Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Jahon iqtisodiyoti subyektlari va Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi bo’yicha Nazarova G.G’., Xalilov X.X., Xanova I.M., Nazarova R.R., Ishmuhammedov A.E., A.V. Vaxabov, D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o’z aksini topgan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublika oldida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish va jahon amaliyoti yutuqlaridan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish amaliyotida samarali foydalanishdek davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini takomillashtirish maqsadi turibdi.
Shu maqsadda quyidagilarni ko’rib chiqish vazifasi mavjud:
- jahon iqtisodiyoti subyektlarining jahon xo’jaligida tutgan o’rnini tahlil qilish;
- dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanish asoslarini tahlil qilish;
- O‘zbekiston iqtisodiyotining tarkibi va jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini tahlil qilish.
Kurs ishining obyekti. Kurs ishining obyekti sifatida davlat , jahon xo’jaligi, dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishini belgilashda Xalqaro moliya institutlari, Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) metodikalari
mavzusi tanlab olindi.
Kurs ishining predmeti. Kurs ishining obyekti sifatida davlat, jahon xo’jaligi, dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishini belgilashda Xalqaro moliya institutlari, Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) metodikalarini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, uch bob, o’n paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I BOB.Jahon iqtisodiyoti subyektlari va ularning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni
1.1.Davlat jahon xo’jaligi subyekti sifatida
Jahon xo’jaligi - o’zaro mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni o’rnatgan milliy xo’jaliklar yig’indisi. Jahon xo’jaligi - xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga ega bo’lib, savdo-sotiq, moliyaviy munosabatlarni o’z ichiga olgan kapital resurslar ,va ishchi kuchidan turlicha foydalanuvchi jamiyat. Jahon xo’jaligi - global iqtisodiy tizim. Bu tizim ishlab chiqarishni o’zida tashkil etib, ishlab chiqarish munosabatlarining huquqiy va siyosiy chegaralarini o’rnatuvchi xo’jalikdir.
Jahon xo’jaligida ma’lum bir maqsadlar sari intiluvchi xo’jalik faoliyati subyektlar orqali amalga oshiriladi. Subyektlar ishlab chiqarish omillarini, rivojlanish jarayonlarini yo’lga qo’yadi. Jahon xo’jalik tizimining subyektlari kerakli kapitalga ega bo’lib, ishlab chiqarish tashkil eta oladigan, xalqaro xo’jalik muhitida faoliyat yurita oladigan, xalqaro huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan doiradir. Jahon xo‘jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyektlaridan iborat mexanizm ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi.Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti sanaladi1.
Davlat - jahon xo’jalik tizimining asosiy subyekti xisoblanadi. Davlat siyosiy va iqtisodiy jamiyatning organi (sinf va guruhlarning) bo’lib, aholining qiziqishlarini qondiradigan subyektdir. Kishilik jamiyatida sinf va guruhdardan iborat subyektlar o’z qiziqishlarini davlat miqyosidagi qiziqishlarga aylantiradi. Ushbu iqtisodiy subyektlar o’z navbatida davlat bilan birlashishiga va shuningdek o’zaro iqtisodiy munosabatlarni o’rnatishga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida davlatning rivojlanishi milliy xo’jaliklarning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Milliy iqtisodiyotning aniq xo’jalik komplekslari asosida faoliyat olib borishi sababli davlat ushbu komplekslarni chetdagi salbiy aralashuvlardan himoya qiladi. Iqtisodiyotda davlat milliy chegaradan bozorga chiqishda, kapital jamg’arishida, umumxalq aloqalarni tiklash maqsadida ichki va tashqi aloqalarni nazorat qiladi, ichki mahsulotlarni ishlab chiqarishiga yordam beradi. U asosan, milliy daromad davlat tomonidan taqsimlanishi orqali amalga oshiriladi.
1996-yilda davlat nazorati ostidagi moliyaviy daromad 47 %ni tashkil etgan. Davlat normasi asosan rivojlangan mamlakatlarda 25 %ni tashkil etadi. Davlat nazorati ostiga tushadigan daromad ishchi kuchini tayyorlashga ketadi. 80-90-yillarda ishchi kuchi tayyorlash uchun ta’lim sohalariga ketgan sarf-xarajat 3,9 % dan 4,8 %ga, sog’liqni saqlash sohasida esa 2,5 %ga oshdi. Davlat aholisini ijtimoiy ta’minotidek muhim mas’uliyatni zimmasiga oladi. Ijtimoiy xizmatlar sohasiga rivojlanayotgan davlatlar 20 %. Rivojlangan davlatlar esa 50 % mablag’ ajratmoqda Davlat xo’jalik faoliyatida aktiv qatnashadi. U tovar, mahsulot, xizmat ko’rsatish sohalariga ega bo’lib, kapital jamg’arishga muolikdir. Yildan-yilga davlatning ichki mahsulotidan oladigan ulushi xususiy daromad ulushidan ortib boradi .
Umumdavlatning sarf-xarajatiga hokimiyat organlarining sarf-xarajatlari ham kiradi. Davlat kapital-mablag’ ko’paytirish hajmiga ichki va tashqi ta’sirini ham ko’rsata oladi. Ichki ishlab chiqarishda mahsulotdan olinadigan kapital daromad 0,7-14 %ni tashkil etadi. Kredit va subsidiyalar berish shaxsiy sektorning investitsiyalashtirishiga o’z ta’sirini ko’rsata oladi. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi davlatning kapital jamg’armalari va subsidiyalariga bog’liqdir. Bunga misol qilib rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo’jaligi va ilmiy-tekshirish sohalarini ko’rsatish mumkin.
Davlat yirik ish bilan ta’minlovchi organ bo’lib, u to’g’ridan-to’g’ri tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug’ullanadi. Ushbu ishbilarmonlik faoliyati iqtisodiy tanglikning oldini oladi, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yechishda yordam beradi. 1970-yilda davlat ichki ishlab chiqarish mahsulotini 20 % gacha ko’rsatib milliy daromadni qayta taqsimlab, ishlab chiqarishni boshqargan edi.
Davlat o’z hokimiyat monopoliyasi yordamida milliy strategiyani belgilaydi. Jamiyatning huquqiy asoslarini belgilab, pul-kredit munosabatlarini boshqaradi, infratizmni rivojlantirib, ijtimoiy sohada tashqi xavf-xatardan himoya qiladi. Bunda unga aholini boshqaruv guruhlari, umumxalq maqsadlari sari harakatlanayotgan aholining turli guruhlari yordam beradi.
Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosimning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqaridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim. Shunga qaramasdan milliy iqtisodiyotlarning jahon iqtisodiyotidagi mavqeyi pasayib bormoqda. Ba’zi integratsion birlashmalarda iqtisodiy suverenitet qarorlar qabul qilishning umumiy mehanizmi bilan uyg‘unlashib ketayotir. Milliy iqtisodiyot doirasida (jumladan, kichik mamlakatlarda) iqtisodiy qarorlar qabul qilishda hukumat o‘z kompaniya va fuqarolari talablaridan emas, balki aksariyat hollarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xorijiy TMKIar talablaridan, manfaatlaridan kelib chiqishmoqda.2
Do'stlaringiz bilan baham: |