O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi toshkent islom universiteti


Jahon xo’jaligida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar



Download 131,45 Kb.
bet5/13
Sana28.05.2022
Hajmi131,45 Kb.
#613985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi Nezomov

1.3.Jahon xo’jaligida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (XIT) dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan muhim subyektlar qatoriga kiradi. Yuqori o’rinda Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tashkilotlari turadi. Bundan tashqari, o’z firmalariga ega bo’lgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Jahon banki (JB) yoki Butunjahon banki tashkilotlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu banklarning faoliyati ba’zi bir jihatlari bilan o’zaro bog’liqdir. Xalqaro valyuta fondi xalqaro savdo sohasidagi turli cheklanishlarni bartaraf etib moliyaviy yordam ko’rsatadi. 80-90- yillarda XVF yirik moliyaviy markazga aylandi. Uning faoliyatida asosiy o’rinni xo’jalik tarmoqlarining iqtisodiy rivojlanishi va qayta qurilishiga kreditlar berishdir. Valyuta fondi o’z kreditlarini asosan iqtisodiy rivojlanish dasturlariga ajratadi. Iqtisodiy rivojlanishni moliyaviy ta’minlash fondi esa uni xalqaro pog’onaga ko’tardi, natijada Valyuta fondi sifatida rivojlanayotgan mamlakatlarga yordamini ko’rsata boshladi. Rivojlangan kapitalistik davlatlar esa XVFdan foydalanmaydilar.4
Jahon banki - jahon xo’jaligi sifatida tan olinib, yirik investitsiya siyosat yuritadi. Ushbu bank XX-XXI asrlar bo’sag’asida rivojlanayotgan mamlakatlarga, shuningdek iqtisodiy tanglikka uchragan davlatlarga loyihalarning umumiy narxidan 30 %ini tashkil etadi. Jahon banki o’zining yarim asrlik faoliyati davomida 300 mlrd. AQSH doll.i miqdorida kredit ajratgan. Jahon bankining shoxobchalari ham alohida vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan. Xalqaro moliyaviy korporatsiyalar rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektori rivojlanishiga yordam bersa, xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyalari esa qashshok mamlakatlarga zaruriy yordam ko’rsatadi.
1.4. Jahon xo’jaligida mintaqaviy integratsiya guruhlari
XX asrning 60-80-yillarida xo’jalik hayotining baynalminallashuvi zamonaviy jahon xo’jaligi rivojlanishining yetakchi an’anasiga aylandi. Jahon xo’jaligi global baynalminallashuvining asosiy tendensiyalaridan biri- ma’lum bir davlatlar guruhining ta’sir zonasi vujudga kelishidir. Ushbu davlatlar guruhi jahon xo’jaligi aloqalari ta’sirida o’ziga xos mintaqalar hosil qilib boshqa davlatlarni o’z atrofida birlashtiruvchi integratsiya markazlariga aylanib boradi.
Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy integratsiya o’z navbatida ishtirokchilari bo’lmish davlatlar o’rtasida ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuviga imkon yaratadi. Iqtisodiy integratsiya jarayonlarini sxemali tarzda quyidagi o’zaro bog’liq zanjir shaklida tasvirlash mumkin: ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi - xalqaro mehnat taqsimoti - ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi - iqtisodiy integratsiya. Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy integratsiyaga ikki omil (ilmiy-texnik inqilob va transmilliy korporatsiyalar faoliyati) katta ta’sir ko’rsatadi.
Jahon xo’jaligida integratsiya jarayonlari rivojlanishi bo’yicha to’plangan tajribalar uni to’rt bosqichda rivojlanib borganligini ko’rsatadi:
1)tarif va boshqa cheklashlarni bekor qilish bilan erkin savdo zonasini tashkil qilish asosida.
2)savdo, mehnat va kapital harakatida bir xil tariflar tizimini o’rnatish bilan bojxona ittifoqini tashkil qilish asosida.
3)iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bilan diskriminatsiyasiz
ishtirokchi davlatlar iqtisodiy ittifoqini tuzish asosida.
4)yagona iqtisodiy siyosat, umumiy valyuta tizimini tartibga soluvchi
organlarga ega bo’lgan to’lik integratsiya.
Oxirgi ikki bosqich o’z ichida u yoki bu integratsiya guruhga xos tomonlar bilan bog’lik ma’lum bir kichik bosqichlarni jamlashi ham mumkin. Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy integratsiya kompaniyalar, davlatlararo darajada ham ro’y berishi mumkin.5
Garbiy Yevropada iqtisodiy integratsiya eng yuqori darajada rivojlangan. Yevropa Ittifoqining (YEI) yangi tashkil topish va rivojlanish tarixi 1951-yildan boshlandi. Shu yilning aprelida Garbiy Yevropa yirik davlatlari - Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg a’zo bo’lib kirgan Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi (YEKPB) haqidagi shartnoma imzolandi. Bu Garbiy Yevropa integratsiyasining o’ziga xos kirish qismi edi. Uning tashkil topishi va rivojlanish vaqti yuqorida qayd qilib o’tilgan davlatlar tomonidan 1957-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YEIX,) va atom energiyasi bo’yicha Yevropa Hamjamiyati (Yevroatom) haqidagi bitimlar imzolanishi bilan yakunlandi. Hamjamiyat tarkibiga rivojlanish darajasi yuqori bo’lgan davlatlar kirdi. Bu esa keyingi 60-80-yillar mobaynida iqtisodiy o’sish sur’atlarining yuqori darajada bo’lishiga sabab bo’ldi.
Jahon iqtisodiyotida Garbiy Yevropa integratsiyasining rivojlanishi bir qancha qarama-qarshiliklarga duch kelgan. Shu bilan birga YEIX, tashkil topishida uning oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar ham hozirgi kunga qadar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda. G’arbiy Yevropa integratsiyasi rivojlanishini to’rt bosqichga (50-yillar oxiri va 70-yillar o’rtasi; 70- va 80- yillar o’rtalari; 80- yillarning oxiri va 90-yillarning boshlari; 90-yillarning o’rtasi va XXI asr boshlari) bo’lib o’rganish mumkin.
YEI integratsiyasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda ba’zi bir qiyinchiliklar ham ro’y berib turibdi. YEIga yangi davlatlarning a’zo bo’lib kirishi ham sezilarli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Eng katta muammolardan biri Yevropa valyuta tizimi (YEVT) shakllanishida namoyon bo’lmoqda. 1992-yilda 7 %ga Britaniya funtsterlingi va Italiya lirasi devalvatsiyasi oqibatida ro’y bergan YEVT inqirozi Buyuk Britaniya va Italiyani avtomatik tarzda YEVT dan chiqarib yubordi.Valyuta ittifoqi shakllanishi va unga kirishda qo’yilgan bir qator talablar ham davlatlarga qiyinchiliklar tug’dirgan edi. Shu davrda almashuv kursi va foiz stavkalari darajasiga, byudjet defitsiti va davlat qarzi bo’yicha qo’yilgan talablarga faqat Lyuksemburg javob bergan edi. YEIga a’zo davlatlar orasida Ittifoqni kengaytirish, integratsiyani chuqurlashtirish yo’llari haqida kelishmovchiliklar ham mavjud.
Garbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi faqat YEI chegaralari bilan cheklanmaydi. 1962-yilda Yevropa erkin savdo assotsiyatsiyasi (YEESA) tashkil topdi. 80-yillarda YEESAga a’zo davlatlar soni 7 ta bo’lib, 90-yillar o’rtasida unga yana 4 davlat: Buyuk Britaniya, Islandiya, Lixtenshteyn, Shveytsariya a’zo bo’lib kirdi. Ushbu a’zo davlatlar uchinchi davlatlar bilan u yoki bu savdo-iqtisodiy kelishuvlarga erkin qo’shilishlari va ushbu davlatlarga nisbatan xohlagan bojxona tariflarini o’rnatishlari mumkin edi. YEESAga a’zo davlatlar o’rtasida bojsiz savdo rejimi faqat sanoat tovarlariga nisbatan qo’llaniladi. Chunki YEESA konvensiyasining faoliyati qishloq xo’jalik mahsulotlariga ta’sir o’tkazmaydi.
1972 yilda YEESA ga a’zo davlatlar YEIX bilan o’zaro kelishuvlarni imzoladi. Unga muvofiq sanoat tovarlariga boj va son jihatdan cheklashlar asta-sekin kamaytirildi. Bu davlatlar o’rtasidagi bojsiz savdo murakkab qoidalar tizimiga asoslanadi. Yagona bojxona tarifi yuqligi sababli YEESA ichida bojsiz savdo erkinligi faqat a’zo davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qo’llaniladi.
YEESAga kiruvchi davlatlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning yuqori darajada bo’lishligiga qaramasdan, YEESA to’laqonli integratsiya guruhga aylanmadi. Amalda u YEI uchun "farmklub", ya’ni yangi a’zolar yetkazib beruvchi tashkilot bo’lib qoldi. Hozirgi kunda YEESAning ko’pgina a’zolari uni Sharqiy va Garbiy Yevropa davlatlari o’rtasidagi istiqbolli erkin savdo zonasi sifatida qaramoqdalar.
XX—XXI asrlar bo’sag’asida Garbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasining
muvaffaqiyatli rivojlanishi jahonning boshqa rivojlanayotgan
mintaqalarining ham e’tiborini o’ziga jalb qildi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 30 dan ortiq erkin savdo zonalari, bojxona yoki iqtisodiy ittifoqlar yuzaga keldi. Jahon iqtisodiyotida Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi - NAFTAni tashkil topishi (1994-yilning 1-yanvarida) va faoliyat ko’rsatishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. NAFTA bloki (AQSH, Kanada, Meksika davlatlari) 370 mln.dan ortiq aholiga, kuchli iqtisodiy salohiyatga ega bo’lgan hududni qamrab oldi. NAFTA davlatlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar taxminan 7 trln. AQSH doll.ni tashkil qilib, ushbu davlatlar ulushiga hozirgi kunda jahon savdo hajmining 18-20 %« to’g’ri kelmoqda.6
NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan shartnomaning asosiy holatlari quyidagilarni o’z ichiga olgan edi:
- AQSH, Kanada va Meksika davlatlari o’rtasida o'zaro savdoda tovarlarga nisbatan bojlarni bekor qilish;
- Shimoliy Amerika bozorlarini Meksika orqali AQSHga kirib kelayotgan
Osiyo va Yevropa kompaniyalarining ekspansiyasidan himoya qilish;
- Meksikada bank va sug’urta kompaniyalarning ishida Amerika va Kanada kompaniyalarining kapital qo’yilmalariga bo’lgan taqiqlarni olib tashlash;
- atrof-muhitni himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal
qilish va boshqalar.
Shartnomaga ko’ra 2000-yilgacha AQSH Meksikadan import qiladigan mahsulotlar turining 2/3 qismi uchun import tariflarini bekor qildi. Meksika esa NAFTA davlatlari yordamida o’zining iqtisodiy usish sur’atlarini oshirib (taxminan YAIMning yillik o’sish darajasi 1,6 %-2.6 % atrofida), iqtisodiyotni isloh qilish va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilish muddatini yarim asrdan 10-15 yilga qisqartirishi mumkin.
NAFTAdan eng kam foydani Kanada oladi. Uning iqtisodiyoti AQSHniki bilan chambarchas bog’liq bo’lsada, Meksika iqtisodiyoti bilan aloqalari unchalik rivojlanmagan. Ammo, NAFTA rivojlanib borishi bilan Kanada ham integratsiya jarayonlarga ko’proq tortilib, kengayib borayotgan bozorlardan dividendlar oladi.
Jahon iqtisodiyotida integratsiya jarayonlar Janubiy Amerikada ham faollashib bormoqda. 60-yillarning boshida Janubiy Amerika "erkin savdo zonasi"ni yaratish, so’ngra Markaziy Amerika umumiy bozorini tashkil qilish ishlari rejalashtirildi. Biroq, ushbu mintaqada siyosiy va iqtisodiy inqiroz bu rejalarni amalga oshirishga imkon bermagan edi.
1991-yilda integratsiya jarayonlari Argentina, Braziliya, Urugvay va Paragvay o’rtasida tuzilgan va shu yilning yanvarida kuchga kirgan"MERKOSUR" savdo akti tuzilishi orqali yanada faollashdi.U paytda a’zo davlatlarning umumiy aholisi 200 mln. kishidan ko’prok bo’lib, yillik YAIM 550 mlrd. doll. dan ortiqroq edi.
«MERKOSUR»ga a’zo davlatlar o’zaro savdodagi (90 % atrofida) tarifli to’siqlardan ozod qilindi, uchinchi davlatlardan importga esa bir xil tarif tuzilmasi va bojxona qoidalari kiritildi.
O’z mintaqalarida integratsiya jarayonlar rivojlanishiga Afrika davlatlari ham intilmoqda. 1989-yilda Afrika qit’asining shimoliy qismida Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marokash va Tunis ishtirokida Arab Mag’ribi Ittifoqi davlatlari tashkil topdi. Ushbu ittifoqda a’zo bo’lgan davlatlar shartnomasida mintaqaviy integratsiya darajasida iqtisodiy hamkorlik amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
XX - XXI asrlar bo’sag’asida Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham integratsiya jarayonlari kuchayib bordi. Osiyo "ajdarxolari"dan biri -Singapur, shuningdek "YAID"lar deb nom olgan Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney va Filippin kabi Janubiy-Sharkiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) qariyb 30 yillar mobaynida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Sharqiy Osiyoda iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanish istiqbollari ko’p jihatdan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (OTIX)ning tuzilishi bilan bog’liqdir. Ushbu tashkilotga Osiyo, shuningdek Shimoliy va Janubiy Amerikaning 18 davlati a’zo bo’lib kirgan.
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotining rejalariga muvofiq ushbu mintaqada 2020-yilga borib jahonda eng yirik bojxona va ichki to’siqlarsiz erkin savdo zonasini tashkil qilish nazarda tutilgan. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonlarni baholasak ko’plab mutaxassislar uning rivojlanishi stixiyali ekanligini va o’ziga xosligini ta’kidlaydilar. Buning ustiga integratsiya munosabatlar hozircha ushbu mintaqalarda yaxshi rivojlanmagan. Ayni bir paytda, iqtisodiy siyosatni o’zaro muvofiqlashtirish natijasida mintakaning ichki savdosi va kapital bozorlarining tez rivojlanishi Osiyo-Tinch okeani mintakasining integratsiyasi erkin savdo zonasiga o’tishiga imkon beradi.
Jahon iqtisodiyotida integratsiyaga, ya’ni, o’zaro chuqurlashuviga bo’lgan intilish Fors ko’rfazida joylashgan Arab davlatlari orasida ham kuzatilmoqda. 1981-yildan buyon Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Katar, Baxrayn, BAAlari va Ummon kabi davlatlarni o’z ichiga olgan "neft oltiligi" Hamkorlik Kengashi davlatlari faoliyat ko’rsatib kelmokda. Shunday qilib, real integratsiya jarayonlar ushbu davlatlarda hali juda kuchsiz bo’lib, harakteri va harakatlantiruvchi omillari rivojlanish sur’atlari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy hamkorligi integratsiya jarayonlarga ko’rilayotgan tayyorgarlik bosqichi, xolos.


Download 131,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish