XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o'ziga xos xususiyatlari. Bashariyat
beparvolikka berilib, uning bunyodkorlik intilishlari susaygan paytda yovuz va buzg'unchi
mafkuralar jozibali shiorlarni niqob qilib, odamlarni chalg'itib, hokimiyatga egalik qilib olishi
ham mumkin. XX asrning 30-yillarida Italiya va Germaniyada fashizmning g'alaba qozonishi,
buning natijasida dunyo halokat yoqasiga borib qolgani, insoniyat boshiga tengsiz kulfatlar
yog'ilgani bunga misol bo'la oladi. Albatta, fashizm g'oyasi o'z-o'zidan paydo bo'lgani yo'q. U
zikr etilgan davlatlardagi o'zaro qarama-qarshiliklar, ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy muammolar
natijasida vujudga kelgan va asta-sekin kuchayib borgan. Xususan, Italiyada 1910-yildan «Milliy
g'oya» nomli jurnal nashr etila boshlagan. Unda asosan tajovuzkor millatchilik targ'ib etilgan.
Ushbu mamlakatdagi hamda butun dunyodagi taraqqiyparvar kuchlarning bunday noxush holga
loqayd qaragani, kurash yo'lida birlasholmagani natijasida fashizm tez orada hukmron mafkuraga
aylandi. Bu odamzod uchun achchiq saboq bo'lib, har qanday g'oya va mafkura ezgulik va
bunyodkorlik intilishlarini mujassam etmasa, xalqni vayronkorlik sari boshlasa, oxir-oqibatda,
inson hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin ekanligini ko'rsatadi.
Ana shunday vayronkor mafkuralardan biri bolshevizm edi. U sinflar o'rtasidagi ijtimoiy-
siyosiy qarama-qarshilikni mutlaqlashtirishga, hokimiyatni har qanday yo'l bilan egallashga,
xalqni mulksiz, g'urursiz olomonga aylantirishga qaratilgan edi. U zo'ravonlikni, qon to'kish va
ommaviy qatag'onlarni oqlash uchun jamiyatni sun'iy ravishda qarama-qarshi taraflarga ajratdi.
Bunday qarama-qarshilik doimiy mafkuraviy targ'ibot natijasida nafaqat guruh va qatlamlarni,
balki oilalarni ham qamrab oldi. Odamlar “qizillar va oqlar”ga bo'linib ketdi. Buning natijasida
ota o'g'ilga, aka ukaga, do'st birodarlariga qarshi kurashdi. Qisqasi, xalqning kuch-idroki
bunyodkorlikka emas, vayronkorlikka yo'naltiriladi. Yaratish, ijod qilish emas, balki buzish va
yo'q qilish, odam o'ldirish mardlik va qahramonlik sifatida ulug'lanadigan bo'ladi. Lekin bu
mafkura dunyoning oltidan bir qismida etmish yildan ortiq hukmronlik qilganiga qaramay,
g'ayriinsoniy mohiyati tufayli, oxir-oqibatda, halokatga uchradi. Agar jamiyat taraqqiyotiga
—Insoniyat tarixi - g'oyaiar tarixidir” degan tamoyil asosida nazar solinsa, XX asrda bu jihatdan
davlatlarning 3 xil yo'ldan borgan shakli rivojlanishi ma'lum bo'ladi: Muayyan g'oya va mafkura
mutloqlashtirilgan (ideologizasiyalashgan) davlatlardir. Bunda biron bir sinf, partiya yoki
qatlamga oid mafkura mutlaq hukmronlik darajasiga ko'tariladi, boshqa mafkura va qarashlarga
yo'l qo'yilmaydi. O'zgacha qarashdagi kishilar yo'q qilinadi, ularga xos g'oya va mafkuralar
ta'qiqlanadi. Sobiq ittifoq, ba'zi sosialistik lager mamlakatlari va fashizm hukmron bo'lgan
davlatlar bunga misol bo'ladi. Yuqoridagi holning xalqlar va davlatlar boshiga nihoyatda katta
kulfatlar keltirgani, fashizm va kommunizmning mohiyatan bir xil, ammo bir-biriga qarama-
qarshi mamlakatlar hayotini butunlay qamrab olgani, oxir-oqibatda 1-2-jahon urushlarni keltirib
chiqargani G'arbdagi ko'pgina mamlakatlarni boshqacha yo'ldan borishga majbur qildi. Bu yo'l
siyosat o'z yiliga - g'oya o'z yo'liga, mafkura o'z yo'liga - davlat o'z yo'liga degan qarash
(deideologizasiya) asosida shakllandi. Ammo XX asrning 60-yillari oxirida kelib bu yo'l ham
to'g'ri emasligi, g'oya va mafkurasiz millat, davlat va jamiyat hayoti halokatli bo'lishi
mumkinligi, jamiyatda umumiy bir g'oyaviy tamoyillar lozimligi aniq bo'lib qoldi.
Demokratiya, fikrlar rang-barangligi, vijdon erkinligi, inson huquqlari ustuvor bo'lgan
jamiyatda qanday qilib umumiy mafkuraviy tamoyillar bo'lishiga erishish mumkin? degan
savollar paydo bo'ldi. Ana shu savollarga javob tariqasida ilg'or demokratik davlatlarda g'oyaviy
taraqqiyoning zamonaviy yo'li - reideologizasiya tamoyillari asosida hayot kechirishga o'tildi.
Bunda biron-bir mafkura hukmron va davlat mafkurasi darajasiga ko'tarilmaydi. Balki davlat bu
sohada ham asosiy islohotchi sifatida ish yuritadi. U jamiyatdagi tinchlik, barqarorlik, mushtarak
maqsadlarga erishish uchun boshqa sohalar kabi g'oyaviy-mafkuraviy sohada ham taraqqiyotning
hamma uchun birdek ahamiyatga ega bo'lgan umumiy tamoyillariga butun jamiyat miqyosida
amal qilishini kafolatlaydi. Bunda davlat mafkurachi emas, balki jamiyatdagi fikrlar xilma-
xilligi, qarashlar rang-barangligi uchun huquqiy-siyosiy kafolatlar, g'oyaviy asoslar va
mafkuraviy imkoniyat doimo mavjud bo'lishini ta'minlaydi. Jahonning demokratik mamlakatlari
tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari to'plangan. XX asr 60-70
yillari G'arbiy Yevropa va AQShda mafkurasizlashuvga, ya'ni ijtimoiy hayotni mafkuradan holi
(deideologizasiya) etishga urindilar. Lekin bu yo'l o'zini oqlamadi. Chunki tarbiyadagi
mafkuraviy bo'shliq o'z asoratlarini ko'rsata boshladi... Natijada “mafkuraviy yangilanish”,
—qayta mafkuraviylashuv” (reideologizasiya)ga kuchli zarurat tug'ildi va mafkurasizlik xatosini
tuzatishga kirishildi. Shu tariqa, G'arbiy Yevropa va AQShning pozitivistik pedagogikasi
ijtimoiy qadriyatlarga e'tiborni, mafkuraviy tarbiyani o'z ichiga oluvchi “maktabda o'quvchilarni
siyosiy indoktrinatsiyalashni amalga oshirish” kontseptsiyasini ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq
qila boshladi.
O'zbekiston davlati sobiq SSSR davrida ideologizasiya (mafkuralashtirish) yo'lidan 1991
yilgacha keldi. So'ngra deideologizasiyalashtirildi. Birinchi Prezident Islom Karimov 1998 yil
“Tafakkur” jurnali bosh muharriri bilan suhbatidan —Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni -
millat qilishga xizmat etsin”, 2000 yil —Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk
kelajakka ishonchdir” (—Fidokor” gazetasi muhbiri bilan savol-javoblari) suhbatidan so'ng
O'zbekiston reideologizasiya (2000) yo'lini tanladi. Amerika maktablarida mafkuraviy
immunitetni shakllantirish - o'z milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Shu
sababli AQShning —Millat” (—The Nation”) jurnali —Agar ijtimoiy fan o'qituvchisi maktab
sinfidan o'zining liberal qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tez orada
ishsizga aylanadi”, - deya ogohlantiradi.
Demak, mafkuralar ma'no-mohiyatiga ko'ra bunyodkor g'oyalar va mafkuralar 1) falsafiy,
2) dunyoviy, 3) diniy ta'limotlar asosida yaratiladi. Turli ijtimoiy-siyosiy kuchlar o'z
mafkuralarini yaratishda siyosiy g'oyalar bilan birga diniy oqimlar, falsafiy maktablar va ilm-fan
yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi. Vayronkor g'oya va
mafkuralarning eng ko'p uchraydigan shakllaridan biri diniy aqidaparastlikdir. Ular, xalqning
taraqqiyot darajasiga qarab, muayyan davrlarda G'arbda ham, Sharqda ham hukm surgan,
bugungi kunda ham dunyoning turli hududlarida turli shakllarda paydo bo'lmoqda. Ular
terrorchilik, diniy ekstremizm, qurol-yarog' va giyohvand moddalar savdosi kabi jinoyatkorona
xatti-harakatlar bilan birlashib, eng zamonaviy qurol-aslaha hamda texnik vositalarni egallab,
odamzod uchun katta ofatga aylanmoqda. Bugungi kunda Suriya, Iroq, Yaqin Sharq, Bolqon
yarim oroli, Shimoliy Kavkaz, Afg'oniston, Jazoir kabi mintaqa va mamlakatlar bu illatlar keng
yoyilgan hududlarga aylanib qolmoqda.Aqidaparastlik har qanday shaklda ham insoniyat uchun
nihoyatda xatarlidir. Hozirgi davrda ham hamma narsani inkor etishga, hech qanday ijtimoiy
me'yor va qonun-qoidalarni tan olmaslikka da'vat etuvchi, ko'p hollarda vatansizlikni
mutlaqlashtiradigan ba'zi mafkuralar turli ko'rinishlarda namoyon bo'lmoqda. Prezidentimiz
ta'kidlagani kabi, bashariyatni jaholatdan ma'rifatga, zulmatdan ziyoga olib chiqadigan
umuminsoniy g'oyalarni asoslash va amalga oshirish yo'l-yo'riqlarini kashf etish uchun kishilik
tarixining turli davrlarida beqiyos aql-zakovat, iste'dod va tafakkur egalari mislsiz zahmat
chekkanini ko'ramiz. Zardusht, Suqrot, Aflotun, Arastu, Konfusiy, Forobiy, Alisher Navoiy va
Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati bunga yorqin misol bo'la oladi. Milliy g'oya
va mafkura o'zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda
jamiyatni birlashtirib, uning salohiyat va imkoniyatlarini ulug' maqsadlarga safarbar etishga
xizmat qiladi.
Masalan, XX asrda katta ahamiyatga ega bo'lgan yapon milliy mafkurasi “kattaga
hurmat”, “ona yerga sadoqat”, “yaponlarga xos ruh”, “umummilliylik”, “fidoyilik”,
“vatanparvarlik”, —fuqarolik burchi”, “tadbirkorlik”, “jamoaga sadoqat” kabi g'oya va
tushunchalarni qamrab oladi. Bu tushunchalar xalq hayotiga mos kelgani, ularni yuksak
maqsadlar sari boshlagani uchun o'tgan asrda Yaponiyaning jadal rivojlanishiga asos bo'ldi.
G'oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik esa millatning birdamligi, davlatning qudratiga putur
etkazadi. Masalan, ayrim hukmdorlarning Chingizxon bosqini, Chor Rossiyasi istilosi davrida
xalqni birlashtirib, kurashga safarbar etolmagani mamlakatimizning qaramlikka tushib qolishiga
olib kelganini tarixdan yaxshi bilamiz.
Xulosa qilib aytganda, g'oya va mafkuralarning tarixiy shakllari, mazmun-mohiyatini
asrlar mobaynida ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o'rtasidagi azaliy kurash
belgilab keladi. Har bir kishi buni yaxshi bilmog'i, bu borada o'z o'rnini topmog'i, hayoti va
faoliyatini ezgu ishlarga sarflamog'i lozim.
Ta'kidlash lozimki, har bir davrning o'ziga xos ijtimoiy taraqqiyotining o'sha bosqichini
o'zida mujassam etgan g'oyalari mavjud bo'lgan. Masalan, ibtidoiy jamiyatda inson
yovvoyilikdan madaniylashishga o'ta boshladi, tabiat sirlarini o'rganib o'zining inson ekanligini
his etish bilan bog'liq g'oyalar yuzaga kela boshladi. Ko'hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning
asarlari jamiyatning g'oyaviy-mafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Yurtimiz xalqlarining tarixi, madaniyati o'z ildizlari bilan asrlar qa'riga borib taqalishi va uzoq
ming yillarni o'z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf
va tarixchilarning yozib qoldirgan ma'lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg'uziyning —Qisasi
Rabg'uziy”, Alisher Navoiyning —Tarixi muluki Ajam”, Firdavsiyning —Shohnoma” asarlaridan,
zardushtiylikning muqaddas kitobi —Avesto”dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi
turkiy bitiklar, jumladan O'rxun-Enisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz
mumkin. Milliy g'oya va mafkuramizning ildizlari o'ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar
- Arrian, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu Rayxon Beruniy,
Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi.
Qayd etish lozimki, O'zbekistonda milliy tiklanish, bir tomondan milliy o'zlikni anglash,
boshqa tomondan, jamiyatning g'oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish asnosida yuz berdi. —Ayni vaqtda biz jamiyatni va
jamiyat tafakkurini yangilashning inqilobiy usullariga, bu jarayonni sun'iy ravishda chetdan
turib, zo'ravonlik yo'li bilan tezlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga mutlaqo
qarshimiz. Biz barcha sohalarda, jumladan, ma'naviy sohada ham tadrijiy-evolyusion islohotlar
yo'li tarafdorimiz va bunga qat'iy amal qilamiz. Ya'ni, sodda qilib aytganda, odamlarning
dunyoqarashi, e'tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar vademokratik qarashlarning
kengayishi va mustahkam o'rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning
moddiy turmush darajasi va madaniy saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan
chambarchas bog'liq ekanini hayotning o'zi taqozo etadi”.
Mustabid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy g'oyalar tarixiga sinfiylik nuqtai nazardan
yondashildi, faqat kommunistik mafkuraga mos, to'g'ri keladigan g'oyalargina tan olindi, xolos.
Xalqimizning o'tmish ma'naviyati, falsafiy g'oyalariga e'tibor berilmadi. Keng xalq ommasi
orasida markscha-lenincha falsafa, ilmiy ateizm va ilmiy kommunizm g'oyalari keng targ'ib
qilindi. Ularga nomuvofiq ta'limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. O'z milliy madaniyati, urf-odati
va an'analariga sodiq bo'lgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyolilar, olimlar, shoir va
yozuvchilar qatag'on qilindi.
Endigi vazifa — sobiq mafkuraning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramizga
tayanib, boy ma'naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy-falsafiy g'oyalar tarixini chuqur, har
tomonlama o'rganish hamda ularga amal qilib, porloq istiqbolni yaratishdan iborat. Bu borada
O'zbekistonda Birinchi Prezidentimiz asoslab bergan jamiyat va odamlarni, turli guruh va
qatlamlarni taraqqiyot sari yetaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo'lida birgalikda harakat qilishga
undovchi bunyodkor g'oyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday g'oyalar ta'sirida inson
ezgulikka etishish, millatlar va davlatlar esa ozodlik va mustaqillikka erishish uchun intiladi,
adolat va haqiqat tantanasi yo'lida kurashadi, buyuk tarixiy g'alabalarni qo'lga kiritadi.
Mustaqillik - milliy g'oya fanining bosh mavzusi. Ma'naviy jasorat - millat g'oyasi va
ruhining ifodasi.
Mustaqillik so‘zi: «Mustaqil [arabcha - erkin, ozod; tobe bo'lmagan, alohida]-1) ixtiyori
o'zida bo'lgan; tobe, qaram bo'lmagan; 2) o'zganing yordamisiz yoki rahbarligisiz ish qila
oladigan, o‘zicha fikr yurita oladigan, yashay oladigan; 3) faqat o'ziga taalluqli, o'zgalar
ishtirokisiz, ta'sirisiz bo'ladigan»,-degan ma‘nolarni bildiradi. Mustaqillikning
umummetodologik ahamiyati shundaki, u millat, halq manfaatlaridan kelib chiqib, barcha
sohalarga - ishlab chiqarish, fan-texnika, iqtisod, siyosat, xuquq, ma'naviyat, madaniyat, turmush
tarziga ham ozodlik va obodlik ruhini berdi. Va ayni ana shu mustaqillik ruhi har bir voqea,
hodisa, jarayonlarning metodologik asosi bo'lib xizmat qiladi. Bu - mustaqillikning
qonuniyati bo'lib, undan boshqacha yo'l bo'lishi ham mumkin emas. Boshqacha yo'l - bu yana
ozodlikdan mahrum bo'lish, tobelik, qullik, mutelik, adolatsizlik sari bosilgan ayanchli qadam
bo'lar edi. Shunday ekan, mustaqillik - o'zbek xalqi uchun yashash huquqi, u hayot-mamot
masalasi. Bu huquq faqat kurash, mehnat qilish, adolat o'rnatish va Vatan baxt-saodati rivojini
mustahkamlashdir. Mustaqillikning jamiyat hayotidagi tub mohiyati haqida Sh.M.Mirziyoev:
«Agar har bir xalq, har bir davlat mustasil bo'lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat
ishchisini, hatto shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha'nini
tuproqqa qorishi mumkin ekan. Biz yaqin tariximizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar
misolida mustasilligimizning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab
yetishimiz, uni har sanday yovuz kuchlardan himoya
qilishga doimo tayyor turishimiz shart»9, — degan edi.
Mustaqillikning asosan quyidagi shakllari mavjud: birinchisi - siyosiy mustaqillik,
ikkinchisi- iqtisodiy mustaqillik, uchinchisi - ma'naviy-madaniy mustaqillik. Siyosiy mustaqillik
deb, har bir millat va xalqning o'z davlat hokimiyatiga, davlat muassasalariga, konstitusiyasiga,
fuqaroligiga, tiliga, milliy puliga, davlat ramzlariga, davlat chegarasiga ega bo'lgan holda o'zini
o'zi idora etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, o'z taqdirini o'zi hal qilishdan
iborat bo'lgan maqomiga aytiladi va hokazolar. Iqtisodiy mustaqillik deb, har bir millat va
xalqning o'z tabiiy va moddiy boyliklariga to'la huquqiy ega bo'lib, ishlab chiqarish, iste'mol,
taqsimot, ayriboshlash munosabatlarini mustaqil ravishda tashkil etish, yashash uchun zarur
bo'lgan moddiy ne‘matlarni yaratish faoliyatiga aytiladi. Ma'naviy-madaniy mustaqillik deb, har
bir inson, millat va xalqning olamda yuz berayotgan voqea, narsa, hodisa va jarayonlarga
nisbatan erkin fikr bildirishiga, o'zining milliy hislatlarini, fazilatlarini umuminsoniy
qadriyatlarga mos ravishda namoyish qilish asosida betakror madaniy borliq yaratish faoliyatiga
aytiladi.
Manaviy jasorat-qalbida, yuragida jasorat hissi nihoyatda kuchli bo’lgan insonlar har
qanday murakkab vaziyatda ham adolat va haqiqat yo‘lida o‘zini ayamay, el-yurt uchun,
Vatan uchun ibratli ishlarni amalga oshirishi.
Ma‘naviy jasorat-insonlarga hos bo‘lgan ma‘naviy fazilatlarni ezgu ishlar, his-tuyg‘ular,
muqaddas va ulug‘ tushunchalar bilan uyg‘unlashib, millat g‘oyasi va ruhining
ifodalanishidir.
Ma‘naviy jasorat sohiblari: Sokrat, Platon, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy,
Kopernik, Galiley, Bruno, Mahatma Gandi, Amir Temur, Najmiddin Kubro, Yahyo
G‘ulomov, Zulfiyaxonim, Ozod Sharofiddinov, Islom Karimov va boshq...
Birinchi Prezidentning qat‘iyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan,
taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Islom Karimovni qancha e‘zozlasak,
xalqimizga, yoshlarimizga ma‘naviyat yetkazgan bo‘lamiz, deya ta‘kidlagandi Shavkat
Mirziyoyev.
9
Mirziyoev Sh.M. «Shunday o'lka doim bor bo'lsin» // Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. -T.:«O‘zbekiston», 2017. -B.344.
Nazorat savollari:
Milliy g'oyaning tarixiy ildizlari deganda nimalarni tushunasiz?
“Insoniyat tarixi - g’oyalar tarixidir”, “Mafkura - istiqlolning yaratuvchisidir” degan
tavsiflarning mazmun-mohiyatini qanday tushunasiz?
Milliy va umuminsoniy g'oyalarning o'zaro nisbati, ularning shakllanishi va rivojlanishining
o'ziga xos xususiyatlari haqidagi fikringiz?
Milliy-diniy asosdagi mafkuralardan qaysilarini bilasiz? Monizm, dualizm, plyuralizm,
idealizm va materializm haqida gapirib bering.
Bunyodkor va vayronkor g'oyalarning mohiyati haqida gapirib bering.
Vayronkor g'oyalarning eng ko'p tarqalgan shakllari qaysilar?
Milliy g'oya va mafkuralar qanday talablarga javob berganda xalqni ezgu maqsadlar sari
safarbar eta oladi?
—Eng buyuk jasorat-ma'naviy jasoratdir” deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
Toshkent -“O‘zbekiston” -2017.
Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, -
Toshkent -“O‘zbekiston” NMIU, 2018.
Karimov I. Milliy mafkura - davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma'naviy
kuch-qudrat manbai. - T. 8. -T. : O'zbekiston, 2000. 462-474 betlar.
Karimov I. Jamiyatimiz mafkurasi - xalqni xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin. T. 7. -
T. : O'zbekiston, 1998. 84-102 betlar
Karimov I. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T.: Ma'naviyat, 2008.
Milliy istiqlol g'oyasi. -T.:Akademiya, 2005.
Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: Yangi asr avlodi», 2001.
Milliy g'oya va rahbar mas'uliyati/ Q. Nazarov, I. Ergashev va boshq. O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi. -T.: G'afur
G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007
3 - Ma’ruza. Milliy g„oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o„zaro
bog„liqligi
Reja
Ijtimoiy taraqqiyot va tarixiy jarayonlarning milliy g’oyalar shakllanishi hamda amal qilishiga
ta’siri.
Tarixiy xotira g’oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma’naviy omil.
Siyosat va mafkuraning o’zaro aloqadorligi va farqi.
Milliy g’oyada mentalitetning namoyon bo’lishi.
O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g’oyalarning takomillashuv jarayoni,
unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |