O„zbekiston respublikasi


G'arb mamlakatlarida g'oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari (ilk o'rta asrlar va



Download 0,51 Mb.
bet26/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

G'arb mamlakatlarida g'oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari (ilk o'rta asrlar va


Renesans davri).


Ta'kidlash joizki, g'oyalar tarixini o'rganishda o'rta asrlar va yangi davr Yevropasida
vujudga kelgan g'oyalar ham e'tiborga loyiq, zero, Uyg'onish davri g'oyalari hayotning hamma
tarmog'ida ilg'or, muhim va inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Ma'naviy uyg'onayotgan millat
va hududda hech qachon aqidaparastlik o'z ta'sirini to'la-to'kis saqlab qola olmaydi. Yevropada
ham xuddi shunday bo'ldi. Ilm-fan sohasida chuqur o'zgarishlar ro'y berib, yangi g'oyalar ilgari
surila boshlandi. Uygonish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida eng buyuk
ko'tarilish davrlaridan biri bo'lib qoldi. Bu davrda Yevropada utopizm (yunoncha utopos-xayoliy,
mavjud bo'lmagan joy) g'oyalari shakllandi. Angliya qirolligining lord-kansleri, gumanist olim
Tomas Mor (1478-1535) “Utopiya” asarining birinchi qismi Angliyada dehqonlar XVI asrda
ersiz qolib xonavayron bo'lish sabablari tahlil qilinadi. Utopizmni rivojlantirgan T. Mor va T.
Kompanelli qarashlari sosialistik va kommunistik ta'limotlarning g'oyaviy asoslaridan biridir. Bu
ta'limotlarning eng asosiy kamchiligi shundaki, farovon jamiyatning andozasi bir yoki bir necha
guruh kishilar tomonidan tayyorlanib, yuqoridan pastga tushiriladi, ya'ni xalq xohlaydimi-
yo'qmi, uni qabul qilishi shart qilib qo'yiladi. Bunday jamiyatda o'rnatilishi ko'zda tutilgan
tartiblar xalqning turmush tarziga, urf-odat va qadriyatlar tizimiga mos kelishi yo kelmasligi
mutlaqo e'tiborga olinmaydi. Tomas Morning fikricha, xususiy mulkning mavjudligi adolat va
ijtimoiy farovonlikka to'sqinlik qiladigan asosiy sababdir. Xususiy mulk yo'q qilingan
jamiyatdagina ijtimoiy adolat qaror topadi. U yangi jamiyat modelini —Utopiya” deb atab, bu orol
davlatda mulk jamiyatniki bo'ladi. Davlatni boshqarish organlari asosan ishlab chiqarishni tashkil
qilish va etishtirilgan mahsulotlarni taqsimlash bilan shug'ullanadi. Bunday jamiyatning shiori
—Har kim qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga ko'ra” degan qarashda ifodalangan.

Italiyalik olim Tomazo Kompanellaning (1568—1639 yy.) —Quyosh shahri” risolasida
ham ideal jamiyat g'oyasi ilgari surilgan. Muallifning fikricha, bu jamiyatda ham xususiy mulk
bo'lmaydi, jamiyatni ruhoniy boshqaradi. Uning uchta yordamchisi — Kuch-qudrat, Donolik va
Muhabbat bor. Birinchisi harbiy ishlar bilan shug'ullanadi. Ikkinchisi fan, san'at, ta'lim-tarbiya
bilan shug'ullanadi. Uchinchisi ozik-ovqat, kiyim-kechak va nasl masalalari uchun javobgar. Eng
oliy xukmdor Quyosh, ya'ni faylasuf (metafizik) yordamchilarining ishini boshqarib, nazorat
qilib turadi. Kompanellaning xususiy mulkka nafrat: oilaga ham taalluqli bo'lib, uning Quyosh
shahrida oila bo'lmaydi. Ayol-lar vaerkaklar o'rtasidagi munosabatlar qisqa muddatli va
almashinib turadi, asosiy maqsad sog'lom nasl olishga qaratiladi. Fuqarolar bir-birini emas, faqat
jamoani sevishi kerak. Quyosh shahri fuqarolarining diniy e'tiqodi ham xristianlikdan o'zgacha
ko'rinishda. Biroq Kompanellaning bu asarida ijtimoiy adolat insonlarni haq-huquq va
erkinliklaridan mahrum qilish evaziga o'rnatiladi. Bu davrda yashagan Nikolay Kopernik fanda
tub o'zgarish yasagan geliosentrizm g'oyalari bilan mashhur. U bizning planetamiz markazi Er
emas, quyoshligini isbotladi. Uning bu kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib,
tabiatshunoslikda to'ntarish yasadi. Uning g'oyalari Jordano Bruno tomonidan rivojlantirildi. U
haqiqiy g'oya ilmiy tajribaga suyanishi kerak, sxolastika ni tugatishi kerak, deya ta'kidlagan edi.
Uningcha, koinot yagona, moddiy, cheksiz va abadiy, juda ko'p planetalar kuyosh sistemasidan
tashqarida ham mavjud.


  1. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi
    zamon g'oyalarining shakllanishi.


Yangi davr mutafakkiri Fransis Bekon fikricha, tabiatni bilishda bir necha —idollar”
insonga halaqit beradi. Ular asosan to'rtta. Birinchisi — urug' idollari, bular inson zotiga, butun
odamlarga xos. Ikkinchisi — g'or idollari. Bu har bir odamning o'ziga xos xususiyatlari
natijasida yanglishishi. Uchinchisi — maydon idollari bo'lib, u ma'lum bo'lgan tasavvurlarga —
tayanish odati, noto'g'ri yoki noaniq terminologiyalarga tanqidiy yondashmaslik oqibatida
vujudga keladi. To'rtinchisi — teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko'r-ko'rona ergashib,
qadimgilarning g'oyalarini davom ettiraveradi.

Rene Dekart ijodida dualizm g'oyalari asosiy o'rin tutadi. Uning —Men fikr qilayapman, demak,
men mavjudman”, degan g'oyasi mashhur. Faylasuf Jon Lokk Rene Dekartning —tug'ma





g'oyalar” to'g'risidagi qarashlariga qarshi chiqadi. Uning fikricha, bilish tabiat va inson
o'rtasidagi munosabatlardan iborat bo'lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan
tushunchalari, g'oyalari olamga mos kelishidan iborat. Lametri va Gelvesiy, Didro va Golbaxlar
ijodida milliy davlatchilik, inson erkinligi va haq-huquqlariga oid g'oyalar alohida o'rin tutadi.
Ular tomonidan yaratilgan 35 jildlik “Ensiklopediya” asari o'sha zamonning ma'naviy
muammolarini ma'rifatli yo'l bilan hal qilishning usul va imkoniyatlarini ko'rsatib, “Yevropa
qomusi” darajasiga ko'tarilgan edi.

Nemis mumtoz falsafasining asoschisi Immanuil Kantning tabiiy-ilmiy g'oyalari tabiat
hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta'limotlarga zarba berdi. I.Kantning inson irqlarining
tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega. U tomonidan fanga
kiritilgan “Narsa o'zida” g'oyasiga ko'ra, sezgi a'zolarimizga ta'sir natijasida sezgilar xaosi
vujudga keladi. Bu xaos bizning aqlimiz quvvati bilan tartibga solinadi va bir butunga
aylantiriladi. Biz tabiat qonunlari deb bilgan narsalar aslida aql tomonidan hodisalar dunyosiga
kiritilgan aloqadir. I.Kant ta'limoti bo'yicha, makon va zamon g'oyalari insonga uning
tasavvurlaridan oldin ma'lum. Makon va zamon real emas, balki faqat tushunchada, g'oyalarda.
Nemis faylasufi Gegel o'z g'oyalarida I.Kantning —narsa o'zida” haqidagi ta'limotiga qarshi
chiqadi. Borliqning asosida “dunyoviy aql”, “mutlaq g'oya” yoki “dunyo ruhi” yotadi. Gegelning
falsafiy g'oyalar tizimi kamchilik va ichki qarama-qarshiliklardan holi bo'lmay, u bilimning
ob'ektiv asosi mutlaq ruhdir, maqsadi esa shu mutlaq ruhning o'z-o'zini anglashidir. Gegelning
falsafiy g'oyalari mana shu masalani amalga oshirishga qaratilgan edi. G'arb mamlakatlarida
Gegel o'rtaga tashlagan falsafiy g'oyalardan ta'sirlangan turli falsafiy maktablar va oqimlar
vujudga keldi.

G'arbda shovinizm, kosmopolitizm va nigilizm kabi mafkuralar ham yuzaga kelgan.
Shovinizm - muayyan shaxs, davlat yoki millatni boshqa shaxs, davlat yoki millatdan ustun
qo'yishga undaydi.

Kosmopolitizm - ko'proq vatansizlikni yoqlaydigan, milliy qadriyat va an'analarni tan
olmaydigan qarash va yashash tarzidir.

Nigilizm - ko'proq ba'zi ma'naviy mezonlarni tan olmaslikka, ularning ayrimlarini rad etishga
undaydigan ta'limot.

Yuqoridagi falsafiy oqimlarga doimo ham mafkura shakllari sifatida qaralmaydi. Ammo
gohida ularga asoslangan ta'limotlar paydo bo'ladi va bu ta'limotlarda muayyan g'oyaning
mutlaqlashtirilishi turli mafkuraviy xatolarga sabab bo'lishi ham mumkin. Ana shu sababdan bu
oqimlarning mazmun-mohiyatini bilib qo'ygan ma'qul. Ba'zi mafkuralar, muayyan ijtimoiy shart-
sharoit taqozosiga ko'ra, davlat mafkurasiga aylanadi. Ayrimlari davr o'tishi bilan o'zining
mavqeyini yo'qotsa-da, umumbashariy qadriyatlar manbayi sifatida tarixiy ahamiyatga ega
bo'ladi. Turli-tuman mafkuralar o'rtasidagi bahs-munozaraga sabab bo'luvchi yoki ularni
uyg'unlashtiruvchi g'oyalar ham qadim zamonlardan buyon mavjud va bu jarayon insoniyatning
tafakkur rivojiga ta'sir etib kelmoqda. Shuningdek, bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi bo'lgan
g'oyaviy tizim va mafkuralar tortishuvi ham uzoq tarixga ega. Bunga ilohiy kuch, ya'ni xudoni
butunlay rad etuvchi ateizm -dahriylik bilan xudo va ilohiylikni mutlaqlashtiruvchi teizm -
xudojo'ylik o'rtasida azaliy bahs-munozara yorqin misol bo'la oladi. Bu an'anaviy tortishuv,
shunchalik ilm-fan taraqqiyotiga qaramay, bugungi kunda ham muayyan darajada davom
etmoqda.

Fransiyada imperator Napoleon shaxsiga sig'inish natijasida paydo bo'lgan shovinizm
g'oyalari XIX asrning 30-yillarida keng tarqalgan. Keyinchalik u bir xalqni boshqasidan afzal
deb biladigan zararli oqimga aylangan. “Buyuk millatchilik shovinizmi”, “buyuk davlatchilik
shovinizmi”, “irqiy shovinizm” kabi tushunchalar aynan shuning natijasida paydo bo'lgan.
Ko'hna tarix tajribalari, bugungi taraqqiyot saboqlaridan ayon bo'lmoqdaki, dunyodagi g'oya va
mafkuralar qanday shaklda bo'lmasin, ular avvalo inson qalbidagi ikki tuyg'u - bunyodkorlik va
buzg'unchilik intilishlaridan kuch oladi. Xullas, g'oyaviy nuqtayi nazardan olganda, insoniyat
tarixi xilma-xil g'oya va mafkuralarning vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan
iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda turli g'oyalar maqsad va vazifalari, kimning



manfaatlarini ifoda etishiga qarab bir-biridan farq qiladi.


Ayrim davlatlarning zo'ravonlik vasvasasiga berilib, o'z ehtiyojlarini boshqa xalqlar
hisobiga qondirish istagi talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor
millatchilik, fashizm va ekstremizm g'oyalarini yuzaga keltirgan. Ular butun insoniyatga ko'plab
kulfat keltirib, uning taraqqiyotini orqaga surgan. Ezgu maqsad-muddaolarga xizmat qiladigan
mafkuralarga bunyodkor g'oyalar asos bo'ladi. Vayronkor g'oyalar asosida shakllangan
mafkuralar esa xalqlar va davlatlarni tanazzulga boshlaydi, insonni asoratga soladi, hayotni
qabohatga aylantiradi. Shu ma'noda, yuksak g'oyalar odamlarni oliyjanob maqsadlar sari
etaklaydi. G'oyasi etuk, e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini
ko'rsata oladi. Jahon tarixidan, jumladan, xalqimizning o'tmishidan ham, qaysi sohada bo'lmasin,
mardlik va jasorat ko'rsatish uchun insonga ulug'vor g'oya madad ekaniga ko'plab misollar
topiladi.



  1. Download 0,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish