O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


KIRISh    Mavzuning dolzarbligi



Download 182,3 Kb.
bet4/19
Sana29.12.2021
Hajmi182,3 Kb.
#86611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

KIRISh 

 

Mavzuning dolzarbligi. Tarixiy voqyeligimiz – ma’naviy  meros, milliy 

an’analarimiz, bularning barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni tarbiyalashda 

muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. 

O’rta Osiyo qadimdan o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo 

xalqlarini o’ziga rom etib, kelgan markazlardan biri bo’lgan.  

O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi  insoniyat paydo bo’lgan ilk 

markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa 

arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, 

dunyoda hyech bir xalqdan kam emasligini anglash imkonini berdi. 

Insoniyat o’zining ilk go’daklik davriga hamma vaqt g’ayrat bilan qarab 

kelgan. Bu davrni biz antik dunyo deb ataymiz. Antik dunyoda yashagan 

bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz. Tabiiyki, ular o’z 

tili, adabiyoti, san’ati va madaniyatiga ega bo’lgan. Madaniyatning asl beshigi 

sharq mamlakatlarn bo’lgan, dastlabki adabiy yodgorliklar avvalo Misr, Eron, 

Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya) kabi mamlakatlarda yaratilgan. 

  

Afsuski, bebaho antik yodgorliklar Urta Osiyo adabiyotida saqlanib 



qolinmagan. So’g’diyonaning antik davrlarida yashagan bobokalonlarimiz hayoti 

bilan arxeologik qazilmalar orqali tanishamiz, holos. Bu noyob topilmalar uzoq 

tarixning zalvorli hodisalaridan darak beradi. Biz ularning shakli, go’zalligi va 

hokazo jihatlari-ga qarab xulosalar chiqaramiz. Antik davrlarda bizda muhtasham 

shaharlar bo’lganligi, madaniyat va san’at gullab-yashna-ganligini faraz qilamiz. 

Bu qadimiy yodgorliklar biz uchun bebaho boylikdir. 

Urta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki 

nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor 

hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bilan 

o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebaho-dir. Axir, bu 

yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ularning qo’li tekkan. Ularda 

bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz. 




 

8



Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni 

tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning 

tutgan o’rniga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali 

inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini 

yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish 

mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini 

mustahkamlaydi»

1



Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud 

bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek sayyohlarn 

Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta Osiyo, Xitoy, 

Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha 

ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu 

(Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi.  

Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim 

zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini   aniq misollar orqali ham isbot etish 

mumkin

2

. Jumladan, fessaliyaliklarning qadimiy yodnomasn bulgan «Ellada 



qahramonlari» asarida Amozonkalar haqida hikoya qilinadi. Muarrih adib 

Yustinning fikricha, Amozonkalar skif avlodlaridan bulgan ekan. Ulug’ yunon 

fojeanavisi Esxilning (eramizdan ilgarigi VI asrda yashab o’tgan) fikricha, inson 

zotiga olov hadya etmoqchi bo’lgan Prometey hukmdor Zevsning qahriga uchrab

skiflar o’lkasidagi qoyaga zanjirband qilinadi.

3

  



 Biroq, antik davrlarni o’rganishimizda yolg’iz bu arxeologik qazilmalar 

kifoya qilmaydi, faqat ularning o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim 

topilmalar g’oyat go’zal   va qanchalik noyob bo’lmasin, biz ularning faqat tashqi 

shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz.  

                                                 

1

 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йуқ. – Т.:Шарқ, 1998. 12-13 б. 



2

Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29 б. 

 

3

 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг қадимги давр тарихи. Т., 1994, 60 б. 



Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с. 

3

  Н.Я.Бичурин(Иакинф)  Собрание  сведений  о  народах,  обитавших  в  Средней  Азии  в  древние  времена. 



,IIIқисм.М.-Л.,1950,174 с. 

 


 

9

To’g’ri, antik davrdan bizga yozma «guvoh» yetib kelmagan. Qadim 



ajdodlarimiz haqida «so’zlovchi» shaharlarning qoldiqlari, go’zal san’at obidalari, 

bebaho arxeologik topilmalar qolgan, holos. Biz avlodlar qalbini bir bebaho boylik 

o’ziga asir etadi. 


Download 182,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish