O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


I-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI



Download 182,3 Kb.
bet7/19
Sana29.12.2021
Hajmi182,3 Kb.
#86611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

I-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI 

TARIXSHUNOSLIGI 

 

1.1. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi 



tarixshunosligi 

 

 



O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini 

o’rganishda asosiy muammo ularning o’zlari haqida yozma manbalar kam 

qoldirganligidadir. Ko’chmanchilar ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, xo’jaligi 

va madaniy hayoti haqida ma’lumot beruvchi  turli davrga oid manbalar sayyox, 

savdogar, elchi yoki missionerlik tarzida yurtimizga kirib kelgan kishilar 

tomonidan umumiy tarzda yozib qoldirilgan. Ularda  faqat ba’zi voqyealar haqida 

ko’proq siyosiy voqyealar haqida to’xtalib, xo’jaligi va yashash tarzi haqida 

umumiy ma’lumotlar yozilgan. Bu manbalarda O’rta Osiyoning alohida bir hududi 

haqida  to’xtalilmay , umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, xitoylik josus-

elchilarni ko’proq bu o’lkada yashaydigan xaqlarning joylashuvi, chegaralari, aholi 

soni, qurollanishi ittifoqchilari qiziqtirgan. Shuning uchun ko’plab xujjatlar bir-

biriga o’xshash va ularda ko’proq geografik nomlar keltirilgan. 

“Avesto” yashtlarida ta’kidlangan turlar, danay- turlarining Yaksart saklari 

ekanligi.  Avestoning muqaddas ilox Anaxitaga bag’ishlangan qismida dastlabki 

Turon podsholari qarorgohlaridan Qang’xa (Qang’ye) "baland va muqaddas" deb 

ta’riflangan siyosiy va diniy markazning Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lganligi, 

bu xalqlardan xaomu pishiruvchi buyuk “tur”lar-xaumovargalarning ham shu 

hududda yashashi eslatiladi.  

Eron ahamoniylarining Bihustun bitiklarida saklarning katta guruhi saka- 

tigraxaudalarning Sirdaryo o’rta oqimida yashaganligi,  ularning ittifoqlari haqida 

ma’lumot beriladi. Suzadagi saroy qurilishi haqidagi Doro I yozuvida uchi o’tkir 


 

13



kigiz qalpoqli saka-tigraxaudalar  ahamoniylarga xiroj olib kelayotganlarning o’n 

birinchi guruhida, ot yetaklagan, qo’llarida sarupo tutgan holda tasvirlangan

6

.  


Antik davr mualliflari O’rta Osiyoning Sirdaryo xavzasini sak qabilalari 

konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri deydi.Ular saklarning sug’dlar 

bilan ko’shnichiligi,  so’g’dning sharqiy chegaralari Sirdaryo bo’yi dashtlari bilan 

tutash bo’lib, jangovor ko’chmanchilarni Yaksart daryosi sug’dliklardan ajratib 

turishi, bu saklarning Yaksart orti saklari saka-xaumavarkalar ekanligini 

 

ta’kidlaydi. 



 Dionisiy va Periyeigit So’g’d ortida, Yaksart bo’ylab, kamonda jang qiluvchi va 

dunyoda undan eng behato otuvchi saklar yashaydi deb ma’lumot beradi. 

Ma’lumki, davlatlar tashkil topishida aholining dehqonchilik vohalari bo’ylab 

joylashishi ham muhim ahamiyatga ega. Bunday jarayonlar miloddan avvalgi I 

ming yillikning so’ngi choragida Sirdaryo  bo’ylarida ham jadal kechmoqda edi. 

 Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida O’rta Osiyoning chorvador xalqlari 

haqida batafsil ma’lumotlar uchraydi. Bu xalqlar tarixini yozish, Gomer, Esxil, 

Aristey kabi adiblar tomonidan boshlangan, lekin skif(sak va massaget)lar haqida 

keng va aniq ma’lumotlarni birinchi bo’lib Miloddan avvalgi V asrlarda yashagan 

yunon tarixchisi Gerodot beradi

7

. Ksenofont, Ktesiy ( mil. avv V-IV asrlar) kabi 



tarixchilar ham bu qabilalar haqida  ma’lumot bergan. Yunonlar bosqinidan 

keyingi rim manbalarida bu o’lkada yashovchi aholining mohir jangchilar ekanligi, 

ular Iskandarni Sirdaryoning naryog’iga o’tishga qo’ymaganligi haqida yoziladi. 

 

Skiflar turmush tarzi, urf-odatlari haqida Gippokrat (m er.av. V-asr) Misr, 



Kichik Osiyo, Liviya va Skiflar mamlakatlariga qilgan safar kundaliklarida 

ma’lumot beradi.  

Kvint Kursiy Ruf (milodiyI asr), Plutarx (milodiy I asr), Arrian (milodiy II asr), 

Pompyoy Trog (miloddan avvalgi I asr), Yustin (miloddan avvalgi II-I asrlar) kabi  

muarrixlar ham O’rta Osiyo  ko’chmanchi qabilalarining turmush tarzi, urf odatlari 

va mashg’ulotlari to’g’risida ma’lumotlar beradi

8



                                                 

6

 Сагдуллаев А.А. Ўзбекистон тарихи\\Т.,Университет, 1999, 43 б. 



7

 Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с. 

8

 

Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б. 




 

14



  Antik tarixchilardan Strabon(miloddan avvalgi I asr) birinchi bo’lib O’rta 

Osiyo ko’chmanchi xalqlarini umumiy bitta (skif) nomi bilan emas alohida 

hududiy joylashishiga qarab, mayda guruhlarini ham sanab ko’rsatadi. Uning 

yozishicha “Skiflarning katta qismi Kaspiydan boshlab sharqka tomon daxlar 

deyiladi. Ulardan sharqdagilar sak va massaget deyiladi”.  

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid manbalarda hudud aholisi asosan 

chorvador ko’chmanchilar ekanligi  ta’kidlansa, keyingi manbalarda (miloddan 

avvalgi IV-II asrlar) saklarning stasionar manzilgohlari, oddiy uylari borligi haqida 

ham ma’lumotlar berilgan

9

.  


        Xitoy  yilnomalarida  ko’chmanchi sak qabilalari tomonidan asos solingan 

Qang’ davlati haqida eslatiladi. Unda  ta’kidlanishicha bu davlat Janubiy 

Qozog’iston, Toshkent voxasi, Sirdaryo bo’ylari, Xorazm va So’g’dgacha bo’lgan 

hududlarni birlashtirgan edi.  

Shuningdek qang’arlar haqida, “paxsa (loy) devorli uylar ichida yashovchi,”- 

deb ham ma’lumot beriladi. Bular hududda ko’chmanchi chorvadorlar bilan birga 

dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi salmog’ining ham ancha bo’lganligini 

ko’rsatadi.  

Shuningdek, ilk o’rta asrlarga mansub  Xitoy va arab manbalarida hududga 

tutash dehqonchilik viloyati bo’lgan Ustrushona haqida ko’plab ma’lumotlar 

berilgan.  

Grek va Rim adabiyoti orqali boy va betakror tariximizning antik davri 

tasvirlangan go’zal sahifalarga duch kelamiz. Hatto, Homer davrlaridayoq, 

skiflarning nomi uzoq Afinaga yetib borgandi. Bu o’rinda Homerning skiflar 

haqidagi fikri beixtiyor e’tiborimizni o’ziga jalb etadi. «Homer o’zining poemasida 

skiflar haqida kuylagan edi,— deb yozadi Flaviy Arrian «Aleksandrning yurishi» 

asarida.— Skiflar haqiqatgo’y odamlar bo’lgan. Ular Osiyoda yashaydi, bir oz 

kambag’alrog’u, ammo juda haqiqatgo’y». 

                                                                                                                                                             

Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории, 1954,N2, N8, 212-215с. 

9

.Филанович М.И. Ташкент –Зарождения и развитие города и городской культуры  \\Т., Фан, 1983 14стр. 




 

15



Bu satrlarni mutolaa qila turib, chuqur o’yga tolasan, kishi. Eramizdan 

ilgarigi VIII—VII asrlarda yashagan yunon shoiri Homerning skiflarga bunday 

ta’rif berishi tasodifiy hol bo’lmasa kerak, albatta. Bundan ko’rinadiki, o’sha 

davrlardayoq Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud 

bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek va Rim 

sayyohlarn Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta 

Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. 

Eramizdan ancha ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot 

(Sokrat), Arastu (Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari 

yaqindan tanish edi. Bu ulug’ olimlarni o’rta osiyoliklar xuddi o’zlarining 

donishmandlaridek hurmat bilan tilga olganlar. Ular haqida xalqimiz orasida 

donolik va aql-farosatdan hikoya qiluvchi xilma-xil afsonalar yaratilgan. 

 Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim 

zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini   aniq misollar orqali ham isbot etish 

mumkin

10


  

Eramizdan avvalgi VI—V asrlardayoq bo’lib o’tgan eron-yunon urushi 

chog’ida uzoq yunon o’lkasidan Barkalik butun bir elat Baqtriyaga, milet 

o’lkasidagi Branxid va Everget qabilalari So’g’diyonaga Eron shohi Kir tomonidan 

badarg’a qilingan edi. Bu haqda Kursiya Ruf o’zining «Aleksandr Makedonskiy 

tarixi» asarida shunday bir qiziqarli lavhani keltiradi. Aleksandr branxidlar 

yashayotgan shaharga yetib boradi. Branxidlar shohni yaxshi kutib olib, darrov 

uning amriga bo’ysunadi. Miletliklar ilgaridan branxidlarni sotqinligi uchun 

yomon ko’rishar edi. Shuning uchun shoh branxidlar takdirini hal silishni ularga 

topshirdi. Miletliklar bu muammoni hal qila olmagach, shoh uni o’zi hal qilish 

uchun kirishib, shaharni o’rab oladida, bitta ham odam qoldirmay qirib tashlaydi.  

Kadimgi Yunon viloyati bilan Urta Osiyo (Marg’iyona, Girkaniya, 

So’g’diyona, Baqtriya) va hatto Kaspiy bo’ylari, Kavkaz, Parfiya, Hindiston 

                                                 

10

Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б. 



 Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с. 

  



 

16



o’rtasidagi turli xil aloqalarning (Mavjudlngkni yo’l-yo’lakay bayon etib borishga 

harakat qilamiz. Qadimdan Eron, Gresiya, Makedoniya, Misr, Parfyya, Mideya, 

Girkaviya, So’g’diyona, Baqtriya, hatto hind va rimliklar o’rtasida ham 

mustahkam do’stlik aloqalari mavjud bo’lgan

11

. Urush tufayli, savdo-sotiq, 



madaniy va adabiy aloqalar orqali bo’lsada, bu o’lkalarda yashovchi qabilalar, ellar 

va elatlar vakillari bir dasturxondan tuz nasiba yeyishgan, quda-qudag’ay 

bo’lnshgan. Bir sigirning sutini ichishgan, bir qo’yning go’shtini yeyishgan, hatto 

bir xonadonda yotishgan. Bir-birining tilini o’rganishgan, bir-birining diniga 

e’tiqod qo’yishgan, bir-birining urf-odatlarini qabul qilishgan.

12


.   

 Bir-biridan nasl-nasab orttirib, et bilan tirnoq kabi birikib ketishgan. 

Musofirlik azobini birga totishgan. Taqdir taqozosiga ko’ra ularning jasadi xam bir 

joyga qo’yilgan. Ko’pgina tarixchilar, mabodo Eron, Gresiya, Misr, Makedoniya, 

Rim, Marg’iyona, Girkoniya, Turkiya, Kavkaz, So’g’diyona, Baqtriya, hind 

o’lkasining antik dunyosi haqida so’z yuritishganda faqat qirg’in-barot urushni, 

jaholatni,   vahshiylikni, yovuzlikni eslashadi. To’g’ri, bularning hammasiga urush 

sababchi, ammo mustahkam do’stlik, kuda-andachilik, qo’shnichplik va hamdard-

lik, madaniy va adabiy aloqalar ham bo’lgan-ku? Qadimgi dunyo xalqlarining turli 

xil aloqalari haqida yoki urushlar tarixiga to’xtalganda masalaning mana shu 

tomoniga ham e’tibor berishimizga to’g’ri keladi. 

Kir, Doro davrlarida ham bobokalonlarimiz Eron va Misr o’lkalariga borib 

qolgan. Ehtimol, ularning nasllari hozir ham yashab kelayotgandir. Yoki qadimdan 

Urta Osiyoga kelib qolgan greklar, eronliklar, arablar hozir ham biz bilan do’st 

bo’lib, quda-qudag’ay bo’lib yashashmoqda. Shu jihatdan olib qaraganimizda, 

uzoq tarixga borib taqalgan xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash bugungi 

avlodlarning ham burchidir. 

                                                 

11

Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008, 



75 б. 

12


 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 30б. 

Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с. 

12

  Н.Я.Бичурин(Иакинф)  Собрание  сведений  о  народах,  обитавших  в  Средней  Азии  в  древние  времена. 



,IIIқисм.М.-Л.,1950,174 с. 

 


 

17


Darhaqiqat, «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida eramizdan ilgarigi XIII—

XII asrlar voqyealari tasvirlanadi. Bu davrda greklar bilan troyaliklar o’rtasida 

bo’lib o’tgan qirg’in-barot urush o’n yildan ko’proq vaqt davom etadi. Homerning 

«Iliada» dostonida tasvirlanishicha; yunonlar Troya yerlarini zabt etganlarida Qora 

dengiz sohillariga — Paflagoniya, Sangariy viloyatlariga kelganligi, Hippomolglar 

bilan uchrashganligi qayd qilinadi. Biroq, shu o’rinda Homer qaysi asrni nazarda 

tutyapti? O’zi yashagan zamonnimi yoki yunon-troya urushi (eramizgacha XIII—

XII asr) davrinimi? Masalaning bu jihati hozircha tarixchilarga ma’lum emas.  

Osiyoning g’arbida joylashgan, qulay va go’zal geografik sharoitga ega 

bo’lgan„ hozirgi Turkiya davlati hududida barpo etilgan muhtasham va ulkan 

Troya shahrini greklar o’n yil davomida qamal qilib turadi. Greklarning ayrim 

to’dalari o’shanda skiflar yurtiga kelgan. Greklarning Olviya o’lkasiga qachon va 

qanday kelib qolganligi xususida olimlar o’rtasida hamon kuchli munozara, 

tortishuv ketmoqda

13



Olviya shahri skiflarga juda yaqin masofada joylashgan edi. Hatto bu 



shaharda ayrim skif vakillarini ham uchratish mumkin edi. Gerodot Qora dengiz 

qirg’oqlari bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar 

haqida qiziqarli ma’lumotlarni eshitadi. Undan ilgari xam skiflar haqida talaygina 

kitoblarni o’qib, ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Grek tarixchisi 

Gekatay asarlaridan skiflar haqida birmuncha ma’lumotlar olgan edi. Qadim 

zamonlarda Aristey degan shoir o’zining «Arimasplar» poemasida skiflar hayotini 

kuylagan. Ulug’ so’z san’atkori Homer o’zining «Odisseya» poemasida skiflar 

yurtiga qiskacha ta’rif berib. «bu ellar hamma vaqt tuman bilan qoplangan, 

osmonnda qalin bulutlar suzardi» (XI qo’shiq, 14—15 miyeralar) deb aytgan edi. 

Mana shu dalillarning o’ziyoq yunonlarning eramizdan ilgarigi VIII—VII 

asrlarda skiflar   hayotiga   qiziqish Bilan qaraganligi, hatto skiflar yurtiga kelib 

ketganligidan, Yevropa va Osiyo mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy-siyoyeiy aloqa 

                                                 

13


Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008, 

83 б. 


  

 


 

18


mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, yunonlar bilan troyaliklar 

o’rtasidagi qariyib o’n yiddan ziyod davom etgan qirg’in-barot urush, eramizdan 

avvalgi XIII asrda bo’lib o’tgan edi. Grek lashkarlari hozirgi Turkiya yerlariga 

bostirib keladi. Hatto Qora dengiz bo’ylaridagi ayrim elatlarnn ham o’zlariga 

qaram kilib oladi. 

Homerdan so’ng skiflar hayotiga qiziqish bilan qaragan ma’rifatli ziyolilardan 

biri Gerodot edi. Gerodotning skiflar hayotiga qiziqish bilan qarashida Homer 

ijodining ta’siri bor, albatta. Gerodot dunyoga kelgan Galikarnos shahri Hamerning 

ona shahri Ioniyaga qo’shni hududda edi. Shuning uchun ham Homer poemalari 

Ioniya atrofidagi shaharlarda juda ko’p nusxalarda keng tarqalgandi. 

Galikarnosliklar Xomer poemalarini o’qishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar. 

Hatto ular uchun Homer poemalarini yod olish odat tusiga knrgandi.  


 

 



 

19




Download 182,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish