroning qudrati 

yakson qilingan bo’lsa, endi hokimiyatni hyech kim idora eta olmaydi. Davlatga 

endi xalq hokimlik qiladi. Uning bu fikriga boshqalar ham qo’shiladi. Ioniyaliklar 

o’zaro kengashib, skiflarning g’azabi qo’zg’almasdan ko’prikni buzib, o’z 

yurtlariga jo’nab qolishga qaror qiladi

47



Usha kuni kechasi yetib kelgan Doro vayron etilgan ko’prikni ko’rib 



vahimaga tushadi. Doro ovozi o’tkir bir misrlikka qirg’oq bo’ylab bornb, miletlik 

Gistiyeyni chaqirib, qaytarib kelishni buyuradi. Birinchi ovozni eshitishi bilanoq, 

Doroning sog’-omon ekanligini sezgan Gistiyey hamma kemalarni qaytarib, 

ko’prikni tuzatadi. Shunday qilib Doro skiflar o’lkasidan o’z yurtiga qaytib ketadi. 

Doro Frakiyani o’z hukmiga bo’ysundirgach, mamlakatda katta qo’shinga sardor 

qilib Megabiznn qoldiradi.  Gistiyeyga esa qilgan xizmatlari evaziga Frakiyadan 

bir viloyat hokimligini beradi. Gistiyeyning qudrati oshib ketishidan qo’rqqan 

Megabiz, uni Suzga chaqirib olishni Dorodan o’tinib so’raydi. Doro uning 

maslahatiga quloq solib, Gistiyeyni Suzga chaqirkb oladi. 

To’maris kabi jasur ayollarimiz, Shirok kabi erksevar o’g’lonlarimiz, 

Spitamen kabi haqiqiy vatanparvarlar tarix-da juda ko’p bo’lgan. Sirakning bunday 

tadbirkorligini Vavilonni egallashda Zopir ham ko’llaydn. 

  

 


Download 182,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish