O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi toshkent islom universiteti


O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon xo’jaligida tutgan o‘rni



Download 131,45 Kb.
bet12/13
Sana28.05.2022
Hajmi131,45 Kb.
#613985
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi Nezomov

1.O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon xo’jaligida tutgan o‘rni.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o'zgarishlar alohida e’tiborga loyiqdir. Ma’lumki, bizga sobiq sovet tizimidan bir tomonlama rivojlangan, faqat xom­ashyo yetishtirishga yo'naltirilgan, paxta yakkahokimligi halokatli darajaga chiq­qan, ishlab chiqarish va sotsial infratuzilmasi o'ta qoloq, aholi jon boshiga iste’mol ko'rsatkichi eng past bo'lgan iqtisodiyot meros bo'lib qolgan edi. Shuni e’tiborga oladigan bo'lsak, iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish respub- likamiz uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo'ldi.
XX asr 90-yillarining birinchi yarmida sobiq Ittifoq respublikalaridagi aksa­riyat sanoat korxonalari faoliyatining to‘xtab qolishi va ularning bankrotga uchra­shi xomashyo va butlovchi qismlarga bo‘lgan buyurtmalarining kattagina qismi­dan mahrum bo‘lgan O'zbekiston sanoat korxonalarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko'rsatdi. Bunday vaziyat tarkibiy qayta qurishlar, sanoatni diversifikatsiya qilish va eksport bozorlarini yangitdan belgilab olish ni talab etadigan davr mobaynida sanoat ishlab chiqarishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushining vaqtincha kama­yishiga olib keldi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini sanoat asosida tashkil etish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo'yicha muhim investitsion dasturlar ishlab chiqildi.
1990-2013-yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft va gaz-kimyo, temiryo'l mashinasozligi kabi yan­gi tarmoqlarning yaratilishi 2013-yilga kelib sanoat mahsulotlari umumiy hajmi­ning o'sishi hamda YalM tarkibida sanoat ulushining 24%ga yetishini ta’minladi (15.2.1-jadval).


Yalpi ichki mahsulotning iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha tarkibi (foiz hisobida)
15-2.1jadval




1990-y.

2000-y.

2005-y.

2010-y.

2012-y.

2013-y.

Jami

100

100

100

100

100

100

Sanoat

17,6

14,2

21,2

23,9

24,0

24,2

Qishloq xo'jaligi

33,4

30,1

26,3

18,0

17,5

17,6

Qurilish

5,8

6,0

4,8

6,5

5,9

6,0

Transport va aloqa

5,2

7,7

10,5

11,5

11,9

12,0

Savdo

4,5

10,8

8,8

9,2

8,6

8,5

Boshqalar

22,2

18,7

17,7

21,7

24,4

23,8

Sof soliqlar

11,3

12,5

10,6

9,2

7,7

8,0

Manba: O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi materiallari asosida luzilgan.
1990—2013-yillarda sanoat va xizmatlar sohasining barqaror o'sishi tufayli qishloq xo'jaligining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 33,4 %dan 17.6%ga tushdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha milliy iqtisodiyotimiz qishloq xo'ja­ligining YalM tarkibidagi ulushi 10%dan oshmaydigan, dunyoning jadal rivojla­nayotgan mamlakatlariga yaqinlashib bormoqda.
Milliy iqtisodiyot tarkibida yuz berayotgan sifat o'zgarishlarning yana bir muhim jihati — xizmat ko'rsatish sohasining jadal rivojlanishidir.
Mustaqillik yillarida hizmatlar tarkibida deyarli yangi bo'lgan zamonaviy bank tizimi, audit, sug'urta, lizing, konsalting, mobil va videotelefon xizmatlari, Internet kabi xizmat ko'rsatish sohalari paydo bo'ldi. Agar xizmatlar ulushi 1990-yili yal­pi ichki mahsulotda 33,8 %ni tashkil etgan bo'lsa, ushbu ko'rsatkich 2000-yilda 45 %, 2013-yilga kelib esa 45,2 %ga yetdi.16
O'tish davrining murakkab sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, xususan, neft, gaz, oltin qazib olish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini jadal rivojlantirish uchun davlat barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Natijada chuqur sifat o'zgarishlari ro'y berdi va O'zbekiston sanoatining tarmoq tarkibi diversifikatsiyalashdi va mutanosiblashdi.
III.2.O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining tarkibi va rivojlanish dinamikasi
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini erkin­lashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. O’zbekis­ton bugungi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo aloqalariga ega. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi 1990-yildagi 0,8 mlrd. dollardan 2013-yilda 28,9 mlrd. dollar hajmiga yetdi, ya’ni 36,1 martaga oshdi. Ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 24,3 martaga, import 38,3 martaga ortib, tashqi savdo balansida 0,07 mlrd. dollarlik saldodan 1,3 mlrd. dollarlik ijobiy saldoga erishildi.­(15.3.1-diagramma)
15.3.1-diagramm. O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmining o‘sishi, mlrd. doll.





Download 131,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish