Kuchlanish ostidagi o‘tkazgichlarni yaqiniga borib bo‘lmaydigan qilib joylashtirish
Ma’lumki, butun uzunligi bo‘yicha elektr izolatsiyalangan tok o‘tkazuvchi qismlardan tashqari, izolatorlarda, faqat ayrim nuqtalarda mahkamlab qo‘yiladigan, izolatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlardan ham foydalaniladi, ya’ni havodan izolatsiyasiz ochiq simlar bilan tortilgan tarmoqlar ham mavjud. Bu holda ularni tasodifan tegib ketilmaydigan qilib yer yuzasidan, yoki undagi obyektlardan ma’lum bir balandlikda joylashtiriladi. Masalan, havo tarmoqlarining simlari kuchlanishga bog‘liq holatda turli balandlikdan tortiladi. Elektr dvigatellarining biriktiriladigan qisqichlari esa qopqoqlar bilan, elektr apparatlar, shinali o‘tkazgichlar qobiqlar tarzidagi yaxlit to‘siqlar bilan yoki to‘rsimon to‘siqlar bilan, masalan, taqsimlash qurilmalaridagi kabi, to‘sib qo‘yiladi.
Тo‘siqlar dielektrik yoki metall materiallardan tayyorlanadi, ammo tok o‘tkazuvchi izolatsiyalanmagan qismlardan ma’lum masofada joylashtiriladi. Bu masofa elektr qurilmaning kuchlanishiga va to‘siqning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lib, EUТQ bo‘yicha me’yorlangan [44].
Yopiq taqsimlash qurilmalarida qurilmaning nominal kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lganda yaxlit to‘siqlargacha bo‘lgan eng kam masofa 50 mm ni, 6 kV da 120, 10 kV da 150, 35 kV da 320 mm ni tashkil etishi kerak, to‘rsimon to‘siqlarda
esa bu masofa tegishlicha 100, 190, 220 va 390 mm bo‘ladi.
EUТQ havo tarmoqlarining gabaritini ham, ya’ni yerdan tayanchlar orasida tortilgan simning eng past nuqtasigacha bo‘lgan masofani ham belgilaydi, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan tarmoqlarda u 6 m dan kam bo‘lmasligi, kuchlanishi 1 dan 110 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda aholi yashaydigan joylarda 7 m, aholi yashamaydigan joylarda 6 m, borish qiyin bo‘lgan (botqoqlik, tog‘lik) joylarda 5 m bo‘lishi kerak. Avtomobil yo‘llarini kesib o‘tadigan, 110 kV gacha kuchlanishda bo‘lgan har qanday tarmoqda gabarit kamida 7 m, temir yo‘lni kesib o‘tadigan joylarda (relsgacha) 7,5 m bo‘lishi lozim.
Kuchlanishi 1000 V dan ortmaydigan tarmoqlarda gorizontal bo‘yicha tarmoq simlaridan balkon, deraza va ayvonlargacha yo‘l qo‘yiladigan eng kichik masofa 1,5 m, binolarning yalang devorigacha 1 m bo‘lishi zarur. Har qanday yo‘nalishda daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklarning shoxlarigacha kamida 1 m bo‘lishi lozim.
Тomlarning ustidan havo tarmoqlari o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, tom orqali (po‘lat trubada) simlarni kiritish bundan mustasno, shu bilan birga, kiritilgan simlarning izolatorlaridan tomgacha bo‘lgan masofa vertikal bo‘yicha kamida 2,5 m bo‘lishi kerak. Binoga devor orqali kiritilgan simlardan binoning chiqib turadigan qismlari, masalan, tomning bo‘g‘otigacha kamida 0,2 m (4.17 – rasm), aloqa va radiolashtirish tarmog`igacha 1,5 m, yergacha esa kuchlanish 380/220 V bo‘lganida 2,75 m, agar kiritilayotgan sim piyodalar yuradigan yo‘lni kesib o‘tsa, 3,5 m masofa bo‘lishi zarur. Тayanch ustunga o‘rnatilgan nimstansiyalarda yerdan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan chiqarish simlarining izolatorlargacha 3,5 m, xuddi shunday nimstansiyalarda 6 – 10 kV kuchlanishli tok keltiruvchi qismlargacha 4 m bo‘lishi kerak.
Elektr zanjirini ulashda yoki uzishda tok keltiruvchi qismlarga tasodifan tegib ketishdan himoya qilish uchun oldinlari keng tarqalgan ochiq rubilniklar o‘rniga ulab-uzgich va almashlab ulagichlarning zamonaviy yopiq konstruksiyalaridan, shuningdek, avtomat ulab-uzgichlardan (A-3000, AK-50 va boshqa) foydalaniladi.
– rasm. Bino ichiga elektr kabelini tortib kiritishdagi o‘rnatilish qoidalari: 1- izolator; 2- mahkamlagich; 3- montaj lentasi; 4- farfor vtulka; 5- farfor quvur;
6- APV simi; 7- izolatsiya quvuri.
Do'stlaringiz bilan baham: |