O‘zbekisтon respublikasi



Download 6,58 Mb.
bet124/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Ogohlantiruvchi avtomat signal berish texnik vositalari. Kuchlanishli qismlarga yaqinlashish xavfi borligi haqida avtomat signal berish vositalari xodimlarni elektr tokidan muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Bunday signalni, masalan, SNI turidagi qurilma amalga oshirishi mumkin. Bu qurilmaning gabarit o‘lchamlari 90x60x32 mm, massasi 150 g bo‘lgan plastmassa qutidan iborat bo‘lib, uni himoya kaskasiga mahkamlab qo‘yish yoki ko‘krakka osib olish mumkin (4.24 – rasm). SNI tarmoq nominal kuchlanishlarining 4 diapozoniga mo‘ljallab chiqariladi, bu kuchlanishlar uning korpusida ko‘rsatib qo‘yiladi: 0,38...1 kV; 6...10 kV; 20...35 kV va 110 kV.



    1. – rasm. Elektr tarmog`iga xizmat ko‘rsatishda muhofazalanish usuli:

1- tarmoq faza simlari; 2-elektrmagnit maydon kuch chiziqlari; 3-tarmoq ustuni; 4- xizmat ko‘rsatuvchi xodim; 5-boshga kiyiladigan himoya qalpoqi; 6-qalpoqga mahkamlanadigan elektr toki xavfidan ogohlantiruvchi signal berish vositasi; L- signal berish vositasining harakatga kelish radiusi.
Signal berish vositasi tok eltuvchi qismlarga qoidalarga ko‘ra yo‘l qo‘yilgan masofa plyus 0,7 m (cho‘zilgan qo‘l uzunligiga teng masofa) masofaga yaqinlashilganda uzlukli ovoz signali beradi. 0,4 kV li taqsimlash qurilmalarida bu masofa 1 m ga, 0,38 kV li havo tarmoqlarida, agar nolinchi sim bo‘lmasa, 1,5 m ga, nolinchi sim bo‘lsa, 0,3 m ga teng.
Signal berish vositasi o‘tkazgichlar atrofida yuzaga keladigan elektr magnit maydoni ta’siri ostida ishlaydi. Elektr magnit maydoni ta’siri ostida hosil bo‘lgan signal asbobning elektron bloklarida kuchaytiriladi va mikroradiokarnayga uzatilib ogohlantiruvchi tovushga aylantiriladi.


    1. Elektr uskunalari shikastlanganda elektr toki ta’siriga tushishdan himoyalanish usullari




      1. Himoyaviy yerga ulash


Elektr qurilmalari va mashinalarida, uskunalar va elektr uzatish tarmoqlarida qisqa tutashishlar xavfli holatlarni yuzaga keltiradi. Bu tutashishlar natijasida qurilmalar qobiqlarida va metall tayanchlarda odamni shikastlashi mumkin bo‘lgan kuchlanishlar vujudga keladi. Qisqa tutashish toki faqat jihozlardagini emas, balki asos va poydevordan o‘tib, uning atrofida ham xavfli potensiallar maydonini vujudga keltiradi. Qisqa tutashishlar yong‘in sodir bo‘lishiga ham sababchi bo‘lishi mumkin.


Elektr qurilmalari va mashinalari qobiqlarida va metall tayanchlarda odamni shikastlashi mumkin bo‘lgan kuchlanishdan muhofazalanishning asosiy usullaridan bittasi ularni yerga ulashdir.
Yerga ulashning quyidagi uchta turi mavjud [35]:

  1. Himoyaviy yerga ulash. Yerga ulashning bu turi elektr uskunalarining himoya izolatsiyasi buzilib, qobiqlari kuchlanish ostida qolgan taqdirda ishlovchilarni elektr toki ta’siridan muhofaza qilish maqsadida qo‘llaniladi.

  2. Ishchi yerga ulash. Yerga ulashning bu turi elektr uskunalarining normal ish rejimini ta’minlash maqsadida bajariladi.

  3. Atmosfera elektridan (yashindan) himoyalash uchun yerga ulash. Yerga ulashning bu turi binolarni, inshootlarni, elektr va texnik qurilmalarni yashindan muhofaza qilish maqsadida qo‘llaniladi.

Bu bo‘limda faqat himoyaviy yerga ulash to‘g‘risida gap boradi. Elektr qurilmalarining normal ishchi holatida kuchlanish ta’siri ostida bo‘lmaydigan metall qismlarini o‘tkazgichlar yordamida yer bilan tutashtirishga himoyaviy yerga ulash deyiladi.
Himoyaviy yerga ulash qurilmalari quyidagi elektr uzatish tarmoqlarida qo‘llaniladi:

  1. kuchlanishi 1000 voltgacha bo‘lgan va neytral nuqtasi yerdan izolatsiya qilingan uch fazali tarmoqlarda;

  2. neytral nuqtasining holatidan qat’i nazar kuchlanishi 1000 volt va undan yuqori bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida.

Demak, himoyalash uchun yerga ulash kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan, neytrali izolatsiyalangan va kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan, neytrali istalgan rejimdagi, uch fazali elektr qurilmalarda ishlatiladi. Bundan tashqari: kuchlanish 500 V va undan yuqori bo‘lgan barcha hollarda; o‘zgaruvchan tokning kuchlanishi 36 V dan yuqori va o‘zgarmas tokning kuchlanishi 110 V bo‘lganda faqat yuqori xavfli va o‘ta xavfli sharoitli binolar ichida, hamda tashqi qurilmalarda; kuchlanishning kattaligidan qat`i nazar, portlash xavfi bo‘lgan barcha binolarda albatta yerga ulash bajariladi.
Elektr mashinalari, transformatorlar, jihozlar, uskunalar, yoritkichlarning metall konstruktiv qismlari, binolardagi elektr chiroq tizimlarining asos qismlari, yuritmalar, o‘lchash transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari, taqsimlash shkaflarining qobiqlari va boshqalar yerga ulanadi.
Sexdagi yerga ulanadigan jihozlar binoning ichida devor bo‘ylab yotqizilgan yerga ulash magistraliga ulanadi, u o‘z navbatida yerga ulagichga (1) simlar (2) yordamida ulanadi. Yerga ulagich yerga yotqizilgan va u bilan zich kontaktda bo‘lgan ko‘pgina elektrodlar(qoziqlar)dan iborat bo‘ladi. Yerga ulagich va yerga ulash simlarining yig‘indisi yerga ulash qurilmasi deyiladi. Yerga ulagichlar
ulanadigan uskunaga nisbatan bitta chiziq bo‘yicha yoki yopiq sirtmoq (kontur) shaklida joylashtirilishi mumkin (4.25 – rasm).
Himoyaviy yerga ulash konstruktiv jihatdan yerga ulash qurilmasi orqali amalga oshiriladi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi (4.26 – rasm):

  1. yerga ulagichlar (qoziqlar): yotiq holatdagi ulash simlari bilan bir-biriga ulangan bir nechta qoziqlardan iborat;

  2. ulash simi (o‘tkazgich): yerga ulanayotgan elektr uskunasi metall qismini, ya’ni qobig`ini, yerga ulagichlar bilan bog‘laydi.

Yerga ulagichlar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Тabiiy yerga ulagichlar sifatida temir-beton konstruksiyalarning armaturalaridan, kabellarning qo‘rg‘oshin qobiqlaridan, suv va boshqa suyuqliklar uchun ishlatiladigan po‘lat quvurlardan va boshqa metall konstruksiya va elementlardan foydalanish mumkin. Portlash va yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan quvurlarni yerga ulash vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas.





    1. – rasm. Himoyaviy yerga ulash qurilmasini elektr uskunalariga nisbatan joylashtirish sxemalari: a - tashqariga chiqarilgan yerga ulash; b - kontursimon yerga ulash; 1- yerga ulagichlar; 2 - yerga ulash magistral simi; 3 - yerga ulanuvchi elektr uskunalar; 4-xona devorlari.

Тabiiy yerga ulagichlar bo‘lmaganda yoki ularning qarshiligi me’yoriy talablarga javob bermasa sun’iy yerga ulagichlar quriladi.


Sun’iy yerga ulagichlar har xil shakldagi po‘lat prokatlardan 2...5 metr uzunlikda tayyorlanadi. Ularning diametriga, qalinligiga va kengligiga ma’lum
darajada talablar qo‘yilgan, masalan diametri 30...50 mm, devori qalinligi 2,5...3,5 mm bo‘lgan po‘lat quvurlar, yelka kengligi 40x40 va 60x60 bo‘lgan po‘lat burchaklarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Тayyorlangan qoziqlar gruntga uch xil holatda joylashtiriladi: 1) uchi yer yuzasidan chiqib turgan tik holatda; 2) 0,5...0,8 metr chuqurlik qazilib tik holatda ko‘miladi; 3) ma’lum bir chuqurlikka yotiq holatda joylashtirilib ko‘milishi mumkin [34, 35].



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish