II.4.Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) yondashuvi
BMT ga 191 ta mamlakat a’zo. BMT o‘z hujjatlari va nashrlarida Jahon banki hamda boshqa turli mezonlarga asoslanadigan tasniflardan keng foydalanadi.
BMT dunyo mamlakatlarini uch guruhga— rivojlangan (more developed regions), rivojlanayotgan (less developed regions) va qoloq (least developed countries) mamlakatlarga ajratadi. Birinchi guruhga Yevropaning barcha mamlakatlari, Shimoliy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya kiradi, ikkinchi guruhga Afrika, Osiyoning (Yaponiyadan tashqari) barcha mamlakatlari, Lotin Amerikasi va Karib havzasi hududi mamlakatlari hamda Melaneziya Mikroneziya kiradi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi ichida qoloq mamlakatlar guruhi alohida ajratib ko‘rsatiladi.
BMT Taraqqiyot Dasturi har yili Inson taraqqiyoti to‘g‘risida ma’ruza nashr etadi va unda dunyo mamlakatlari YuNESKOning Statistika instituti tomonidan maxsus ishlab chiqilgan Inson taraqqiyoti indeksi asosida guruhlarga ajratiladi. Ushbu tasnifga muvofiq mamlakatlar inson salohiyatining rivojlanish darajasiga ko‘ra juda yuqori (49 ta mamlakat), yuqori (53 ta mamlakat), o‘rta (42 ta mamlakat) va past (33 ta mamlakat) ko‘rsatkichga ega mamlakatlarga bo'linadi13.
2.3.1-jadval. Dunyo mamlakatlarining inson taraqqiyoti indeksi ko'rsatkichi po'yicha guruhlanishi
Mamlakatlar
|
Inson taraqqiyoti indeksi, 2013-y
|
Kutilayotgan umr davomiyligi, yillarda, 2013-y
|
Ta’limning o’rtacha davomiyligi yillarda, 2012-y
|
Kutilayotgan ta’lim davomiyligi, yillarda, 2013-y
|
Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi yalpi milliy daromad ulushi, HQP bo’yicha, dollar, 2011-y
|
Inson salohiyatining rivojlanish darajasi juda yuqori mamlakatlar
|
0,890
|
80,2
|
11,7
|
16,3
|
40 046
|
Inson salohiyatining rivojlanish darajasi yuqori mamlakatlar
|
0,735
|
74,5
|
8,1
|
13,4
|
13231
|
Inson salohiyatining rivojlanish darajasi o'rta mamlakatlar
|
0,614
|
67,9
|
5,5
|
11.7
|
5 960
|
Inson salohiyatining rivojlanish darajasi past mamlakatlar
|
0,493
|
59,4
|
4,2
|
9,0
|
2 904
|
O'zbekiston
|
0,661
|
68,2
|
10,0
|
11,5
|
5 227
|
Dunyo bo'yicha o'rtacha
|
0,702
|
70,8
|
7,7
|
12,2
|
13723
|
Manba: Human Development Report 2014. Sustaining Human Progress: Reducing Vulnerabilities and Building Resilince. UNDR New York, 2014. P. 163.
XXI asrda jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar mavqeyining ortib borishi sog’liqni saqlash, ta’lim, transport, aloqa sohalaridagi taraqqiyot va fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligi bilan kuzatilmoqda.
BMT ning Inson taraqqiyoti to'g'risidagi ma’ruzasida mamlakatlar asosiy agregat ko‘rsatkichlar va geografik joylashuvi bo'yicha quyidagi uch guruhga ajratiladi14:
rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo mamlakatlar (IHTT) (28) va IHTTga a'zo bo'lmagan mamlakatlar (16);
rivojlanayotgan mamlakatlar, shu jumladan Arab davlatlari (16), Sharqiy Osiyo va Tinch Okeani hududi mamlakatlari (24), Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari (23), Lotin Amerikasi va Karib havzasi (32), Janubiy Osiyo mamlakatlari (8), Afrikaning Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlari (45);
qoloq mamlakatlar (23).
IHTT 1961-yilda AQSh va Kanadadan Marshall rejasi (1947) doirasida Yevropa iqtisodiyotini tiklash uchun ajratilayotgan boshqarish va tiklash dasturlari- ni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy kooperatsiyasi tashkiloti asosida shakllantirilgan. Hozirgi vaqtda IHTTga a’zo mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni muhokama etish, rivojlantirish ichki va tashqi siyo- satni muvofiqlashtirish forumi hisoblanadi. Natijada a’zo mamlakatlar o'rtasida- gi o'zaro munosabatlarda bajari1ishi majburiy bo'lgan huquqiy hujjatlar va baja- rilishi ixtiyoriy bo'lgan «yumshoq qonunlar» yuzaga keladi.
BMT 1971-yildan boshlab rasmiy jihatdan qoloq mamlakatlar guruhini ajratadi. Ushbu guruhga dastlab 24 ta mamlakat kirgan boMsa, hozirda ularning soni 39 tani tashkil etadi va mamlakatlar ro'yxati har uch yilda BMT ning Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi EKOSOS tomonidan qayta ко'rib chi- qiladi15. Qoloq mamlakatlarni aniqlashda quyidagi uchta mezondan loydalaniladi:
daromadlarning past darajasi — aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi ichki mahsulot hajmining uch yildagi o'rtacha darajasi sifatida baholanadi (750 dollargacha ro'yxatga kiritish uchun, 900 dollardan yuqori ro'yxatdan chiqarish uchun);
inson resurslarining holati — ovqatlanish, sog'liq, ta’lim va katta yoslulagi aholining savodxonligini hisobga oluvchi inson aktivlari indeksi (composite human index — HAI) asosida aniqlanadi;
iqtisodiy bog'Iiqlik — (composite economic vulnerability index liVI) asosida hisoblanadi va quyidagi ko'rsatkichlardan tashkil topadi:
qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining beqarorligi;
tovarlar va xizmatlar eksportining beqarorligi;
noan’anaviy faoliyat turlari ning iqtisodiy ahamiyati (yalpi ichki mahsulotda qayta ishlash va zamonaviy xizmatlar ulushi);
tovarlar eksportining konsentratsiyalashuvi;
tabiiy ofatlar natijasida ko'chirilgan iqtisodiy bazaning lorligi va aholi ulushi- ning salbiy ta’siri.
Qoloq mamlakatlar guruhi ro'yhatiga kiritilgan mamlakatlar yuqori kambag'alIik darajasiga, iqtisodiy rivojlanishda katta to'siqlarga ega ekanligi, kambag'allik va iqtisodiy rivojlanish muammosini hal etishda jahon hamjamiyatining yordamiga muhtojligi bilan ajralib turadi. BMT majlislarida muntazam ravishda qoloq mamlakatlarning muammolarini muhokama qi1ish uchun olib chiqadi va ularga iqtisodiy yordam ko'rsatish zarurligini ta’kidlab boradi.
III bob.O‘zbekiston iqtisodiyotining tarkibi va jahon iqtisodiyotidagi o‘rni
Do'stlaringiz bilan baham: |