O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g’oyalarning takomillashuv
jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo’lishi. Dunyoda yangi
jamiyatni barpo etish va unga mos g‘oyalar tizimini shakllantirishning tayyor andozasi yo‘q. Bu
borada hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham to‘la-to‘kis qo‘llash
qiyin. Chunki har bir mamlakat hayotining tarkibiy tuzilishi, xalqining mentaliteti, aholi tarkibi
va taraqqiyot tamoyillari boshqa davlatnikiga aynan o‘xshamaydi. Ba'zi mamlakatlarda
yaxshigina samara beradigan g‘oyaviy tamoyillar o‘zga davlatlarda hech qanday natija
bermasligi yoki aksincha, muammolarni yanada chuqurlashtirishi ham mumkin.
Shu bois yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin taraqqiyot tamoyillari tanlab
olinayotganida rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan birga, xalqimizning tarixiy qadriyatlari,
mentaliteti, turmush va tafakkur tarzi, milliy davlatchilik an‘analari, xalqimiz boshidan
kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlariga alohida e‘tibor qaratildi.
Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, hayotimizda tub o‘zgarishlar yuz berdi, xalqimiz
tabiati va dunyoqarashiga yot bo‘lgan mustabid tuzum va uning mafkurasi barham topdi. O‘z
umrini o‘tab bo‘lgan eski mafkura o‘rnida yangi ijtimoiy munosabatlar, xalqning asl
maqsadmuddaolarini ifoda etuvchi ilg‘or va bunyodkor ta'limot milliy istiqlol g‘oyasi
shakllandi.
Yurtimizda shakllanayotgan yangi g‘oyalar tizimining asoslari qanday yaratildi? Ushbu
yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar nimalardan iborat? Birinchi Prezident Islom Karimovning
asarlarida, ayniqsa, «Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch" kitobi va "Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi"da ushbu savollarga to‘liq javob berilgan. Bunday maqsad jamiyat hayotining
barcha sohalariga daxldor ko‘pdan ko‘p siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy vazifalarni amalga
oshirishni taqozo etmoqda.
Insoniyat tarixida ro‘y bergan turli voqealar, islohotlar va tub burilish jarayonlarining
tahlili shundan dalolat beradiki, hech bir mamlakatda yangi jamiyat barpo etish va unga mos
g‘oyalar tizimini shakllantirish, birdaniga, bir kunda amalga oshib qoladigan oddiy hodisalar
emas. Balki bu har bir davlat va jamiyat hayotida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
ma’naviyma’rifiy sohalarda kechadigan murakkab va serqirra jarayonlarning hosilasi, muayyan
muddatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarning natijasidir.
Jamiyat hayotida yangi goyalar tizimini shakllantirishning asosiy tamoyillari orasida
umuminsoniy jihatlar va milliy xususiyatlarga tayanish zarurati alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur jarayon ana shu ikkita omil asosida amalga oshayotganligi va ularning har biriga xos
rivojlanish qonuniyatlarini o‘zida uyg‘unlashtirgani bilan tavsiflanadi. Bu nuqtai nazardan mam-
lakatimizga xos yangi g‘oyalar tizimi shakllanishining quyidagi tamoyillari alohida ajralib
turadi:
1) tarixiylik, ya’ni shu sohada insoniyat taraqqiyotining hozirgi davrgacha bo‘lgan
yutuqlariga asoslanish bilan birga, xalqimizning shu kungacha erishgan barcha yutuqlari, amaliy
faoliyati natijalaridan, milliy qadriyatlari, ma’naviy boyliklari va an’analaridan unumli
foydalanish;
tizimlilik - jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqti-sodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarida
amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni bir butun va yaxlit jarayon sifatida qarash;
ijtimoiy o‘zgarishlarning ortga qaytmasligi, doimo o‘tmish-dan bugun orqali kelajak tomon
uzluksiz jarayon sifatida amalga oshishini hisobga olish. Shu asosda yangiliklar orasidan ijobiy
jihatlar va xususiyatlarga ega bo‘lganlarini ajratib olish, tan-lash va ularni hayotga tadbiq etish;
umuminsoniylik va milliylik tamoyillari ham yangi g‘oyalar tizimi shakllanishida muhim
o‘rin tutadi. Jamiyatimizni yangi-lashda, bir tomondan, yurtimiz tarixi, milliy an’analar va
xalqimizning o‘tmishda to‘plagan tajribasi, ikkinchi tomondan esa, bugungi dunyoda ro‘y
berayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlar, umumbashariy andozalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu, avvalo, O‘zbekistonni jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi va xalqa-ro munosabatlarning
teng huquqli a’zosi sifatidagi o‘rni, mav-qeini belgilashning asosiy omillaridan biri bo‘lmoqda;
yangi g‘oyalar tizimi shakllanishi ko‘pmillatlilik va ko‘p konfessiyalik sharoitida
jamiyatning barcha a’zolari, aholi qatlamlarining hamjihatligi va ijtimoiy bag‘rikenglik tamoyili-
ga ham asoslanadi. Bu tamoyil istiqlolning dastlabki kunlarida-noq mamlakat hayotini
demokratlashtirish va liberallashtirish-ning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgani bejiz emas;
an’anaviylikka tayanish va yangilanishga intilish tamoyili ham O‘zbekistonda yangi
g‘oyalar tizimi shakllanishi jarayonining tarkibiy qismidir. Ya’ni, O‘zbekiston misolida yangi
g‘oyalar tizimi shakllanishi jarayonini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan o‘rganish, uning bir-biri
bilan uzviy aloqador tushunchalar, chunonchi, "an‘ana va yangilanish", "inkor va vorislik"
bog‘lanishlari orqali amalga oshayotganini ko‘rsatadi. Xuddi shu ma’noda, istiqlolning dastlabki
yillaridayoq mamlakatimiz hayotiga xos o‘zgarish va yangilanishlar jarayonining asosiy
tamoyillari sifatida "Yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik", "O‘tmishni yozg‘irishdan ko‘ra
ezgulik, yaratuvchanlik va bunyodkorlik yo‘lidan og‘ishmasdan borish» to‘g‘risidagi xulosalar
asos qilib olingani bejiz emas.
Mamlakatimizda yangi g‘oyalar tizimini shakllantirishning strategik maqsadlari jamiyat
hayotining barcha sohalariga daxldor bo‘lgan bir qator tamoyillarni amalga oshirish bilan bog‘liq
Jamiyat hayotini yangilash jarayonini izchilligi va samaradorligini ta‘minlash bu boradagi eng
asosiy yo‘nalishdir. Mazkur yo‘na-lishda hayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat
qurilishini yanada erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy ma-daniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga
ega. Bu taraqqiyotimiz g‘oyaviy tamoyillarining siyosiy sohadagi namoyon bo‘lish xususiyat-
larini belgilaydi. Binobarin, siyosiy hayotni yangilashning asosiy shartlaridan biri xalqning
siyosiy ongini o‘stirish, unga demok-ratik erkinliklarning ma’no-mohiyatini to‘g‘ri tushunib
olish va o‘zlashtirishga imkon yaratishdan iborat. Bu, bir tomondan, fuqarolarning, ikkinchi
tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
qonunga so‘zsiz bo‘ysunishini taqozo qiladi. Demak, bunda nafakdt aholi huquqiy bilimlarining
oshishi, uning ongi yuksalishiga, balki hokimiyat-ning barcha mustaqil tarmoqlari, nodavlat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat samaradorligi ortishi ham jiddiy e‘tiborni
talab qiladi.
Adabiyotlar
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -T. : 2019.
Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, -
Toshkent -“O‘zbekiston” NMIU, 2018.
Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. -T. : 1998.
Karimov I. A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. T.:
O'zbekiston. 2000. 503, 504 betlar.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo'l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik
yo'li. t.11. T.: O'zbekiston, 2003. 17, 18 betlar.
Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug'at. -Toshkent, 1998.
Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqa izohli tajribaviy
lug'at) -Toshkent, 2002.
4 - Ma’ruza. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari
Reja:
XXI asrda mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sabablari.
G’oyaviy tahdidlarning asosiy yo’nalishlari.
Terrorizmning shakllari: mintaqaviy va xalqaro terrorizmning g’oyaviy-mafkuraviy asoslari.
XXI asrda mafkuraviy hamkorlikning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |