O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 182,3 Kb.
bet1/19
Sana29.12.2021
Hajmi182,3 Kb.
#86611
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org


O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

 

1



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 

INSTITUTI 

 

TARIX  FAKULTETI 

 

Umumiy tarix  kafedrasi 

 

 



 

“Ximoya qilishga ruxsat beraman” 

Tarix fakul’teti dekani  

«_____»______________2013 

 

5140600-Tarix 

 

MAVZU:  O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR TARIXINI 



O’RGANISHDA  YUNON TARIXCHILARI  ASARLARINING 

O’RNI 

 

 



 

 

BITIRUV  MALAKAVIY ISHI 

 

 

 



 

 

 



Bajaruvchi:           

          Mirzayev Sherzod 

 

 

Ilmiy rahbar: 



                       Toshboyev Furqat 

 

 



 

BMI “Umumiy tarixi” kafedrasi yig’ilishining № 10 sonli 

qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan. 

 

Kafedra 



mudiri 

v/b:   F.Toshboyev 

 

 

 



Jizzax – 2013 


 

2



A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, tarix 

yo’nalishi IV-kurs bitiruvchisi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari 

antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni” 

mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy ishiga 

TAQRIZ 

Tarixiy voqyeligimiz - ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bulaming 

barchasi, o’quvchi va talaba yoshlami tarbiyalashda muhim qadriyatlarimizga 

qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. O’rta Osiyo qadimdan 

o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo xalqlarini o’ziga rom etib, 

kelgan markazlardan biri bo’lgan. 

O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat pay do bo’lgan ilk 

markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa 

arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, 

dunyoda hyech bir xalqdafi kam emasligini anglash imkonini berdi. 

Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda 

yunon tarixchilari asarlarining o’mi” mavzusidagi bitiruv - malakaviy ishi bugungi 

kunda o’rganilishi lozim bo’lgan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bitiruvchi 

mavzuni yoritishda 2 bob, 4 banddan iborat reja tuzgan va ishning yangiligi 

sifatida mavzuni o’rganishning zamonaviy usulidan foydalangan. Ishning oxirida 

albatta xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan bo’lib ishning 

birinchi bobi “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi tarixshunosligi” deb 

nomlangan va uning bandlarida O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-

siyosiy tarixi tarixshunosligi va O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniy 

hayoti to’g’risida ma’lumotlar berilgan. 

Urta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki 

nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor 

hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bilan 

o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebaho-dir. Axir, bu 

yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ulaming qo’li tekkan. Ularda 

bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz. 




 

3



Ikkinchi bob “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi haqida manbalar” deb 

nomlangan bo’lib, uning bandlari Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari 

tarixining yoritilishi, Arrian, Diodor, Strabon, Poliyen, Pompey Trog, va Yustin 

asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx asarlarida 

O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan. 

Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni 

tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning 

tutgan o’miga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali 

inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini 

yaxshi bilsa, bunday insonlami yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish 

mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini 

mustahkamlaydi». 

Tadqiqotning bosh maqsadi O’rta Osiyo haqida hikoya qiluvchi grek va Rim 

adabiyoti namunalarini tahlil qilishdan iborat. 

Talabaning mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi va mavzuga oid tarixiy-

ilmiy manbalami tahlil qilish va undan o’ziga hos xulosalar chiqara olganligi 

diqqatga sazovordir. 

Yuqoridagilami hisobga olgan holda men ushbu talabaning mazkur bitiruv 

malakaviy ishini ijobiy baholayman. 


Download 182,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish