Genosid (yun. genos - nasl-nasab va lot. saedere - o'ldirish, yo'q qilish) - odam zoti va
insoniyatga qarshi eng og'ir jinoyatlardan birini anglatuvchi tushuncha. Aholining ayrim
guruhlarini irqi, millati, etnik yoki diniy belgilariga qarab yo'q qilish, ularni qasddan butkul yoki
qisman qirib tashlashni ko'zda tutadigan shart-sharoitlarni vujudga keltirish, shuningdek, bolalar
tug'ilishini cheklashga qaratilgan choralar. Genosid atamasi 1943 yilda asli kelib chiqishi
yahudiy bo'lgan polshalik yurist Rafael Lemkin tomonidan kiritilgan bo'lib, 1948 yilda xalqaro
huquq maqomini olgan. 1948 yildan e'tiboran genosid BMT tomonidan xalqaro jinoyat sifatida
tan olingan. Genosidni sodir etish va unga jazo qo'llash bo'yicha Konvensiyada u inson hayotiga
qarshi qaratilgan og'ir jinoyat sifatida baholangan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida
ham tinchlik, inson xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat sifatida qayd etilgan. Genosid XVIII-
XIX asrlarda ayrim Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosatida yaqqol namoyon bo'ldi.
Masalan, yevropaliklar Tasmaniya oroli aholisini qirg'in qilganlar, oxirgi tasmaniyalik 1843
yilda otib o'ldirilgan. Genosid aparteidga xos bo'lgan ayrim xususiyatlarni o'z ichiga oladi.
1 Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. - T.: «O‘zbekiston», 2005. -
64 b.
—Genosid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolar to'g'risida”gi Xalqaro Konvensiyasiga
binoan (1948) genosidi sodir etishga aybdor deb topilgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
XX asrda usmoniylar tomonidan armanlarni o'ldirish va quvg'in qilish; II jahon urushi davrida
natsistlar Germaniyasi tomonidan yahudiylarni qirib tashlash; xorvatiyalik Pavelich rejimi
tomonidan serblarni ommaviy qirg'in qilish; 1975-1979 yillarda Kambodjada Pol Pot va Ieng
Sari jallodlari tomonidan 3 mln.dan ortiq kambodjaliklarni o'ldirib tashlash; 1994 yilda
Ruandada xutu qabilalari tomonidan 800 mingga yaqin tutsi qabilalarining qirg'in-barot qilinishi
genosid jinoyatiga misol bo'la oladi. Sobiq mustabid tuzum davrida ham genosid turli xalqlar va
millatlarga qarshi amalga oshirilgan, ko'plab ommaviy qatag'on, qurbonlarga olib kelgan.
Shuning uchun genosid qanday shaklda namoyon bo'lishidan qat'i nazar, dunyo jamoatchiligi
tomonidan insoniyatga qarshi eng dahshatli jinoyat sifatida qoralanadi.
Fashizm (ital. fascismo, fascio — bog'lam, aloqa, bog'liqlik) — mustabidlik ruhidagi
siyosiy harakatlar, partiya va rejimlarni bildiradi. Bu oqim I jahon urushidan keyin Yevropa
mamlakatlaridagi tajovuzkor ta'limotlar asosida paydo bo'ldi. Fashizm paydo bo'lishining asosiy
sababi — jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan uzoq muddatli global inqiroz
bilan bog'liq edi. Fashizm mafkurasi va amaliyoti ana shu inqirozdan tez va nisbatan samarali
chiqishga urinish sifatida namoyon bo'ladi. Fashizm milliy safarbarlik va birdamlikka asoslangan
mafkura bo'lib, I jahon urushida mag'lubiyatga uchragan davlatlarni birlashtirishni nazarda
tutgan edi. Bu — jamiyat tuzilishi va tizimini yangicha tashkil etishga qaratilgan millatchilik va
irqchilik shakllarining yig'indisidir. U jamiyatni majburiy tarzda «biznikilar» va «begonalar»ga
ajratib, irqchilik, militarizm g'oyalari asosida «begonalar»ni yo'q qilishni targ'ib etadi. Fashizm
— ommaviy siyosiy harakat bo'lib, ulkan targ'ibot-tashviqot apparati asosida ommaning xulq-
atvori va dunyoqarashini boshqaradigan g'oyaviy mafkuraviy texnologik majmuadir.
Fashizmning boshqa reaksion diktaturalardan farqi shundaki, u jamiyat ijtimoiy guruhlarining
kattagina qismi tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Fashistik harakat va tuzumlarning ijtimoiy asosi
turli mamlakatlarda nisbatan turlicha bo'lib, ular, birinchi navbatda, inqirozdan zarar ko'rgan o'rta
va quyi qatlam vakillari hisoblanadi. Ba'zi mutaxassislar o'rta sinfning industrlashtirish davridagi
xususiy manfaatlarining cheklab qo'yilishi sababli paydo bo'ldi desa, boshqalari fashizmning
ijtimoiy asosini o'rta sinfning ekstremistik qismi tashkil etadi, degan fikrni ilgari suradi. Fashizm
o'ziga xos totalitar yoki avtoritar siyosiy madaniyatning shunday turini yaratadiki, u insonlarning
oila, kundalik turmush, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi munosabatlariga, ya'ni ijtimoiy
hayotning barcha jabhalariga bevosita ta'sir o'tkazadi. Fashizm siyosiy harakat va tuzum sifatida
turli ko'rinishlarda — monarxistik (Ispaniyada Franko boshchiligida), harbiy-fashistik (Chilida
Pinochet boshchiligida) tuzumlar shaklida namoyon bo'lishi mumkin. Natsizm esa I Jahon
urushidan keyin Germaniyada tashkil topgan natsional-sosialistik ishchi partiyasi bilan bog'liq
bo'lgan doktrina va siyosiy harakat, keyinchalik Adolf Gitler va uning tarafdorlari tomonidan
targ'ib qilingan ta'limot. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida marksizm bilan bog'liq ta'limotning
keng yoyilishi va shu asosda kommunistik partiyalarning tashkil topishi, xususan, Rossiya
imperiyasi va uning mustamlakalari, atrofidagi mamlakatlarda kommunistik harakatning g'alaba
qozonishi, oqibatda davlat boshqaruvi tizimi, jamiyat qatlamlariga munosabatning keskin
o'zgarishi va bu voqealar ta'siri G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ham sezila boshlashi jamiyatlar,
xalqlar, ular tepasida turgan siyosiy tizimlar o'rtasidagi kelishmovchiliklarni borgan sari
keskinlashtirdi. Ayni vaqtda I Jahon urushi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz G'arbiy
Yevropa xalqlarining quyi tabaqalariga og'ir ta'sir ko'rsatishi bu mamlakatlarda —kommunistik
xavf”ning yanada avj olishiga sabab bo'ldi. Ishchi-dehqonlar tomonidan bildirila boshlangan
ochiq noroziliklar davlat hukumatlarini larzaga keltirib, tashkil etilgan namoyishlar inqilobiy tus
ola boshladi. I Jahon urushidan og'ir yo'qotishlar bilan chiqqan Germaniya bunday
harakatlarning markaziga aylanib qolgan edi. Mana shunday holat va jarayonlardan unumli
foydalana olgan Gitler hamda uning partiyasi o'nglar va so'llar, Sharq bilan G'arb o'rtasida o'ziga
xos uchinchi pozisiyani egallashga harakat qildi. Partiya yetakchilari tomonidan olib borilgan
ayyorona harakat natijasida o'nglar va so'llar, antikommunistlar va sosialistlar tomonidan ilgari
surilgan g'oyalar nasional-sosialistlar partiyasi g'oyalari sifatida keng targ'ib qilinishi tez orada
bu partiyaning ham burjuaziya, ham harbiy tabaqa, ham ishchi-dehqon sinfining bir qismini
o'ziga og'dirib olishiga imkon berdi. Partiya g'oyalari va harakatlarining ushbu tabaqalar
tomonidan qo'llab-quvvatlanishi tez orada uning mamlakat boshqaruv tizimini qo'lga olishiga
imkoniyat yaratdi. Neofashizn yetakchilari tomonidan kommunistik g'oyalar nemis xalqining
bo'linib ketishi va oxir-oqibatda millatni barbod qilishi mumkinligi, bu xavflarga qarshi nemis
millati jipsligi va qudratini namoyon etishi lozimligi g'oyalari natsizmning asosiy g'oyalari
sifatida targ'ib qilindi.
Gitler hukumati vujudga kelgan qulay imkoniyatdan foydalanib, keng targ'ibot-tashviqot
ishlarini olib borgan va bunda nemis millatini eng ulug', tanlangan, oriy millat ekani, barcha
millatlar undan past turishi va unga xizmat qilishi lozimligi g'oyasini ilgari surgan edi. Bu g'oya
natsizmning asosini tashkil etib, natsistlar uni ilmiy jihatdan asoslashga harakat qilgan edi.
Masalan, Arastuning yunonlar oliy xalq va barcha qolgan xalqlar varvarlardir, ular yunonlarga
bo'ysunib yashashlari kerak, Nitsshening hayotda eng kuchlilargina yashashga haqli va ular o'zga
xalqlar ustidan hukmron bo'lishi lozimligi yoxud G. Karl Yungning xristianlikning obro'-
e'tiborini kuchaytirish va undagi bo'shliqni g'oyaviy ma'naviy va mafkuraviy jihatdan to'ldirish
zarurligi haqidagi qarashlariga tayanib, A. Gitler keng miqyosda targ'ibot-tashviqot ishlarini
yo'lga qo'yib, o'ta keskin va tajovuzkorona natsizmni ishlab chiqdi va amaliyotga joriy eta
boshlaydi. Natsizmning agressiv siyosati XX asr o'rtalarida yuz bergan va jahon xalqlariga og'ir
talofatlar etkazgan II Jahon urushini keltirib chiqardi.
Natsizm g'oyalarining amalda namoyon bo'lishi ushbu urush oqibatlarida keng darajada
ko'zga tashlanadi va shunga ko'ra, natsizm jahon xalqlari tomonidan inson erkinligini bo'g'ish,
uni xo'rlash, unga nisbatan yovuzlarcha munosabatda bo'lish, xalqlarni mensimaslik, inson or-
nomusini toptash, millatlararo ixtiloflarni keltirib chiqaruvchi, tajovuzkor xarakterga ega ta'limot
sifatida e'tirof etiladi.
Shu jihatdan, natsizm g'ayriinsoniy ta'limot hisoblanadi. Natsistlarning o'zlarini millat
uchun kurashuvchilar, millat fidoyilari deb ko'rsatishlari ular tomonidan ilgari suriladigan
g'oyalar, amalga oshiriladigan xatti-harakatlar o'zga xalqlarni kamsitish yoki ayblash hisobidan
amalga oshirilishi bilan ko'zga tashlanib turadi. Shuningdek, o'zga barcha xalqlarga, ularning
qadriyatlariga nafrat bilan qarashni butun millat ma'naviyatiga singdirish, millat tafakkuriga
aylantirishga urinish natsizmning g'ayriinsoniy mohiyatini yaqqol namoyon etadi. Natsizmning
davlat darajasidagi tizimlarda asosiy aqidaga aylanishi insoniyat uchun o'ta xavfli ekani tarixda
o'z isbotini topganiga qaramay, ba'zi siyosiy doiralarda hozirgi vaqtda ham natsistik
qarashlarning paydo bo'lishi va avj olishini kuzatish mumkin. XXI asrda natsizm va fashizm
jabr-sitamlarini tortgan bir qancha mamlakatlarda, shu jumladan, Germaniyaning o'zida ham,
neofashizm yoshlar o'rtasida yana qayta bosh ko'tara boshladi. Yevropaning qator mamlakatlari
va sobiq sovet hududining Rossiya, Ukraina va Boltiqbo'yi davlatlarida sodir bo'layotgan
voqealar bunga misol bo'la oladi. Fashizm va natsizmning insoniyat boshiga solgan kulfatlari
Nyurnberg sud jarayonida har tomonlama o'z bahosini olgan edi. Jahonda ularning qayta bosh
ko'tarmasligi uchun barcha davlatlar birgalikda harakat qilishga kelishib oldi. Ammo tarixdan
saboq va xulosa chiqara olmagan kuchlar ulardan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga
urinmoqda. Dunyo xalqlari II Jahon urushi ishtirokchilari va faxriylari bilan birgalikda har yili 9
may kuni fashistlar qo'lida halok bo'lgan, konslagerlar azob-uqubatlarini tortgan kishilar ruhini
yodlab va xotirlab, yoshlarni natsizm va fashizm balosidan ogohlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |